Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:13

Uzbek Tigers G‘ofur Rahimov boshqarayotgan AIBA turnirida ishtirok etishdan bosh tortdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Uzbek Tigers 2019 yilda G‘ofur Rahimov boshqarayotgan AIBA’ning Jahon boks seriyasi - WSB musobaqalarida ishtirok etishdan bosh tortdi.

SportX.kz nashrining bildirishicha, Uzbek Tigers terma jamoasini moliyalashtirish to‘xtatilgan va jamoa tarqatib yuborilgan.

Nashrning jamoa murabbiylaridan biri Ziyoiddin To‘yganbaevga tayanib xabar berishicha, bunday qaror 2020 yilda Tokioda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga tig‘iz tayyorgarlik ko‘rish ehtiyoji paydo bo‘lgani ortidan qabul qilingan. Bundan tashqari boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Bolgariya poytaxti Sofiyada 13-17 fevral kuni o‘tadigan an’anaviy «Strandja» turnirida ishtirok etishi lozim.

Uzbek Tigers WSB musobaqalarida 2016 yildan ishtirok etib kelayotgan edi. O‘zbek boqschilari jamoasi musobaqalarning bronza medallari sohiblariga aylangan. 2017 yilning dekabrida jamoani taniqli bokschilar Murodjon Axmadaliev va Shaxram G‘iyosov tark etgan edi.

The World Series Boxing (WSB) 2008 yilda Xalqaro boks assotsiasiyasi - AIBA tomonidan tashkil etilgan. WSB AIBA shafeligida o‘tkaziladigan jahondagi eng nufuzli va yirik turnir hisoblanadi.

2018 yilning noyabrida AIBA prezidentligiga G‘ofur Rahimovning saylanishi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining tashvishi va noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

G‘ofur Rahimov va AIBA atrofidagi voqea-hodisalar to‘g‘risidagi materiallarni shu sahifada "Aloqador" rukni ostida o‘qishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG