Линклар

Шошилинч хабар
20 январ 2020, Тошкент вақти: 05:24

Izboskan hokimi tadbirkorning ming tonnadan ortiq sementini yomg‘ir ostida qoldirdi (VIDEO)


“Poytug‘ sement savdo” MChJ qurilish mollari ombori

Izboskan tumanidagi “Poytug‘ sement savdo” MChJga qarashli maydoni 278 kvadrat metrli qurilish mollari ombori, sud qarori kuchga kirmasdan turib, tuman hokimi buyrug‘i bilan buzila boshladi.

Bu haqda Ozodlikka arz qilgan tadbirkor Zubayr Sultonovning aytishicha, uning 2009 yilda tuman hokimining qarori bilan qurgan omborxonasini Izboskan tumanlararo Iqtisodiy sudi 29 yanvar kuni noqonuniy deb topgan.

Sud qarori ijrosi uchun bir oy vaqt borligi va bu qaror ustidan yuqori turuvchi sudga apellyatsiya muddati tugamagan bo‘lishiga qaramasdan, tuman hokimi omborning tomini buzishga o‘zi bosh-qosh bo‘lmoqda.

Tadbirkorning ombordagi bir yarim ming tonnadan ortiq sementi esa, yomg‘irda yaroqsiz holga kelish xavfi ostida qoldi.

Tuman hokimi Serobiddin Ismoilov Ozodlik bilan bu haqda gaplashishdan bosh tortdi.

Избоскан ҳокими тадбиркорнинг минг тоннадан ортиқ цементини ёмғир остида қолдирди (ВИДЕО)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:31 0:00

Izboskan tumanidagi “Poytug‘ sement savdo” MChJga qarashli qurilish mollari omborining buzilishi aks etgan video va suratlarni Ozodlikka tadbirkor Zubayr Sultonov taqdim etdi.

"Men prezidentning komandasidaman, hammasini yopishtiraman"

15 fevralda suratga olingan videoda ko‘rinishicha, tuman hokimi Serobiddin Ismoilov prokuratura va ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamrohligida ombor buzilishiga bosh-qosh bo‘ladi.

Tadbirkorning hali sud qarori kuchga kirmagani, qaror ustidan apellyatsiya berganligi haqidagi gaplariga tuman hokimi hech kimdan qo‘rqmasligini, o‘zi qilayotgan ishga o‘zi javob berishini aytadi:

“Meni yaxshi bilasizlar, qaerga yozsang, qancha zapis qilsang ham javob beraman, tamom. Mana prokuror, besh yuz foiz bular nohaq deyapti. Men nohaq bo‘lsam, pulini to‘layman”.

(Videoda hokim sifatida gapirayotgan odamning Serobiddin Ismoilov ekanligini Ozodlik uning avvalgi suratlariga qarab aniqladi)

Tadbirkor, “o‘sha payt bizga hammasiga hujjat qilib berishganku, kadastr qilib berishganku, qanday nohaq bo‘lamiz, degan savoliga hokim:

“Bilmadim. Uni ham yopishtirivoraman, hammasini yopishtiraman”, - deydi.

Hokim sud qaroriga yozilgan apellyatsiyani ham kutmasligini, baribir omborni buzdirib yuborishini aytadi.

Voqea joyiga yetib kelgan “Poytug‘ sement savdo” MChJ yuristi Azizbek Qoraxo‘jaev hokimga uning bu xatti-harakati prezident chiqargan qarorga zid ekanligini aytganda, hokim:

“Men prezidentning komandasidagi odamman”, - deydi.

Videoda hokimning baqir-chaqiri bilan qurilish kiyimidagi odamlar ombor tepasiga chiqib, shiferlarni ko‘chira boshlagani aks etgan.

“Poytug‘ sement savdo” MChJ ko‘chmas mulk kadastr hujjatlari
“Poytug‘ sement savdo” MChJ ko‘chmas mulk kadastr hujjatlari

"Ombor va do‘kon qonuniy qurilgan!"

“Poytug‘ sement savdo” MChJ rahbari Zubayr Sultonovning aytishicha, u ombor va omborning tarkibida bo‘lgan qurilish mollari do‘konini 2009 yilda tuman hokimining qarori asosida qurgan edi:

- 2009 yilda temiryo‘l yoqasida bo‘lgani uchun, temiryo‘l idorasidan ruxsat olib kelganmiz. Keyin hokim qaror chiqarib bergan. Ko‘chmas mulk sifatida kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan. Hammasi qonuniy bo‘lgan. Lekin, tumanimizga kelgan yangi hokim Serobiddin Ismoilov buzdirishga tushdi. Shunisi qiziqki, xuddi meni omborimdek termiryo‘l yoqasida bo‘lgan boshqa do‘konlarni buzdirmayapti. Iqtisodiy sud ham hokim tomonini olib qaror chiqardi. Lekin hali apellyatsiya muddatimiz tugamasidan ijroga kirishib ketdi.

“Poytug‘ sement savdo” MChJ haqida hokim qarori
“Poytug‘ sement savdo” MChJ haqida hokim qarori

"Hokim sud qarori kuchga kirmasdan buzishga kirishdi"

“Poytug‘ sement savdo” MChJ yuristi Azizbek Qoraxo‘jaevning aytishicha, hokim prezidentning tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash haqidagi qarorini pisand ham qilmayapti:

- Birinchidan, O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 10 oktabrdagi 33/36 qarori bilan temiryo‘lning muhofaza zonasiga tushgan ob’ektlar ko‘chirilganda, ular joy bilan ta’minlanishi va qurilgan ob’ektlarga kompensatsiya to‘lanishi nazarda tutilgan. Lekin hokim bu qarorni nazar-pisand qilmayapti. Gap shundaki, bu yer o‘zboshimchalik bilan qurilgan emas, balki qaror asosida qurilgan. Hokim bu omborni buzdirishdan oldin, qarorga ko‘ra, hokim teng miqdorda yer ajratishi va buzilgan ob’ekt uchun kompensatsiya to‘lashi shart edi. Hozir omborning ichida ming tonnadan ortiq sement turibdi, bu 15 vagon degani. Buni tadbirkor qaerga olib chiqib ketadi, avval yerni bersin, tadbirkor yangi omborini qursin, keyin marhamat, buzaversin.

“Poytug‘ sement savdo” MChJ qurilish mollari omborining buzilishi
“Poytug‘ sement savdo” MChJ qurilish mollari omborining buzilishi

Ikkinchidan, shu yil 29 yanvarda Izboskan tumanlararo Iqtisodiy sudida bu masala ko‘rildi. Prokuror o‘zboshimchalik bilan qurgan degan da’vo kiritgan, sud esa buzish haqida qaror chiqargan. Qonun bo‘yicha bu qaror bir oydan so‘ng kuchga kiradi. Ijro hujjatini ham ko‘rganimiz yo‘q. Lekin, hokim o‘zboshimchalik bilan buzdirishga kirishdi. O‘zim javob beraman, nohaq bo‘lsam o‘zim to‘layman, deyapti. Biz apellyatsiya arizasini tayyorlab qo‘yganmiz, shu kunlarda topshirmoqchimiz. Bundan tashqari Ma’muriy sudga qonun qarorini haqiqiy emas deb topish haqida ariza ham tayorlaganmiz. Uni ham topshiramiz, -dedi huquqshunos Azizbek Qoraxo‘jaev.

“Poytug‘ sement savdo” MChJ qurilish mollari omborining buzilishi
“Poytug‘ sement savdo” MChJ qurilish mollari omborining buzilishi

Hokim gaplashishdan bosh tortdi

Ozodlik Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov bilan bog‘lanib, uning bu voqealarga munosabatini olmoqchi bo‘ldi.

Hokim telefonda Ozodlik muxbiri bilan gaplashayotganini eshitganidan so‘ng, aloqani uzib qo‘ydi va u bilan bog‘lanishning boshqa iloji bo‘lmadi.

“Пойтуғ цемент савдо” МЧЖ қурилиш моллари омборининг бузилиши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:32 0:00

"Prezident siyosatiga qarshi hokim"

Tadbirkor Zubayr Sultonovning aytishicha,omborxona tomini qo‘porish ishlari 14 fevralda boshlanib, 15 fevral kuni ham davom etgan. Maydalab yog‘ayotgan yomg‘ir omborxona ichidagi bir yarim ming tonnadan ortiq sementni yaroqsiz holga keltirmoqda:

- Prezidentimiz tadbirkorni qo‘llab-quvvatla deb turganlarida, hokim tadbirkorlarni qaqshatmoqda. Biz o‘n yildan buyon tadbirkorlik qilamiz, 15 odamni ish bilan ta’minlaganmiz, hamma soliqlarni o‘z vaqtida to‘laymiz. Davlatdan 500 million so‘m kredit olib, do‘kon va omborxonani tuman hokimi qarori asosida qurganmiz. Hech qanday o‘zboshimchalik yo‘q, bu erda. Mayli yer hokimga kerak bo‘lsa, boshqa joydan teng yer bersin, tovon puli to‘lasin. Men prezidentning komandasidanman deydi. Lekin, prezidentga qarshi ish qilib, tadbirkorlarni norozi qilyapti.

XS
SM
MD
LG