Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 08:07

Afg‘on narkotikfurushlari tojik cho‘ponni o‘g‘irlab ketdi


Tojikistonning Narkotiklar nazorati bo‘yicha agentligi xodimlari Dushanbeda qo‘lga olingan narkotiklarni yoqib yubormoqda (arxiv surati).
Tojikistonning Narkotiklar nazorati bo‘yicha agentligi xodimlari Dushanbeda qo‘lga olingan narkotiklarni yoqib yubormoqda (arxiv surati).

2019 yilning birinchi kuni 42 yashar To‘raxon Nurmatov Tojikiston janubidagi yaylovda bir oilaning ushoq mollarini boqib yurgan edi. O‘shandan keyin na o‘zi va na suruvi uyga qaytdi.

Qo‘shni afg‘onistonlik qurollangan kishilar kelib, Nurmatovni chegara osha olib ketdi. Uni o‘g‘irlab ketgan kishilar qo‘yib yuborish uchun bu yerliklar uchun ko‘z ko‘rib, qo‘loq eshitmagan pul – 40 ming dollar talab qilyapti.

Nurmatov hozircha afg‘on narkotikfurushlari garovga olgan so‘nggi kishi bo‘lishi mumkin, lekin bu ish davom etmasligiga hech kimning ko‘zi yetmaydi.

Tojikiston chegarani mustahkamlash bo‘yicha yillar davomida yordam olib kelgan bo‘lsa ham bunaqa garovga olishlar o‘n yillardan berib davom etmoqda.

Nurmatovning ahvoli, kambag‘alni tuyaning ustida ham it qopadi, degan naqlni eslatadi. U Qurbonovlar oilasi suruvini boqib yurgan oddiy cho‘pon edi.

Narkotikfurushlar Afg‘oniston chegarasidan 10 kilometr ichkaridagi Sari Chashma qishlog‘iga asli Qurbonovlar oilasi vakilini qidirib kelgan bo‘lgan

Ular Saymiddin Qurbonovni garovga olmoqchi edi. Uning amakisi Abdug‘affor Qurbonovning Ozodlik radiosi Tojik xizmatiga aytishicha, narkotikfurushlar unga Afg‘onistondan bir necha marta qo‘ng‘iroq qilgan va Saymiddin ular yetkazib berilgan narkotik uchun 40 ming dollar qarz ekanini, cho‘ponni qo‘yib yuborish uchun Saymiddin o‘sha pulni to‘lashi kerakligini aytgan.

Ammo Saymiddin Qurbonov narkotik kontrabandasi bilan shug‘ullangani uchun 2015 yili 17 yilga kesilib ketdi. Hozir qamoqda o‘tiribdi.

Abdug‘affor Qurbonovning aytishicha, narkotikfurushlar avval uning oldiga kelgan.

Ular mendan yaylovda nima qilib yuribsan, deb so‘radi. Men, sigirimni yo‘qotib qo‘ydim, dedim. O‘zimni boshqa odam deb tanishtirganim uchun suruv meniki ekanini bilishmadi. Bir ozdan so‘ng ular cho‘ponni o‘zlari bilan olib ketdi, ‒ dedi u.

Nurmatov o‘g‘irlab ketilgandan so‘ng Tojikiston huquqni muhofaza etuvchi idoralari hududni titkilab chiqdi, ammo cho‘pon topilmadi. Qidiruv vaqtida bir chegarachi boshqa birovini otib qo‘ydi.

Nurmatovni asir olgan kishi Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi Shahri Buzurg degan joyga o‘tib ketganini iddao qildi.

Ko‘lob viloyati politsiya xizmati boshlig‘i Ozodlik radiosiga ayni chog‘da qutqaruv amaliyotini o‘tkzishning iloji yo‘qligini aytdi.

2005 yil sentabrida chegara qo‘riqchilari boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan Nuralisho Nazarov o‘sha payti 28 nafar tojik vatandoshini afg‘on narkotikfurushlari asirlikda ushlab turganini aytgan edi.

Afg‘on narkotikfurushlari haliyam chegaradan bemalol o‘tib qaytib yuribdi.

Ular Tojikiston ichkarisiga bir necha kilometr kirib, chorva mollari bilan birga qishloqliklarni ham olib ketmoqda.

XS
SM
MD
LG