Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:30

OzodMikrofon: "17 yil ishlatgan bozorimni noqonuniy yopishdi"


Husayn Yo‘ldoshev rahbari bo‘lgan avtomobil bozori, 13 noyabr, 2018 yil
Husayn Yo‘ldoshev rahbari bo‘lgan avtomobil bozori, 13 noyabr, 2018 yil

Xorazm viloyatining Urganch tumanidan OzodMikrofon rukniga bog‘langan va o‘zini Husayn Yo‘ldoshev, deb tanishtirgan tinglovchi tumanda o‘zi ochib, o‘zi boshqargan avtomobilь sotish bozorining noqonuniy ravishda yopib qo‘yilganini iddao qildi.

Yo‘ldoshevning da’vosicha, ulushining 51 foizi davlatga, 49 foizi o‘ziga qarashli bo‘lgan "Xorazm avtomobil bozori" mas’uliyati cheklangan jamiyatni 17 yil muvaffaqiyatli boshqargan.

Ammo, 2013 yilda pora olish, xizmat vakolatini suiiste’mol qilish, savdo tartibini buzish kabi qator ayblovlar bilan ayblanib, 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Yo‘ldoshevning shikoyat qilishicha, apellyatsiya sudi unga qo‘yilgan ayblovning aksariyatini bekor qilgan va u 3 yillik qamoqdan so‘ng, ozod qilingan.

Ammo, uning iddao qilishicha, qamoqdan chiqib, ishini yaxshi davom ettirib turgan bir paytda, uning bozorini "noqonuniy asosda" yopib qo‘yishgan.

- Prezidentimiiz 5 kishiga ish bergan tadbirkorga men kafilman – unga tegmanglar, deb turgan bir paytda bular mening 17 yil yaxshi ishlagan bozorimni yopib qo‘yishdi. Endi esa buzishmoqchi, - deb shikoyat qiladi Yo‘ldoshev.

Quyida Husayn Yo‘ldoshev bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

OzodMikrofon: "17 йил ишлатган бозоримни ноқонуний ёпишди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:40 0:00
Бевосита линк

* * * * * * * * * * * * * * * * *
“Erkin mikrofon” rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG