Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:20

Tojikistonda "fohishalar" ro‘yxati bir yilda 400 kishiga ko‘paydi


Tojikistondagi ichki ishlar bo‘limlaridan biriga olib kelingan ayollar.
Tojikistondagi ichki ishlar bo‘limlaridan biriga olib kelingan ayollar.

Tojikiston ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilning o‘tgan 9 oyida Tojikiston huquq-tartibot organlari 6 mingga yaqin ayolni fohisha sifatida ro‘yxatga olgan. Bu 2017 yilgi ro‘yxatga yana 400 kishi qo‘shilganini anglatadi.

Inson huquqlari himoyachilarining fikricha, qashshoqlik, ishsizlik, qizlar uchun ta’lim olish imkoni cheklanganligi, erta nikohlar va mehnat muhojirati mamlakatda fohishalikning rivojlanishiga sabab bo‘lgan.

O‘zini Zarrina deb tanishtirgan 28 yoshli ayolning Ozodlikka aytishicha, u eridan ajralib, olis tog‘li qishloqdan ish izlab Dushanbega kelgan.

Avval Zarrina oshxonada ofitsiant bo‘lib ishlagan, ammo so‘ngra tanishlari maslahati bilan fohishalik ko‘chasiga kirgan.

To‘rt oydan beri bu ayol Dushanbe ko‘chalarida fohishalik qiladi.

Uning aytishicha, bunday "kasb" bilan pul topish oson emas:

"Birinchidan, militsiya xodimlari qo‘liga tushish xafvi katta. Qo‘lga tushsang, katta jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi. Ba’zi ayollar 15 kunga qamoqqa tashlanadi. Boshqa tomondan zo‘ravonlik hollari yoki VIChga chalinish xavfi ham bor”.

Oxirgi yillarda Tojikistonda fohishalikning oldini olish uchun “tushuntirish ishlari” bilan bir qatorda ularga nisbatan jazo choralari ham kuchaytirilmoqda.

Masalan, birinchi marta huquq-tartibot organlari qo‘liga tushgan fohisha 500dan 2 ming somoniy ya’ni 220 AQSh dollargacha jarima to‘laydi.

Agar bu ayol bir yil ichida ikkinchi marta qo‘lga olinsa 15 kunga qadar hibsga olinishi mumkin.

Ikki hafta oldin Tojikiston parlamenti Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritib, fohishaxonalar tashkil etish etganlarga yoki qo‘shmachilik qilganlarga jazoni kuchaytirdi.

Tojikiston parlamenti quyi palatasining Qonunchilik va inson huquqlari qo‘mitasi a’zosi Baxtovar Safarzoda Ozodlik bilan suhbatda mazkur o‘zgartishlarni quyidagicha izohladi:

“Jinoyat kodeksning 239- moddasiga kiritilgan o‘zgartirish asosida fohishaxonalar tashkil etganlar yoki qo‘shmachilik qilganlar 100 ming somoniy (11 ming dollar) jarima yoki 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosiga hukm etiladi”.

Sotsiolog Maryam Davlatovaning fikricha, fohishalikga qarshi kurashda ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lgan erkaklar ham jazolanishi lozim:

“Axir bu hodisada ikki tomon bor. Agar fohishalarga xaridor bo‘lmasa, fohishalik o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi. Ammo Tojikistonda fohishalik tobora ko‘payib bormoqda. Menimcha, bunda erkaklarning ham gunohi katta”.

Tojikistondagi Ayollar va oila qo‘mitasining ma’lumotiga binoan, joriy yilda mamlakatda 20 mingga yaqin ayollar uchun doimiy ish o‘rinlari yaratilgan.

Jumladan, fohishalarga tikuv sexlarida ishlash uchun ta’lim kurslariga qatnash taklif qilingan.

Ammo maoshning juda kamligi bois aksar ayollar bunday taklifni qabul qilmagan.

XS
SM
MD
LG