Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 21:53

Tojikiston O‘zbekistondan arzon gaz importini 4 martaga oshirmoqchi


Tojikiston joriy yilda O‘zbekistondan tabiiy gaz importi hajmini to‘rt barobarga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 28 yanvar kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Tojiktransgaz” rahbari muovini bayonot berdi.

O‘zbekistonning o‘zida yillardan buyon gaz taqchilligi kuzatilayotgan vaziyatda yangragan bu yangilikni “O‘ztransgaz” va “O‘zbekneftgaz” mulozimlari sharhlashni istamadi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining neft va gaz sektori sobiq rahbarlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda Tojikistonga gaz eksporti hajmi oshayotganidan cho‘chimaslik kerakligini, biroq sotilayotgan gaz narxi masalasini o‘ylab ko‘rish lozimligini aytdi.

Тожикистон Ўзбекистондан арзон газ импортини 4 мартага оширмоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк

Tojikistondagi ASIA-Plus nashrining xabar qilishicha, 28 yanvar kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Tojiktransgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati rahbari birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzoda “Biz bu yil O‘zbekistondan 200 million kub metrgacha tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirmoqdamiz”, deb bayonot bergan.

Shoimzodaga ko‘ra, ikki mamlakat gaz taqsimlash kompaniyalari o‘rtasida prinsipial kelishuvga erishilgan, shu kunda kelishuvning detallari muhokama qilinmoqda, shundan so‘ng hujjat imzolanadi.

“Tojiktransgaz” rahbari birinchi o‘rinbosarining aytganlariga tayanib, ASIA-Plusning xabar qilishicha, 2018 yili Tojikiston O‘zbekistondan qariyb 54 million kub metr gaz import qilgan.

Shu kunda yigirmadan ortiq korxona, jumladan, Tojikiston alyuminiy kompaniyasi va Dushanbe Issiqlik elektr markazi import qilinayotgan tabiiy gaz yoqmoqda.

O‘zbekiston 10 yillik tanaffusdan so‘ng o‘tgan yili Tojikistondagi 12 korxonaga tabiiy gaz yetkazib berish boshlagani to‘g‘risida Ozodlik “Tojiktransgaz” shirkatidan olingan ma’lumotga tayanib, 2018 ning iyulida xabar qilgan edi.

1 yanvardan esa, O‘zbekistonning tabiiy gazidan yuzlab dushanbelik oilalar foydalana boshladi.

“Tojiktransgaz” rahbari muovini 28 yanvar kungi matbuot anjumanida iste’molchilar soni oy sayin ortib borayotganini, yuqori bosimli quvurlar to‘liq tiklanganini, o‘rta bosimli quvurlar ta’mirlanayotganini aytgan.

O‘zbekiston qo‘shnisiga gaz eksporti hajmini chindan ham oshirayaptimi? Agar shunday bo‘lsa, gaz necha puldan sotiladi? Tojikistonga gaz eksporti 4 martaga oshirilsa, bu o‘sish O‘zbekistonning ichki bozoriga qanday ta’sir qiladi? Shu va boshqa savollarni berish uchun Ozodlik “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan bog‘landi.

“O‘ztransgaz” matbuot kotibi savollarni eshitgach, “O‘zbekneftgaz”ga murojaat qilishni tavsiya qildi. “O‘zbekneftgaz” mulozimi savolni eshitgach, matbuot xizmatiga jo‘natdi. Matbuot xizmati esa, javob bermadi.

1991 – 93 yillarda “O‘zdavneftmahsulot” korporatsiyasi bosh direktori (vazir maqomidagi lavozim) bo‘lib ishlagan Anvar Husainov 29 yanvar kuni Ozodlikka savollariga javob berdi.

Собиқ "Ўздавнефтмаҳсулот" корпорацияси бош директори-вазир Анвар Ҳусаинов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:36 0:00
Бевосита линк

Husainovning aytishicha, Tojikiston 2018 yili sotib olgan qariyb 54 million kub metr gaz katta hajm emas. “Buncha gaz Toshkent shahri tumanlaridan biri bir yilda yoqadigan gazdan oz”, dedi sobiq neftь-gaz rasmiysi. Binobarin, eksport hajmining 4 barobarga oshishidan ham cho‘chimaslik kerak.

“90-91 yillarda biz Tojikistonga yarim millard kub metr gaz sotganmiz, shuncha miqdorda, balki bundan ham ko‘proq gazni Qirg‘izistonga sotganmiz” , - dedi eks-vazir.

Anvar Husainovning fikricha, Tojikistonga gaz eksporti hajmini oshirishga O‘zbekistonda gaz qazib olish sur’atlari yildan yilga oshib borayotgani imkon beradi. “Oxirgi 2 yilda gaz qazib chiqarish hajmi 60 -70 milliard kub metrga chiqdi”, - dedi eks-vazir.

Bas, shunday ekan, nima uchun bu o‘sishni ichki iste’molchi o‘zining o‘chog‘ida sezmayapti? Bu savolga javoban Anvar Husainov qazib olinayotgan gazning mutlaq katta qismi Xitoy va Rossiyaga eksport qilinayotganini aytdi.

“Lekin o‘sha gazning necha puldan sotilayotganini hech kim bilmaydi. Hatto mutaxassis bo‘la turib, men ham bilmayman”, - dedi eks-vazir.

Ayni paytda Tojikistonga sotilayotgan gazning narxi ma’lum. O‘tgan yilning martida ikki mamlakat gaz taqsimlovchi kompaniyalari o‘rtasida erishilgan bitimga binoan, ming kubometr o‘zbek gazi uchun Tojikiston $120 to‘lashi belgilab qo‘yilgan edi. Bu haqda o‘z vaqtida ASIA-Plus ham xabar qilgan.

Tojikiston uchun belgilangan gaz narxini sharhlar ekan, Anvar Husainov bunday dedi:

“Eksport narxlari boshqacha bo‘lishi kerak. Gaz juda qimmat turadi. Xom ashyodan mamlakatdagi gazni qayta ishlash zavodlari qo‘shimcha daromad beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishi mumkin. Eski iqtisodiy yondoshuvlardan voz kechib, jahon narxlariga o‘tish kerak”.

Anvar Husainovning aytishicha, shu kunda jahon bozorida ming kub metr tabiiy gaz narxi 260-270 AQSh dollari atrofida.

Ayni paytda eks-vazirning aytishicha, O‘zbekiston “elektr energiyasini Tojikistondan dunyo narxlarida sotib olayapti”.

XS
SM
MD
LG