Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 11:17

Tramp BMT minbaridan Eron, Venesuela va Rossiya haqida nimalar dedi? (video)


AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasi majlisida. 2018, 25 sentabr
AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasi majlisida. 2018, 25 sentabr

AQSh prezidenti Donald Tramp 25 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida –120 dan ortiq davlat rahbariga murojaat qildi. Kutilganidek uning nutqida asosiy mavzu Shimoliy Koreya va Eron, shuningdek Venesuela bo‘ldi.

Tramp shuningdek qat’iyat bilan sotsializm va zamonaviy hayotning muhim qirralarini - migratsiya siyosatidan qadriyatlar tizimi ustidan nazorat qilayotgan "jahon xukumati"ga qarshi chiqdi.

"Nastoyashchee Vremya" telekanali Trampning chiqishini rus tiliga tarjima qilgan holda onlayn-translyatsiya qildi.

KXDR:

Tramp o‘tgan yilgi BMTdagi chiqishida Shimoliy Koreya yadroviy qurolsizlanishi mavzusini ko‘targanini eslatib o‘tdi (o‘shanda u KXDR yetakchisi Kim Chen Inni " raketachi bolakay" deya atagan edi). Uning aytishicha, shundan keyin shimoliy Koreya yo‘nalishida «ko‘zga tashlanarli taraqqiyot»ga erishildi.

"KXDR tinchlik tomon harakatlanmoqda. Raketalar turli yo‘nalishlarga uchmayapti, yadro sinovlari to‘xtatildi, sinov poligonlarining ayrim qismlari buzib tashlandi, garovdagi amerikaliklar ozod qilindi. Men mardligi uchun Kim Chen Inga minnadorchilik bildiraman, –deya ta’kidladi Tramp. – Biroq to‘la yadroviyqurolsizlanish bo‘lmagunga qadar KXDRga nisbatan sanksiyalar saqlanib qoladi".

Eron:

Tramp “ko‘p mamlakatlar” uning Eron bilan yadro bitimidan chiqish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaganini va o‘z fikriga ko‘ra, bugungi kunda Eronda “korrupsiyalashgan diktator boshchligidagi shafqatsiz tuzum hukmronlik qilayotgani”ni bayon qildi.

"Ular o‘z qo‘shnilarini hurmat qilishmaydi, – deb ta’kidladi u birinchi navbatda Isroilni nazarda tutib. – Biz Isroilni yo‘q qilish bilan tahdid solayotgan va “Amerikaga o‘lim!” deb qichqirayotgan tuzumga yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Ular qo‘shnilarining zaxiralaridan o‘zlari boyib ketish uchun foydalanishmoqda. Eron xalqi xazinalar urush olib borish uchun ishlatilayotganidan norozi. Hozirgi vaqtda Eronninng harbiy byudjeti YaIMning 40%ni tashkil qilayapti va bu mablag‘lar hisobidan Suriya va Yamandagi terrorizm qo‘llab-quvvatlanmoqda".

Tramp Eronning hozirgi rahbariyatiga nisbatan o‘zi yaxshi ko‘rgan iboralaridan biri bo‘lgan "Not Good!"ni qo‘lladi va AQSh 5 noyabr kuni Eronga nisbatan sanksiyalarning yangi to‘plamini kiritishini va sanksiyalarning bu to‘plami “eng oxirgisi bo‘lmas”ligini e’lon qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh, ayniqsa, Eron neftini sotib oluvchilarga nisbatan ba’zi qat’iy harakatlar qilish niyatida.

Venesuela:

Tramp Venesuelada sodir bo‘layotgan narsalarni “ikki millionlik aholining fojiasi” deb atab, Venesuela mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tdi. U Venesuela prezidenti Maduro tuzumining “Kubadagi homiylari” borligini bayon qildi va sotsialistik hukumatlarga g‘azabini sochdi.

"Venesuela qachonlardir eng boy millat edi. Lekin sotsializm har doim tanazzul, korrupsiya va zulmga olib keladi, – ta’kidladi u. – Dunyoning hamma mamlakatlari sotsializmga qarshi turishi zarur ".

U Venesuelada Maduro tuzumi yo‘q qilgan “demokratiyani tiklash” zarurligini ta’kidladi va AQSh Venesuela prezidenti hamda uning atrofidagi eng yaqinlariga nisbatan yangi sanksiyalar kiritishini e’lon qildi.

Jahon hukumatchiligi:

AQSh prezidenti sotsializm bilan birgalikda “jahon hukumatchiligi” haqida ham keskin fikrlar bildirdi. U dunyodagi har bir mamlakat o‘zi aynan qanday yashashi kerakligini mustaqil belgilab olishi zarurligi va bu masalalarga na BMT, na BST, na milliy tizimlardan ustun turuvchi boshqa xalqaro tashkilotlar aralashmasligi lozimligini bayon qildi.

"Amerika har doim jahon hukumatchiligiga qaraganda, mustaqillikni tanlab oladi. Biz boshqa mamlakatlarga qanday xudolarga sig‘inish va qanday an’analar bo‘yicha yashashni aytayotganimiz yo‘q. Biz o‘z mustaqilligimizni hurmat qilishlarini ham iltimos qilamiz", – deb ta’kidlab o‘tdi u.

Xususan, u AQSh o‘z chegaralarini nazorat qilinmaydigan migratsiyadan mustahkamlayotganini hurmat qilishlarini ham talab qildi.

"Migratsiya global kuchlarni boshqarmasligi kerak, balki muayyan mamlakatlar tomonidan belgilanishi zarur. Shuning uchun biz migratsiya bo‘yicha jahon kelishuvida ishtirok etmaymiz", – dedi u.

"Shuningdek, biz har bir davlat uning poytaxti qaerda ekanligini o‘zi belgilab olishi kerak, deb hisoblaymiz. Shunday ekan, biz dogmalar va ko‘pincha xato qiladigan “ekspert fikrlar”ga qaram bo‘lmaymiz", – deb qayd etdi Tramp.

U BST (uning so‘zlariga qaraganda, bu tashkilot “o‘zi asoslangan prinsiplarni buzayapti va ayniqsa, Xitoy unga qo‘shilgan paytdan boshlab, dempingi qo‘llab-quvvatlamoqda) va OPEK (neftga yuqori narxlarni qo‘llab-quvvatlab, tinchlikka putur yetkazayapti) haqida keskin fikr bildirdi.

"Biz AQShdagilar o‘z energetik xavfsizligimizga ishonamiz", – deb urg‘u berdi u.

Tramp BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashida “AQSh va uning do‘stlarini ta’qib qilishayotgani va inson huquqlarini buzayotganlarni himoya qilishayotgani” uchun AQSh undan chiqib ketganligini eslatib o‘tdi.

"Bu Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro sudga ham taalluqli. Bu sud odil sudning barcha prinsiplarini buzayapti. Biz jahon byurokratiyasiga bo‘ysunmaymiz. Biz globalizm doktrinasini inkor qilamiz", – qat’iy bayon qildi u.

Rossiya:

Tramp o‘z nutqida Rossiyani atigi bir marta eslatib o‘tdi: bu u energetika xavfsizligini tilga olganda, sodir bo‘ldi. U RFdan Polshaga yetkazib berishlarga kamroq qaram bo‘lishga imkon beruvchi neft va gaz sotib olishni diversifikatsiya qilgani uchun Polshani maqtadi va hozir Rossiya Germaniyada qurayotgan “Shimoliy oqim-2” gazoprovodi “Germaniya Rossiyadan gaz yetkazib berilishiga 100% qaram bo‘lib qolishi”ni yana bir bor uqtirib o‘tdi.

Tramp Suriya haqida gapirayotganida biror marta ham “Rossiya” va “Rossiyaning Asad tuzumiga yordami”ni tilga olmadi. Biroq “Islom davlati” ilgari Suriya va Iroqda egallab turgan hududlaridan siqib chiqarilganini ta’kidladi va buni Rossiyaning emas, aynan terrorchilikka qarshi koalitsiya zarbalari hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Shuningdek, u Suriyada aholiga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llanmasligi shartligi haqida ogohlantirdi va “Asad tuzumi tomonidan”ligini uqtirdi.

"Suriyadagi fojia mening yuragimni ezib yuborayapti", – deb qayd etdi Tramp, Suriyadagi vaziyatni tartibga solish yuzasidan gapirganida. Bu mamlakatdagi vaziyat “siyosiy yechimga egaligi” va “u suriyaliklarning tanloviga ko‘ra” hal qilinishi zarurligini ta’kidladi.

*****

26 sentabr kuni Tramp BMT Xavsizlik Kengashining o‘z e’tiborini yadro quroli tarqalishiga qaratadigan maxsus sessiyasida raislik qiladi Ekspertlar AQSh prezidenti u yerda ko‘p jihatdan “Rossiya mavzusi”ni tilga olishiga va xususan, Rossiya maxsus xizmatlari tmonidan Sergey va Yuliya Skripallarning Buyuk Britaniya hududida zaharlangani haqida gapirishiga shubha qilishmayapti.

BMT Bosh Asambleyasi doirasida Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.

Bu sessiyada Rossiya nomidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etayapti. U AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashishi kutilmoqda. Bunda Pompeo Rossiya Suriyaga S-300 zenit raketa kompleksini berishini e’lon qilganidan bir necha sota o‘tganidan so‘ng uchrashuv haqida bayon qildi.

XS
SM
MD
LG