Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:26

Qodirjon Botirov Qirg‘izistonda dafn etilmaydigan bo‘ldi (VIDEO)


Qodirjon Botirov
Qodirjon Botirov

Ukrainaning Odessa viloyatida 4 dekabr kuni 62 yoshida vafot etgan Qirg‘izistondagi o‘zbek milliy madaniy markazining sobiq liderlaridan biri, yirik tadbirkor Qodirjon Botirov tug‘ilib o‘sgan yurti Jalolobodda dafn etilmaydigan bo‘ldi.

Bu ma’lumotni Ozodlik radiosi bir biridan mustaqil va turli darajalardagi olti nafar manbadan surishtirib bildi.

Jaloloboddagi o‘z nomi va ovozi oshkor etilishi istamagan manbalarning aytishicha, dastlab Qodirjon Botirovning yaqinlari marhumni Jalolobodda dafn qilish imkoniyatlarini o‘rganishgan. Bu borada mahalliy faollar, oqsoqollar va rasmiylar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilgan. Maslahatlashuv natijasida Qodirjon Botirovning jasadini Jalolobodga olib kelmaslik to‘g‘risida qarorga kelingan.

Bishkekdagi hukumat idoralaridan biridagi ishonchli manba maslahatlashuvda mamlakatda 2010 yildan so‘ng qiyinchilik bilan qaror toptirilgan barqarorlikni buzmaslik uchun shunday qaror qabul qilinganini aytdi.

“Birinchidan, Botirovning jasadi Qirg‘izistonga olib kelinsa, unga qarshi bo‘lgan odamlar janoza paytida ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Ikkinchidan, marhum dafn etilganidan so‘ng fitna chiqarmoqchi bo‘lgan uchinchi kuchlar uning qabrini buzib, jasadni tahqirlab, vaziyatni keskinlashtirish ehtimoli ham mavjud”, dedi manba.

Bu ma’lumotlarni Qodirjon Botirovning o‘z ismini aytishimizni istamagan yaqinlaridan biri ham tasdiqladi:

-Qarindosh-urug‘lar shu yerda (Jalolobodda- muharrir) turib Qur’on tilovatimizni qilib qo‘yaveramiz. Lekin jasadni O‘zbekistonga, Toshkentga olib kelish harakati bor. Endi Alloh qo‘rsatgan yo‘lga qarab, harakat qilaveramiz, - dedi Qodirjon Botirovning yaqinlaridan biri.

Unga ko‘ra, Jalolobodda Qodirjon Botirov yashagan mahalla va marhumning qarindoshlari yashagan uylar militsiyaning qattiq nazoratiga olingan.

-Mahallada va qarindosh urug‘larning orasida bir o‘ntacha uyni militsiya xodimlari to‘liq o‘rab olishgan. O‘lgan odamning qo‘lidan nima ham kelar edi? O‘likni ham bemalolroq ko‘mib olishga imkoniyat berishmas ekan-da, deymanda. Men o‘zim ko‘rib, bilgan narsalarni aytayapman,-dedi Qodirjon Botirovning yaqinlaridan biri.

Ammo marhumning Jaloloboddagi mahalladoshlaridan biri mahallada militsiya xodimlarini ko‘rmaganini, Qodirjon Botirovning xonadonida darvozalar ochilib, aza tutilayotgani, biroq ta’ziya bildirgani kelgan odamlar soni o‘n nafarga yaqinligini aytdi.

Botirovning "kutilmaganda vafot etgani haqida" marhumning yaqinlari 4 dekabrda ma’lum qilgan edilar. Ularga ko‘ra, Qodirjon Botirov "xufton namozini o‘qigach, yotgan va qayta uyg‘onmagan".

Qodirjon Botirov 2010 yil 7 aprel inqilobidan so‘ng hokimiyatga kelgan muvaqqat hukumatni qo‘llab - quvvatlagan edi.

Keyinroq, mamlakatda vaziyat taranglashgach, xorijga chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

Qirg‘iziston muvaqqat hukumati 500 nafarga yaqin odamning o‘limiga sabab bo‘lgan O‘sh voqealarini uyushtirishda Qodirjon Botirovni ayblagandi.

Keyinchalik Qirg‘iziston sudi hukmi bilan u sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Qodirjon Botirovning mulki 2011 yilda sud hukmi bilan davlat tasarrufiga o‘tkazilgan.

Hujjatlarga asosan o‘shanda Qodirjon Botirov va uning turmush o‘rtog‘i Karomat Botirovaga tegishli 28 ob’ekt hibs etilgan.

Qodirjon Botirov Ozodlik radiosiga bergan intervyularida o‘ziga bildirilgan ayblovni inkor qilgan edi.

Қодиржон Ботиров Қирғизистондан қандай чиқиб кетгани, муваққат ҳукумат ва Атамбаев ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:35 0:00

Yaqinlaridan biriga ko‘ra, Qodirjon Botirov korxona va mol-mulkini idora qilish uchun Ukrainaga borgan bo‘lgan.

Qodirjon Botirov bir necha yil muqaddam Shvetsiyada siyosiy boshpana olgan edi.

XS
SM
MD
LG