Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:58

Jarqo‘rg‘ondagi “Marjona” savdo majmuasiga o‘t ketdi (VIDEO)


Jarqo‘rg‘on tumani Yong‘in xavfsizligi bo‘limi mulozimining Ozodlikka aytishicha, yong‘in savdo majmuasi hududida 300 kv metrdan oshiq maydondagi do‘konlarga shikast yetkazgan.
Jarqo‘rg‘on tumani Yong‘in xavfsizligi bo‘limi mulozimining Ozodlikka aytishicha, yong‘in savdo majmuasi hududida 300 kv metrdan oshiq maydondagi do‘konlarga shikast yetkazgan.

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani markazidagi ikki qavatli “Marjona” savdo majmuasida 14 fevralga o‘tar kechasi yong‘in chiqdi. Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, ko‘p qavatli savdo binosida yong‘in alangasi bir necha metr balandlikka ko‘tarilgan. Savdo majmuasi birinchi qavatidagi oziq-ovqatlar bilan savdo qilinadigan do‘konlar va ikkinchi qavatdagi kiyim-kechaklar bo‘limlari yongani aytilmoqda.

Majmuada savdo qiladigan tujjorlarlardan biri Ozodlikka do‘kondagi millionlab so‘mlik tovari yonib kul bo‘lganini aytdi.

- Ikkinchi qavatda kiyim-kechak do‘konimiz bor. Kech xabar topdik. kelsak yonib yotibdi. Ichidagi hamma tovar yongan. Yong‘in nimadan kelib chiqdi, hech kim hech narsa bilmaydi, - deydi savdogar.

Жарқўрғон Савдо марказида ёнғин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:12 0:00

Jarqo‘rg‘on tumani Yong‘in xavfsizligi bo‘limi mulozimining Ozodlikka aytishicha, yong‘in savdo majmuasi hududida 300 kv metrdan oshiq maydondagi do‘konlarga shikast etkazgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q.

O‘t o‘chiruvchilar do‘kondagi moddiy boyliklarning ayrim qismini evakuatsiya qilishga ulgurgan. ​

Bo‘lim mulozimi o‘t ketishining bir qancha versiyasi o‘rganib chiqilayotganini aytdi.

- Elektr tizimidagi qisqa tutashuv yoki isitgich o‘chirilmay qolgan bo‘lishi mumkin. Tekshiruv bo‘layapti, hali aniq aytolmaymiz. O‘t o‘chiruvchilarimiz vaqtida yetib borishdi. Qo‘shni tumanlardan ham o‘t o‘chiruvchilar jalb etildi, - dedi mulozim.

Ayrim tujjorlar savdo majmuasiga ataylab o‘t qo‘yilgan bo‘lishi mumkin, degan farazlarni ham aytishayapti.

Yong‘in Xavfsizligi boshqarmasi mulozimi bu taxmin ham o‘rganilayotganini aytdi.

- Hozir tekshiruv ketayapti, atayin o‘t qo‘yish versiyasi ham ko‘rib chiqilayapti, - dedi boshqarma mulozimi.

O‘zbekistondagi buyum bozorlari va savdo majmualarida yong‘inlar tez-tez ro‘y berib turadi.

2017 yilda Sirdaryo viloyatining Guliston shahri savdo majmuida ro‘y bergan yong‘inda 400 kv metrdan ziyod maydondagi do‘konlar yonib kul bo‘lgan edi.

-

XS
SM
MD
LG