Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:40

Vazirlar Mahkamasi farmoni bilan o‘qituvchilarning kunlik ish haqi "xayriya" qilinmoqda


26 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi farmoni bilan O‘zbekiston bo‘ylab umumxalq hashari o‘tkazildi.
26 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi farmoni bilan O‘zbekiston bo‘ylab umumxalq hashari o‘tkazildi.

Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi rahbari Zafar Karimov buyrug‘iga muvofiq¸ 26 yanvar kuni “darsdan keyin” hashar deb atalgan tozalash ishlariga jalb qilingan o‘qituvchilarning bir kunlik ish haqi “Mahalla” fondi hisobiga o‘tkazilmoqda.

Boshqarma boshlig‘i o‘z buyrug‘iga¸ Vazirlar Mahkamasining 22 yanvar kungi 41-sonli farmonini asos qilib keltirgan.

Viloyatdan Ozodlikka bog‘langan o‘qituvchilarga ko‘ra¸ buyruqda “o‘z tashabbuslariga ko‘ra ixtiyoriy ravishda” deb yozilgan bunday pul o‘tkazish jarayoni amalda kuchli bosim ostida olib bormoqda.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati Ozodlikka bu jarayon butun respublika miqyosida borayotganini bildirdi.

“Hammasi quruq gap”

Ozodlikka murojaat qilgan o‘qituvchilardan biri viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i buyrug‘i ijrosi Paxtachi tumanida “zug‘um”ga aylanganini bildirdi.

“26 yanvar kuni hech qanaqa hashar bo‘lmadi¸ o‘sha kuni yomg‘ir yog‘di. Maktab o‘zi toza¸ qishda tashqarida tozalaydigan joyning o‘zi yo‘q-ku” degan suhbatdosh¸ bosimning hasharga chiqish-chiqmaslik ustida emas¸ balki bir kunlik ish haqi ustida borayotganini ta’kidladi.

Shuncha gap bir tiyinlik bo‘ldi, yana tarix takrorlanayapi - o‘qituvchilarning oyligidan pul yig‘ish usuli mutlaq majburlashga aylangan. Bir kunlik ish haqimizdan olib qolish uchun direktorimiz hammamizdan “roziman” degan qo‘g‘ozga qo‘l qo‘ydirayapti. Unga ham tuman Xalq ta’limi boshlig‘i buyurgan. Bir-ikkita o‘qituvchi nega xohlamagan joyimda roziman deb qo‘l qo‘yishim kerak desa¸ ishidan kamchilik axtarishyapti. O‘qituvchilar juda norozi¸ bunaqa tashabbus umuman o‘qituvchidan chiqmagan. Bu g‘irt yolg‘on”¸ dedi Ozodlikka ismi ochiqlanmasligini so‘rab gapirgan paxtachilik o‘qituvchilardan biri.

Ozodlik suhbatlashgan samarqandlik o‘qituvchilarning aytishicha¸ 2019 yil yanvaridan ular oyligi 10 foizga oshib¸ 2¸5 million so‘mga yetib qolgan.

Bir kunlik ish haqi¸ 6 kunlik ish haftasidan kelib chiqilsa¸ 100 ming so‘m bo‘layapti. Nima uchun “Mahalla” fondiga o‘zi shundoq ham amallab kun ko‘rayotgan o‘qituvchi xayriya qilishi kerak? Hokimiyatning yugurdagidan endi bizni hokimiyatning “hasharchi”siga aylantirishayati¸ ishimizga aloqasi yo‘q obodonlashtirsh va ko‘cha tozalash ustiga¸ oyligimizga ham xo‘jayinchilik qilishayapti”¸ deydi Ozodlik gaplashgan samarqandlik o‘qituvchilardan yana biri.

Og‘zaki-yozma¸ yozma-og‘zaki?

Ozodlikka Samarqand ta’lim sohasida ishlovchi rasmiylardan biri tomonidan yuborilgan buyruq ostida viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Z.Karimov deb yozilganiga qaramay¸ unda na imzo va na sana bor.

Ozodlikka bu buyruq nusxasini yuborgan mulozim ta’kidicha¸ butun viloyat Xalq ta’limi bo‘limlariga yuborilgan bu hujjatga imzo chekilmagan.
Ozodlikka bu buyruq nusxasini yuborgan mulozim ta’kidicha¸ butun viloyat Xalq ta’limi bo‘limlariga yuborilgan bu hujjatga imzo chekilmagan.

Buyruqda “Vazirlar Mahkamasining Orolbo‘yidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi 2019 yil 22 yanvardagi 41-F-sonli farmoyishi hamda viloyat hokimligining 23 yanvardagi 05/01-11 sonli xati rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin”¸ deb yozilgan.

Buyruqning 3-bandida “ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi” mablag‘ni “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limining “Hamkorbank”dagi raqamiga 5 fevralga qadar o‘tkazilishini ta’minlash so‘ralgan.

Na sana va na imzosiz bu buyruqning qanday qilib minglab o‘qituvchini bir kunlik oyligidan voz kechishga asos bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga uni yuborgan mulozim:

Bu buyruq imzolanmagan va muhrlanmagan tarzda tarqatildi maktab direktorlariga. 2018 yil may oyida Vazirlar Mahkamasining qarori chiqqan edi shu kabi pul ushlab qolishlarni taqiqlash haqida. Bu shu qarorga zid bo‘lganligi uchun norasmiy ravishda og‘zaki topshiriq bilan qilinmoqda. Ertaga zo‘r kelgan vaqtda javobgarlikdan qutilib qolish qilinayapti”¸ deb izoh berdi.

Xalq ta’limi vazirligi javobi

1 fevral kuni Ozodlik samarqandlik o‘qituvchilardan kelgan shikoyatga munosabat bildirishni so‘rab O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatiga murojaat qildi.

Ozodlik savollariga vazirlikdan quyidagi rasmiy javob keldi:

"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22 yanvardagi 41-f-sonli farmoyishiga ko‘ra, 2019 yil 26 yanvar kuni umumxalq ekologiya xayriya hashari munosabati bilan tashkilotlarda ishlaydigan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘lari ularning o‘z tashabbusiga ko‘ra xayriya qilishlari mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Qolaversa, mazkur hujjatda xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar Orol dengizining suvi qurigan maydonlarida himoya o‘rmonlarini barpo etish, mintaqada ekologik holatni barpo etish va aholi turmush sharoitini yaxshilash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur xayriya hashari nafaqat o‘qituvchilar balki respublikadagi barcha soha vakillariga tegishlidir
.​"

XS
SM
MD
LG