Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 16:55

Tojikiston - dunyodagi mobil Interneti eng sust mamlakat


Xalqaro Speedtest Global Index tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, mobil Internet tezligi bo‘yicha Tojikiston jahonning 124 mamlakati orasida eng oxirgi o‘rinni egallagan.

Markaziy Osiyo mintaqasida Qazog‘iston mobil Internet tezligida birinchi o‘rinda bo‘lsa, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda Tojikistonga qaraganda Internet sur’ati uch va ikki baravar tez ekanligi qayd etilgan.

22 noyabrda nashr etilgan Speedtest Global Index xalqaro tashkilotning yangi hisobotiga ko‘ra, joriy yilda Internet sur’ati Tojikistonda bir soniyada faqat 4,97 megabitni tashkil etmoqda.

Tojikistondagi Internet tezligi hatto notinch va janglar davom etayotgan Iroq (6,34 megabit) va Afg‘oniston (5, 28 megabit) kabi davlatlardan ham sustroqdir.

Tojikistonda Internet sur’ati pastligi nafaqat xalqaro tashkilotlar, balki mamlakatdagi internet foydalanuvchilari tomonidan ham ta’kidlanadi.

Foydalanuvchilardan biri Mahdi Xoliq Tojikistondagi Internet sur’atini "toshbaqaning yurishi"ga o‘xshashini aytadi.

"Faqat bir suratni saytga joylash uchun 15-20 minut kutib turishga to‘g‘ri keladi. Agar VPNdan foydalasangiz Internet sur’ati butunlay tushib ketadi. Bunday holat ham juda ko‘p vaqtni oladi, ham odamni asabiylashtiradi," - dedi Xoliqov.

Nomini ochiqlamaslik sharti bilan Ozodlik bilan suhbatlashgan bir mobil shirkat xodimi bunday vaziyatga Internet xizmati Tojikistonda monopoliya bo‘lganini sabab qilib ko‘rsatdi.

Unga ko‘ra, Tojikiston aloqa davlat xizmatiga aloqador shirkatlar mamlakatga Internet yetkazishni monopoliya qilgan va barcha mobil shirkatlari ulardan Internet sotib olishga majburdir.

Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Farishtamoh Gulovanning aytishicha, mamlakatdagi Internet xizmati tobora yomonlashib bormoqda.

“Bunday vaziyat tajribali mutaxassislarni mamlakatni tark etishga majbur etgan. Xorijlik investorlar ham Tojikistondagi aloqa tizimiga sarmoya kiritishga moyil emaslar,” - deydi Farishtamoh Gulova.

Joriy yil Tojikistondagi mobil shirkatlariga mustaqil ravishda xorijdan mamlakatga Internet yetkazish taqiqlandi.

Ular faqat Aloqa xizmati ixtiyoridagi shirkatlardan Internet olishlari mumkin.

Internet sur’ati pastligi bilan bir qatorda Aloqa xizmati turli bahonalar bilan Feysbuk, Yutyub, Odnoklassniki va mustaqil axborot agentliklari saytlarini bekitib qo‘ygan.

Masalan, sentabr oyida Badaxshon viloyatining ma’muriy markazi Xorug‘ shahrida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari ortidan Tojikistonda Feysbuk, Yutyub, "Aziya Plyus", "Axbor" va boshqa mustaqil agentliklar saytlariga kirish VPN yordami bilan ham imkonsiz bo‘lib qoldi.

XS
SM
MD
LG