Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:36

Komilovning Karimov haqidagi bayonoti va Ortiqxo‘jaevning Trampdan farqi haqida


O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov tug‘ilgan kun arafasida, 29 yanvar kuni Germaniyadagi eng yirik yetakchi kundalik “Zyuddoyche saytung” gazetasi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan o‘tkazilgan suhbatni e’lon qildi.

Gazetaga bergan intervyusida janob Komilov Islom Karimov to‘g‘risida bunday degan:

“Prezident Karimov O‘zbekiston uchun ko‘p ishlar qildi, bu ayniqsa, mustaqillikni himoya qilishda, uning ayrim tamal toshlarini qo‘yishda ko‘rinadi. Biroq u boshqa davr edi va janob Karimov hamma narsani shaxsan nazorat qilgan. Bu tizim doirasida hech kim hech narsa qila olmas edi. Hatto bunday mavzuni muhokama qilish qiyin bo‘lgan”.

OzodNazarning bugungi mehmoni, jurnalist Jahongir Muhammad suhbat davomida tashqi ishlar vazirining shu gaplariga e’tibor qaratdi.

Jahongir Muhammadning fikricha, Abdulaziz Komilovning bu gaplari ko‘p narsani tushuntirishi mumkin bo‘lgan bayonotdir...

Комиловнинг Каримов ҳақидаги баёноти ва Ортиқхўжаевнинг Трампдан фарқи ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:25:55 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG