Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2019, Тошкент вақти: 16:04

Qozog‘istonda o‘zbek muhojirlari tushgan avtobus ag‘darildi. Bir kishi halok bo‘ldi


Illyustrativ foto.

Shimkent - Samara avtomobil yo‘lining Aralsk shahridan 40 kilometr masofadagi qismida 22 noyabr, mahalliy vaqt bilan soat 20:40 larda​ ag‘darilib ketgan avtobusda O‘zbekiston vatandoshlari bo‘lgan.

Qizil O‘rda viloyat hokimligi avtohalokatda 1 muhojir o‘lgani, 2 nafari mahalliy shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

Qizil O‘rda viloyat hokimligi rasmiysi Saltanat Shaxanovaning Ozodlikka bildirishicha, “Samara-Shimkent” yo‘nalishi bo‘yicha Rossiyadan O‘zbekistonga qarab ketayotgan avtobus Aralьsk shahridan 40 kilometrcha o‘tganidan keyin ag‘darilib ketgan.

- Avtobusda ketayotganlardan 34 nafari O‘zbekiston , yana 2 shofyor - Qozog‘iston grajdani bo‘lgan. Halokat natijasida uch kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan Aralsk Markaziy tuman shifoxonasiga yotqizildi. Ulardan og‘ir ahvolda bo‘lgan bir erkak olingan jarohatlardan shifoxonada jon berdi. Biz uning shaxsini hozircha ochiqlamayapmiz, chunki hatto yaqinlariga xabar berishga ulgurganimiz yo‘q, - dedi Saltanat Shaxanova.

Ozodlik Aralsk Markaziy tuman shifoxonasida qolayotgan o‘zbek muhojirlari hayoti xavf ostida emasligi va yaqin orada ularga javob berib yuborilishi mumkinligini aniqladi.

Qizil O‘rda viloyat hokimligi vakili ag‘darilgan avtobusdagi qolgan o‘zbekistonliklar Aralsk tuman hokimligi ma’muriyati buyrug‘i bilan vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlanganini aytdi.

- Qolgan avtobusdagilar gospitalizatsiyadan voz kechdi va 17 kishi shu atrofdagi mehmonxonalarga joylashtirildi. Avtobus egasi o‘zbek migrantlariga boshqa avtotransport yetkazib berishni o‘z zimmasiga oldi. Qolgan yo‘lovchilar o‘z kuchlari bilan ortga - Novosibirsk tomon yo‘l oldilar, - deya qo‘shimcha qildi Saltanat Shaxanova.

Shuningdek, mahalliy politsiya hodisa yuzasidan taftish ishlarini boshlab yuborgani ma’lum qilindi. Mutaxassislar avtobusning yo‘ldan chiqib ketishi va qulashiga muzlama yo‘l sabab bo‘lganini taxmin qilishmoqda.

Hokimiyat rasmiysi bu hodisa borasida O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasiga xabarnoma yuborilganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG