Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:02

Xo‘janddagi koloniyada ko‘tarilgan isyonda kamida 50 kishi o‘lgani aytildi


So‘g‘ddagi qamoqxona.
So‘g‘ddagi qamoqxona.

So‘g‘d viloyati ma’muriy markazi Xo‘jand shahrida joylashgan qattiq rejimli koloniyada ko‘tarilgan isyon davomida kamida 50 kishi o‘lgan. Voqea paytida necha kishi yaralangani hozircha noma’lum. Koloniya nazoratchilaridan 6 nafari og‘ir ahvolda kasalxonada qolmoqda. Bu haqda Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi tojik xizmati (Ozodi radiosi) xabar qildi.

Oldinroq ikki soqchi halok bo‘lgani tasdiqlangani to‘g‘risida xabar qilingan edi. Xo‘jandning 16-mikrorayonida joylashgan koloniyada mahbuslar 8 noyabrga o‘tar kechasi isyon ko‘targan.

Ozodi radiosi muxbiri davlat idoralaridan birida isyonni bostirish chog‘ida o‘lganlar ro‘yxatini ko‘rgan. Muxbirga ko‘ra, ro‘yxat kamida 50 ta familiyadan iborat.

Tojikiston rasmiylari ommaviy axborot vositalarining koloniyada ko‘tarilgan isyon to‘g‘risidagi xabarlarini hanuz izohlamayapti.

Asnoda isyonni bostirish davomida o‘ldirilgan mahkumlar solingan tobutlar ochtirilmay ko‘mdirilayotgani ma’lum bo‘ldi. Dafn marosimlari militsiya xodimlari nazorati ostida o‘tmoqda.

O‘ldirilgan mahkumlardan biri, 23 yashar Bahrom Ismoilovning onasi Ruqiya Ismoilova o‘g‘lining tobutini ochishga ruxsat berishmaganini Ozodi radiosiga aytib berdi.

Ismoilovaning aytishicha, uning o‘g‘li Bahrom 3 yil oldin 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Bahrom Tojikiston Jinoyat kodeksining 401- moddasi, 1- qismi (Yollanish) bo‘yicha aybdor, deb topilgan.

Ruqiya Ismoilovaga ko‘ra, u 8 noyabr kuni koloniya oldida juda ko‘p Tez yordam mashinalari turganini ko‘rgan. "O‘g‘lim ko‘milgan qabristonda yana uch mahkum ko‘mildi", degan Ismoilova.

Ozodi radiosi Tojikiston huquq-tartibot idoralaridan birining mulozimiga tayanib, isyonni "Islom davlati" terror guruhi jangarilari uyushtirganini xabar qildi.

"Islom davlati" terror guruhining ma’lum qilishicha, isyon uning "askarlaridan biri" tomonidan amalga oshirilgan.

Guruh bunday bayonotni o‘zing "Amaq" axborot agentligi orqali 8 noyabrda tarqatdi.

Agentlikka ko‘ra, isyon 7 noyabr oqshomida "Islom davlati" jangchisi qamoqxona noziriga hamla qilishi ortidan boshlangan.

Xo‘jand shahrida joylashgan qattiq rejimli koloniyada ko‘tarilgan isyon to‘g‘risidagi dastlabki xabarni mana bu yerda o‘qing.

XS
SM
MD
LG