Линклар

Шошилинч хабар
20 декабр 2025, Тошкент вақти: 17:29

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbek muhojirlari hukumat hisobidan Toshkentga olib kelindi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik muhojirlarning birinchi guruhini 12 oktabrda Toshkentga olib keldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytidan olingan surat.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik muhojirlarning birinchi guruhini 12 oktabrda Toshkentga olib keldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytidan olingan surat.

Xorijda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarning 71 kishidan iborat birinchi guruhi 12 oktabr kuni Moskvadan Toshkentga olib kelindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur tadbir xorijda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarni vataniga qaytarishning boshlanishi bo‘ldi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan Toshkent aeroportiga olib kelingan muhojirlarni qarindoshlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiev, shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakillari kutib olishgan.

Ularni O‘zbekistonga qaytarish Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobiga amalga oshirildi.

Mazkur jamg‘arma prezident Mirziyoevning 2018 yil 5 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 3839-sonli qarori asosida tashkil etilgan edi.

«Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davomida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablag‘larsiz qolgan, og‘ir moddiy ahvolga uchragan fuqarolarga huquqiy va ijtimoiy himoya, shuningdek, moddiy yordam ko‘rsatish hisoblanadi», deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Vazirlikning bildirishicha, Moskva shahrida joriy yilning 5-8 sentabr kunlari O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorligi bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 19-kengashi bo‘lib o‘tgan.

Mazkur kengashda Rossiya Ichki ishlar vazirligi hududiy organlarining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridagi taxminan 1500 nafar O‘zbekiston fuqarosini qaytarishga ko‘maklashish haqida kelishuvga erishilgan.

“Ta’kidlangan toifadagi shaxslar – bu og‘ir moddiy qiyinchilikka uchragan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga va yashash uchun mablag‘ga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir.

Qaytarish bilan bog‘liq tashkiliy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.

Ozodlik radiosi bir necha yildan beri xalq tilida "deportatsiya qamoqxonasi" deb ataladigan Rossiyadagi Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlarida yuzlab o‘zbekistonliklar bir necha oylab deportatsiya qilinishlarini kutib yotganlari to‘g‘risidagi maqoalalrni e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG