Линклар

Шошилинч хабар
19 январ 2020, Тошкент вақти: 18:04

Karimov davrida yo‘q qilingan "Alp Jamol bank" egasi O‘zbekistonga qaytdi (VIDEO)


"Alp Jamol bank" litsenziyasi "Kelajak bugundan boshlanadi" degan shiorni ilgari surishidan ko‘p o‘tmay bekor qilingan edi

O‘zbekistondagi ilk xususiy banklardan biri "Alp Jamol bank" egasi Muhiddin Asomutdinov o‘tgan hafta oxirida Toshkentga qaytdi.

63 yashar Muhiddin Asomutdinovni Toshkentdagi hovlisida oilasi a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari va do‘stlari qarshi olayotgani tasvirlangan video Ozodlikka 15 yanvar kuni yetib keldi.

Муҳиддин Асомутдинов Тошкентга қайтди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:18 0:00

Xususiy ochiq hissadorlik "Alp Jamol bank"ining asosiy hissadori Muhiddin Asomutdinov 2010 yil mart oyida bu bank likvidatsiya qilinishidan oldin O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur bo‘lgan edi.

Kattalar izni bilan

Muhidddin Asomutdinovni yaqindan bilgan toshkentliklardan birining Ozodlikka aytishicha¸ tadbirkor 9 yildan buyon asosan qo‘shni Qozog‘istonning yirik shaharlari - Olmaota va Ostonada yashab kelgan.

"Muhiddin aka Qozog‘istondagi qarindoshlari bilan tijoriy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, imkon qadar odamlar diqqatini o‘ziga tortmay, yashab kelayotgandi. Qozog‘istondagi yaqinlarining ta’sir kuchi yaxshi bo‘lgani uchun unga hech qanday xavf yo‘q edi," dedi tadbirkorning yaqin tanishlaridan biri.

Toshkentda uni kutib olgan boshqa bir yaqiniga ko‘ra, Asomutdinov doim O‘zbekistonga qaytish umidi bilan yashagan.

"Karimov o‘lganidan keyin vaziyat o‘zgardi va u kishi O‘zbekistonga qaytish harakatini boshladi," - dedi sobiq bank egasi yaqinlaridan biri.

Bu suhbatdosh Muhiddin Asomutdinovning O‘zbekistonga "kattalar izni bilan" qaytganini alohida urg‘uladi.

Ozodlik muxbiri 15 yanvar kuni tadbirkorning o‘zi bilan bog‘lana olmadi - yaqinlaridan biriga ko‘ra, Muhiddin Asomutdinov hozirda Toshkentdagi salomatlik markazlaridan birida davolanmoqda.

"Alp Jamol bank"ning yopilishi

2009 yil dekabrida, Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan nutqida Islom Karimov "O‘zbekistonda juda boylar ham, juda kambag‘allar ham bo‘lmaydi" degan tamoyilni ilgari surgan edi.

Ushbu chaqiriqdan ko‘p o‘tmay O‘zbekistonda qator yirik tadbirkorlar hibsga olinib, ko‘plab xususiy korxonalarni musodara qilish boshlandi.

Jumladan, 2010 yil mart oyida O‘zbekiston Markaziy banki "Alp Jamol bank" litsenziyasini bekor qildi; bank filiallari va internetdagi rasmiy sayti 10 martdan boshlab o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

O‘shanda "Alp Jamol bank" rahbariyati, "O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki to‘g‘risida"gi qonunning 53-moddasi hamda "Bank va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunning 14- moddasi asosida "bank qonunchiligini buzish"da aybdor deb topilgan edi.

1998 yil mart oyida O‘zbekiston Markaziy banki taqdim qilgan litsenziya asosida faoliyat boshlagan "Alp Jamol bank"ning 2009 yilgi sof daromadi¸ rasmiy axborotlarda qayd etilishicha¸ 5 milliard 959 million so‘m (3 million 861 ming dollardan ko‘proq) bo‘lgan.

2010 yil 1 yanvariga kelib "Alp Jamol bank" aktivlari 118,6 mlrd. so‘mga yetgan, bankning jismoniy va yuridik mijozlari soni esa 155 mingdan oshgani aytilgan edi.

Bank poytaxtdan tashqari, Toshkent viloyati, Qashqadaryo, Namangan va Samarqandda o‘z bo‘limlarini yo‘lga qo‘ygan edi.

2011 yil mart oyida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudi chiqargan hukmga muvofiq, "Alp Jamol bank"ning barcha ko‘chmas va noko‘chmas mulklari davlat foydasiga musodara etildi.

2017 yilda Ozodlik bilan suhbatlashgan tadbirkorlar ko‘plab jismoniy va yuridik shaxslarning milliardlab so‘m mablag‘i "Alp Jamol bank" hisobida qolib ketgani, ularni qaytarib olish urinishlari esa shu paytgacha natija bermay kelayotganidan shikoyat qilgan edi.

XS
SM
MD
LG