Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:53

OzodMaktub: Jizzaxda paxta qolmadi, lekin hokim hammani majburlayapti


Jizzax viloyatidagi paxta dalasi
Jizzax viloyatidagi paxta dalasi

Ozodlikka kelib tushgan maktublardan birida ob-havo sovuqligi va dalada paxta qolmaganiga qaramay, Jizzax viloyati hokimi tashkilot-korxonalar ishchilarini paxta terimiga majburan olib chiqayotgani haqida yozilgan. Maktub tahrirsiz chop etilmoqda.

Viloyatning paxta ekilgan tumanlarida paxta terimi hali ham davom etayapti. Xavo juda sovuq va yomg‘ir yog‘ib turishiga qaramay viloyat xokimiyati paxta terimini tugatishga buyruq bermayapti, terimchilar juda qiyin axvolda qolishdi.

Viloyat xokimi Ergash Soliev xar kuni kechasi barcha viloyat va tuman tashkilotlari, tuman fermerlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, paxta rejasini bajarmagan fermerlarni jazolash va paxta rejasini bajargan fermerlarga yana qo‘shimcha paxta topshirish bo‘yicha topshiriqlar bermoqda.

Viloyat hali davlat tomonidan qo‘yilgan paxta rejasini bajargani yo‘q, shu sabab viloyat xokimi paxta terimini to‘xtatmayapti.

Eng qiziq joyi hokim hammani ahmoq qilyapti, chunki fermerlik yerlarida umuman paxta qolmagan, hisob. Terimchilar kuni bilan izg‘ib yurib har biri bor-yo‘g‘i 2 yoki 3 kg paxta topib chiqadi. Koshki edi, buni paxta deb atab bo‘lsa?! Yarmi chanoq va xas-paslardan iborat. Bu har bir terimchining tushligi u yoqda tursin, hatto yo‘lkirasini ham qoplamaydi, hammasi majburlikdan chiqyapdi.

Viloyatning barcha tashkilot va korxonalari, bozoru do‘konlar, mahallayu boshqasi majburiy ravishda paxtaga terimchi olib chiqishga jalb qilingan.

Mana 23 sentabrda boshlangan paxta terimi ikki oy bo‘lishiga qaramay, dalada paxta qolmaganiga qaramay, davom etmoqda.

Fermerlik yerlarida paxta tugaganiga o‘n besh kundan oshdi, ammo hokimiyat davlat oldidagi rejasini bajarmagani uchun ataylab hammani qiyinchilikda ushlab vaqt o‘tishi va qog‘ozda paxta rejasini bajarish uchun o‘yin qilmoqda.

Viloyat tashkilot va korxonalari fermerlik yerlarida paxta yo‘qligi sabab, viloyat hokimining kuniga shuncha tonna paxta terib berasan degan buyrug‘iga amal qilish uchun, tashkilotlar chorasizlikdan tuman paxta zavodlaridan pulga paxta sotib olishmoqda, shu kunga shuncha tonna paxta topshirdi degan bir varaq qog‘oz uchun.

Bu paxta zavodlardagi o‘yinlardan viloyat hokimiyatidagilarning ham xabari bor, faqat davlat oldidagi paxta rejasini nima bo‘lsa ham bajarib olishga, o‘z kursisida qolishga urinishyapti...

Jizzax viloyatidagi tashkilotlardan birining rahbari.

XS
SM
MD
LG