Линклар

Шошилинч хабар
22 январ 2020, Тошкент вақти: 11:02

Transport vazirligi tuzishga qarshi bo‘lgan Ochilboy Ramatov Transport vazirligini o‘ziga oldi


Prezident Shavkat Mirziyoev Ochilboy Ramatov bilan Xiva vokzalida.

O‘zbekiston prezidentining 28 yanvar kuni e’lon qilingan qaroriga ko‘ra¸ mamlakat Bosh vazirining 1-o‘rinbosari Transport vaziri etib tayinlangan. Shavkat Mirziyoevning 2016 yil dekabr oyidagi qarori bilan Bosh vazirning 1- o‘rinbosari lavozimi Ochilboy Ramatovga berilgan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Ramatovga ayni paytda hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbarligi ham berilgan edi.

28 yanvar kungi qarorga ko‘ra¸ Ochilboy Ramatov lavozimining ikkinchi qismi Transport vaziri sifatida qisqartirildi.

Faoliyati transport-logistika sohasiga aloqador o‘zbekistonlik tadbirkorlar bu yangi tayinlovdan hafsalalari pir bo‘lganini bildirdilar.

«Prezident¸ transport-logistika sohasini inqrizozga olib kelgan odamni Transport vaziri etib tayinlasa¸ demak Mirziyoevga bu sohadagi haqiqiy ahvol haqidagi ma’lumot yetib bormayapti»¸ - dedi Ozodlikka shaxsi ochiqlanmasligini so‘rab gapirgan soha mutaxassislari.

Hali tuzilmagan vazirlik vaziri

Shavkat Mirziyoevning 2018 yil noyabr oyidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Hukumat komissiyasiga 2019 yilning 15 yanvariga qadar Transport vazirligi tuzish bo‘yicha takliflar kiritish topshirilgan edi.

Bu jarayonga bevosita aloqador Toshkent mulozimining Ozodlikka bildirishicha¸ prezident topshirig‘i ijrosi bilan bog‘liq ko‘pdan-ko‘p majlislar o‘tkazilgan¸ Transport vazirligini tuzish strukturasi va bu haqdagi prezident qarori loyihasi tayyorlangan¸ ammo transport sohasi monopolistlari oxirigacha bu takliflarni to‘xtatishga uringan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari”¸ “O‘zbekiston havo yo‘llari”¸ Avtomobil va daryo transporti qo‘mitasi¸ O‘zavtodor - bular davlat byudjetini o‘marish bilan ovora. Albatta¸ ular o‘zlarining tugatilib¸ bitta Transport vazirligi bo‘lishini istashmaydi. Ramatov bu ideyani to‘xtatish uchun zimdan harakat qildi. Bo‘lmaganidan keyin¸ endi Transport vaziri lavozimini o‘ziga olishga erishipti. Agar transport sohasini rasvo qilganiga qaramay¸ prezident yangi vazirlikni yana shu odamga topshirayotgan bo‘lsa¸ Mirziyoev bilan oralaridagi shaxsiy munosabatlar juda yaqin va bu ma’lumotdan xabardor tizimlar ham uni prezidentga berolmagan”¸ deydi hukumat ichidagi jarayonlar haqida jamoatchilikka ma’lumot berishga vakolti yo‘qligidan shaxsi sir tutilishini so‘ragan bu mulozim.

Bu hujjatni Ozodlikka taqdim qilgan mulozimga ko‘ra¸ prezident hali Transport vazirligi tuzish haqidagi qaror loyihasini imzolamagan.
Bu hujjatni Ozodlikka taqdim qilgan mulozimga ko‘ra¸ prezident hali Transport vazirligi tuzish haqidagi qaror loyihasini imzolamagan.

Bu suhbatdosh¸ hali Transport vazirligini tuzish haqidagi qaror loyihasi prezident tomonidan imzolanmay turib¸ Bosh vazirning 1-o‘rinbosari (Ochilboy Ramatov) rasmiy lavozimiga Transport vaziri degan maqom qo‘shilgani haqidagi qarorni ko‘rib¸ hayratga tushganini aytadi.

Bunaqa ish faqat O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin. Bosh vazirning 1-o‘rinbosari Transport vazirligi tuzish haqidagi prezident farmoni loyihasini ishlab chiqadida¸ unga Bosh vazirning 1-o‘rinbosari¸ ya’ni o‘zini vazir etib tayinlansin¸ deb yozib qo‘yadi. Ramatov bu ishni Mirziyoevning oldidan o‘tib qilganini tushunish mumkin¸ lekin Mirziyoev nega bunga qo‘l qo‘yganini tushunishga qiynalayapmiz”¸ deydi transport sohasi boshqaruviga aloqador mulozim.

Ozodlik hozircha prezident Shavkat Mirziyoevning Transport vazirligi tuzish haqidagi qarorni imzolagan-imzolamagani haqida rasmiy ma’lumot ola olmadi. Ammo rasmiy matbuotda 31 yanvarga qadar bunday qarorning imzolangani haqida xabar e’lon qilinmagan.

“Transport kompleksining “rasvo bo‘lgani”ni xalq ko‘rib turiptiku!”

Ozodlik suhbatlashgan transport-logistika sohasida ishlovchi tadbirkorlar ham bu soha boshqaruvini “21-asrga to‘g‘ri kelmaydigan” vaziyatda deb baholadi.

Bu sohaning rasvo bo‘lganini isbotlash uchun DXX dan hujjat-dalil olishga hojat yo‘q. Xalq ko‘rib turipku ahvolni – biletlar qani? Na poezd¸ na samolyotga onlayn bilet olishning iloji yo‘q¸ haliyam o‘zlarining kassalarida sotish kerak. Nima uchun? Qaerda naqd pul aylansa¸ o‘sha joyda katta korrupsiya bor. Bilet ololmaysiz¸ poezd yo samolyotga chiqsangiz¸ yarmi bo‘sh. Qani Rossiya¸ Qozog‘istonga qo‘yish va’da qilingan avtobuslar? Nima uchun O‘zbekiston hududida boshqa davlatlarning avtobuslari qatnayapti? Hukumatlararo kelishuvda bunaqa qatnovlar taqiqlanganku! Bunaqa qatnovdan tushayo​tgan pullar kimlarning cho‘ntagiga ketayapti?”¸ deydi transport sohasi bo‘yicha mutaxassis tadbirkor.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” orqali tashiladigan tranzit yuklari hajmi¸ Ozodlik gaplashgan soha mulozimiga ko‘ra¸ 2018 yili 7 million tonnaga tushgan.

Temir yo‘ldagi tashishlar va tranzit tashishlar 60% tushib ketgan. Birgina Afg‘onistonga yuk tashish hajmi 2¸5 million tonnadan 1 millionga tushdi. Qolgani qaerga uchdi? Qo‘shni Turkmanistonga – Ramatov tariflarni bir tomonlama oshirib qo‘yganidan keyin¸ bu yuklar Turkmanistonning Akina stansiyasi orqali o‘tadigan bo‘ldi. Bu sohani o‘z qo‘liga olganlar milliardlab daromad qildi¸ davlat byudjeti o‘marildi¸ xalq avtobuslarda yonib ketdi. Qamchiqdagi tunnel uchun davlat 2¸5 milliard dollar qarzga kirgan. Kim to‘laydi buning pulini? Shu ishlarning tepasida turgan odam endi Transport vaziri bo‘layapti. Shuni tushunish qiyin bo‘layapti”¸ deydi Toshkent mulozimi.

Ozodlik O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi¸ xususan Bosh vazirning 1-o‘rinbosari Ochilboy Ramatov qabulxonasidan¸ Transport vazirligi tuzilmay turib¸ Bosh vazir 1-o‘rinbosarining Transport vaziri etib tayinlash haqidagi qarorga oid munosabat va ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lmadi.

Ozodlik telefon orqali bog‘langan mulozimlar¸ bu haqda ma’lumot berishga vakolatli emasliklarini aytish bilan cheklandilar.

XS
SM
MD
LG