Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:15

Moskva politsiyasi o‘zbek muhojirlarini "qarshilik ko‘rsatgani uchun" jarimaga tortdi (VIDEO)


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Moskvada o‘zbek muhojirlari politsiya xodimlari tomonidan kaltaklandi va tahqirlandi. Moskvaning Veshnyaki politsiya bo‘limi xodimlari migrantlarni “politsiya xodimiga qarshilik ko‘rsatganlikda” ayblab, 1 ming rubldan jarimaga tortdi. “Qarshilik” ko‘rsatgan o‘zbekistonliklar politsiya bedodligi olingan videotasvirni Ozodlikka taqdim etdi.

Veshnyaki politsiya bo‘limi o‘zbek migrantlarining qo‘lga olinishi va jarimaga tortilishi masalasida Ozodlikka izoh berishdan bosh tortdi.

O‘tgan juma, 11 yanvar kuni Moskvaning Sharqiy ma’muriy okrugida post-patrul mashinasida ketayotgan politsiyachilar yo‘l yoqasidagi avtomobil yonida turgan bir guruh o‘zbek muhojirini ko‘rib qoladi.

Mashina oldida to‘xtagan politsiya xodimlari migrantlardan hujjat talab qiladi.

Talab qilingan hujjat va pasportlarni ko‘rsatganiga qaramasdan, o‘zbek muhojirlari politsiya bo‘limiga olib borilishi aytildi.

O‘zbekistonlik Abdulla Ozodlik bilan suhbatda mashina ichida u bilan birga akasi Sardor, kelinoyisi Zahro va uning dugonasi bo‘lganini aytdi:

- Biz kvartiramiz yonida turuvdik gaplashib. PPSchilar o‘tib ketdi-da, qaytib keldi. Men ro‘lda edim – hujjatlarni berdim. Opamlarni dokumentlarini so‘radi. “Uyda qolib ketgan – hozir olib chiqaman!”, desa ham mashinadan tortqilab olib chiqib, majburlab mashinasiga tiqdi. Telefonini sindirib qo‘ydi. Keyin menga bagajni ochishni buyurdi. Men sababini so‘rasam, “Sen narkotik bilan shug‘ullanasan – men proverka qilishim kerak”, dedi. Opamni qo‘lini qayirib, majburlab mashinadan olib tushayotgani jahlimni chiqardi! Opam dokumentni olib chiqsa ham qo‘yvormadi.

Politsiya xodimlarining noqonuniy harakatlarini ko‘rgan Abdulla Mirzaliev voqeani qo‘l telefoniga videoga olishni boshlaganini aytdi.

ВИДЕО: Муҳожир-полиция муносабати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:06 0:00

U gap qaytarilganidan g‘azablangan politsiyachilar o‘zbek muhojirlarini baribir bo‘limga olib borib, tahqirlashni davom etdi, deydi:

- Otdelda barmoq izi oldi, gapirdi, haqorat qildi, lekin ayb topolmadi. Hujjatlarimiz joyida bo‘lishiga qaramasdan sudga chiqarib, 1000 rubl jarima chiqartirib berdi. Biz melisa bilan tortishganimiz uchun ekan! Biz prokuraturagacha ariza qilib chiqdik, videolarimiz turibdi. Bizni olib borgan militsioner bizga “12 yilga deport qilaman!” deb qo‘rqitishni boshladi. Men ularga videoyozuvda opamni urganigacha borligini aytdim, tasdiqlataman dedim, - dedi Abdulla Mirzaliev.

O‘zbek muhojirlari Moskva shahri Veshnyaki tuman politsiya bo‘limi xodimlari ustidan prokuraturaga shikoyat arizasi bilan murojaat qilganini aytdi.

Veshnyaki politsiya bo‘limi o‘zbek migrantlarining qo‘lga olinishi va jarimaga tortilishi masalasida Ozodlikka izoh berishdan bosh tortdi.

Zahro va Abdullaning Moskva politsiyasi bosimiga uchraganini taqsdiqlagan yurist Valentina Chupik politsiya avvaliga o‘zbek migrantlarini “politsiyaga qarshilik ko‘rsatdi” moddasi asosida jinoiy javobgarlikka tortmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi:

- Zahroda hujjatlari hammasi joyida, ammo u hamma narsadan qo‘rqib qolgan. U yerda ularga nisbatan avvaliga “politsiyaga qarshilik ko‘rsatildi” moddasi asosida ish ochildi, ammo uni davom ettirishmadi! Politsiya bu ishga huquq faollari aralashib qolgani va ularning harakatlari videoga olinganini anglab yetib, Abdulla bilan Zahroga 500 rubldan “jamoat joyda so‘kinish” bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortib, ishni yopgan, ko‘rinadi, dedi huquq faoli.

XS
SM
MD
LG