Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:16

O‘zA 17 yil “o‘tirib” chiqqan yozuvchi bilan suhbat o‘tkazdi (VIDEO)


Mamadali Mahmudov (Evril Turon)
Mamadali Mahmudov (Evril Turon)

“Hamma kitoblarim Vatan, millat uchun yozilgan. Boshqa narsa meni qiziqtirmaydi. Shunga qaramay men 17 yil “o‘tirib” chiqdim. To‘g‘ri haqiqatning tiklanishi juda qiyin kechar ekan. Hayot o‘zi shunday qurilganki, yolg‘on bilan chin orasida doim kurash ketadi. Mana 27 yil kechroq, Tangrini, yana ayrim do‘stlarimizning qo‘llovi bilan sizlarga intervyu berayapman”, degan taniqli yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi - O‘zA ga bergan videosuhbati davomida.

Suhbat matni va videosini agentlik o‘z saytida 14 noyabr kuni e’lon qildi.

Yozuvchining e’tirof etishicha, ozodlikka chiqqanidan buyon uning O‘zAda ikkinchi marta chiqishidir.

“Mana oradan 27 yil o‘tib, bitta xabarim O‘zbekiston Milliy axborot agentligida chiqdi. Shu muddat ichida ikkinchi marta meni taklif qilayapsizlar”, degan Mamadali Mahmudov.

75 yoshli Mamadali Mahmudov 14 yil, avvalgi muddatini ham qo‘shganda 17 yil O‘zbekiston qamoqxonasida o‘tirdi. Yozuvchi 1999 yilgi 16 fevraldagi Toshkent portlashlariga aloqadorlik aybi bilan portlashlardan 10 kun o‘tib hibsga olindi va 14 yilga hukm etilgan edi.

Mamadali Mahmudov 2013 yilda qamoqdan ozod etilgan.

Inson huquqlari faollariga ko‘ra, Toshkentdagi 1999 yil 16 fevral voqealariga aloqadorlikda ayblanib, yuzlab kishilar ozodlikdan mahrum etilgan.

Ko‘plab inson huquqlari faollari fevral portlashlari aslida hukumatning siyosiy muxoliflarini yo‘q qilishiga qo‘l kelganini ta’kidlashadi.

O‘zA Mamadali Mahmudovni qaytadan “tan ola” boshlagan yagona OAV emas.

Yaqinda “Adabiyot” Mamadali Mahmudovning "Qorong‘u tunda chaqnagan chaqmoqlar" sarlavhali maqolasi e’lon qilgan edi. Biroq gazetaning 1 noyabr kungi soni¸ bu maqolani chop etish jarayonida bevosita qatnashgan jurnalist¸ noshir va muallifga ko‘ra¸ sotuvdan yig‘ishtirib olingan.

Mamadali Mahmudov bilan suhbat o‘tkazgan O‘zA axborot agentligi rahbari, taniqli adib Abusaid Ko‘chimov yaqinda Ozodlikka suhbat bergan edi.

ЎзА директори А.Кўчимов: Озодлик Ўзбекистонга келса, яхши бўлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:06 0:00

XS
SM
MD
LG