Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2020, Тошкент вақти: 20:02

Boks G‘afur Rahimovni deb 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari ro‘yxatiga kirmay qolishi mumkin (VIDEO)


Зиддиятли ўзбек тадбиркори Ғофур Раҳимовнинг AIBA президенти этиб сайланганига халқаро матбуот нима деди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:09 0:00

O‘zbekistonlik munozarali tadbirkor G‘afur Rahimov.

30 noyabr kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ijroiya kengashining Tokioda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida boksni 2020 yilgi olimpiada o‘yinlari ro‘yxatiga kiritish rejasi muzlatib qo‘yildi.

AQSh Moliya vazirligi tomonidan uyushgan xalqaro jinoiy guruh yetakchilaridan biri deb topilib¸ sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan o‘zbekistonlik tadbirkor G‘afur Rahimovning 3 noyabr kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti etib saylanganiga XOQ shunday munosabat bildirdi.

Bu yig‘ilishni yoritayotgan xalqaro agentliklarning yozishicha¸ Xalqaro olimpiya qo‘mitasi AIBA faoliyati yuzasidan maxsus tekshiruv o‘tkazadi va so‘nggi qaror ana shu tekshiruv xulosasiga bog‘liq bo‘ladi.

XOQ ijroiya kengashi a’zosi Nenad Lalovic boshchilik qiladigan taftish guruhi qo‘mita tomonidan bildirilgan “jiddiy xavotirlar” yuzasidan AIBA ko‘rayotgan sa’y-harakatlarni o‘rganib chiqadi.

Bu tekshiruv esa¸ mustaqil kuzatuvchilar taxminicha¸ AIBAning Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zoligidan¸ boksning esa¸ olimpiada sporti maqomidan chiqarilishi bilan yakunlanishi mumkin.

Ayni paytda¸ XOQ sport direktori Kit McConnell tekshiruv o‘tkazishdan maqsad boksning 2020 yilgi Tokio olimpiadasi ro‘yxatida qolishini ta’minlash ekanini bildirdi.

Kelasi oylar davomida o‘tkazilgan maxsus tekshiruv xulosasi¸ aytilishicha¸ XOQ ijroiya kengashining kelasi yil iyun oyida Lozannada o‘tkaziladigan yig‘ilishida taqdim etiladi.

AQSh tomonidan “o‘zbek uyushgan jinoyat olami yetakchilaridan biri” deb tasniflanib¸ qora ro‘yxatga kiritilgan o‘zbekistonlik G‘afur Rahimovning 3 noyabr kuni Moskvada o‘tkazilgan qurultoyda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti etib saylangani bu tashkilotni bo‘hronga tashladi.

XOQ¸ Rahimov bu lavozimga saylansa¸ AIBAning qo‘mitadan chiqarilishi mumkinligidan ogohlantirganiga qaramay¸ o‘zbekistonlik tadbirkor Moskvada o‘tkazilgan qurultoyda prezidentlikni egalladi.

Buning ortidan XOQ AIBAning olimpiada xalqalari va 2020 yilgi Tokio musobaqalari logotipidan foydalanishini taqiqlab qo‘ydi.

Moskva qurultoyi yakuniga munosabat bildirgan XOQ¸ AQSh Moliya vazirligi tomonidan “transmilliy uyushgan jinoiy tarmoq”qa aloqadorlikda ayblangan G‘afur Rahimovning AIBA prezidenligiga saylanishi Xalqaro boks assotsiatsiyasi obro‘siga salbiy ta’sir qilishi¸ prezident rolini savol ostida qoldirishini ta’kidlagan edi.

Rahimovning saylanishiga munosabat bildirgan bokschilar jamoasi vakillari Ozodlik bilan suhbatda G‘afur Rahimovni¸ “o‘z shaxsiy manfaatlarini sport va minglab bokschi manfaatidan ustun qo‘yganlik”da aybladi.

Bu odam bir kun bo‘lsa ham Xalqaro boks assotsiatsiyasiga prezident bo‘laman¸ deb qasd qilgan. O‘z egosini qondirish uchun u minglab bokschining yillab qilgan mehnati havoga sovurilishi haqida o‘ylagani ham yo‘q. Har bir bokschi olimpiadada qatnashishni orzu qiladi¸ bunga yillab¸ oylab qattiq mashq qiladi. Bir odamni deb qanchadan-qancha bokschi endi ana shu orzusidan ayrilishi mumkin”¸ deydi xalqaro boks jamoasi ichidagi Rahimov muxoliflaridan biri.

Xalqaro boks assotsiatsiyasining XOQdan¸ boksning esa 2020 yilgi olimpiada o‘yinlari ro‘yxatidan chiqarilish ehtimoliga munosabat bildirgan professional bokschi Vladimir Klichko¸ bu inqirozdan chiqish yo‘lini taklif qildi.

XOQning 30 noyabr kungi qaroriga o‘z Facebook sahifasida munosabat bildirgan Klichko¸ AIBA vakolatini professional bokschilar assotsiatsiyasi – WBAga olib berishga chaqirdi.

Karimov davrida O‘zbekiston hukumati tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan G‘afur Rahimov¸ joriy O‘zbekiston hukumati bilan yaxshi aloqada.

Uning Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidentligiga nomzodini qo‘llab¸ rasmiy tavsiya xati bergan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov¸ "G‘afur Rahimovning o‘tmishdagi jinoiy faoliyati haqida ayrim xalqaro matbuotda yozilganlarning asossiz dalillarga qurilgani va ularda real asos yo‘qligi va haqiqatdan yiroqligini tasdiqlaymiz” deb yozgan jumladan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG