Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2019, Тошкент вақти: 06:33

Surxondaryoda o‘qituvchi 5-sinf o‘quvchisining qo‘lini tayoq bilan urib sindirdi


5-sinf o‘quvchisi A.I.

Surxondaryo viloyat, Denov tumani 74-umumta’lim maktabining geografiya o‘qituvchisi A. E. 18 fevral kuni dars paytida 5-sinf o‘quvchisi A. I.ning qo‘lini tayoq bilan urib sindirdi.

Qo‘li singan bolaning onasi rasmiylar bu ishni bosti-bosti qilishga urinayotganini iddao qildi.

Bola o‘qiyotgan maktab direktori o‘quvchini urgan o‘qituvchi 19 fevral kuni o‘z arizasiga binoan ishdan bo‘shab ketganini bildirdi.

Denov tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri​ning Ozodlikka aytishicha, tuman prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha tergovoldi surishtiruvi o‘tkazmoqda.

Сурхондарёда ўқитувчи ўқувчининг қўлини таёқ билан уриб синдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:23 0:00
Бевосита линк

Denov tumanidagi 74- rus tiliga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi, 11 yashar A. I.ning qo‘lini geografiya o‘qituvchisi A. E. tayoq bilan urib sindirgani haqida bolaning onasi Maqsuda Niyozova Ozodlikka shikoyat qildi:

- 18 fevral kuni bolamni maktabga olib borib qo‘ydim. Hech qancha vaqt o‘tmay u ishxonamga yig‘lab kirib keldi. O‘qituvchisi qo‘liga tayoq bilan urgan ekan. Bola sinf rahbariga aytsa, u hech narsa qilmaydi, chora ko‘ramiz deb ikkinchi soat darsga kirgizib yuborgan. Og‘riq kuchayganidan so‘ng bola yana sinf rahbariga aytsa, keyin javob berib yuborgan. Bolam ko‘chaga chiqib taksi to‘xtataman desa, o‘sha urgan o‘qituvchi uni taksiga o‘tirgani qo‘ymagan, qaytarib maktabga sudrab olib kirmoqchi bo‘lgan. Lekin bolam, undan qutulib chiqib, yomg‘irda piyoda shalabbo bo‘lib oldimga kirib keldi.

​Maqsuda Niyozova o‘sha zahoti maktabga yetib borganini aytadi:

- Borib o‘qituvchiga qani o‘sha urgan tayog‘ingizni menga ko‘rsating desam, menga bir ingichka lineykani ko‘rsatyapti. Keyin xalq ta’limiga bordim, u yerdan menga Chori aka degan odamni qo‘shib berishdi. Chori aka maktabga kelib, bolamning sinfdoshlaridan so‘radi. 9 nafar bola o‘rnidan turib, meni shapaloqlab urdi, meni sochimdan yuldi, meni yuzimga tupirdi, deb ko‘rsatma berdi. Chori aka bolalardan qanday dars o‘tadi, deb so‘radi. Bolalar o‘qituvchi rus tilini umuman bilmasligini, darsni o‘lda-jo‘lda o‘tishini aytib berishdi.

5-sinf o‘quvchisi A.I. singan qo‘li haqida doktor xulosasi
5-sinf o‘quvchisi A.I. singan qo‘li haqida doktor xulosasi

​O‘quvchi A. I. maktabda sodir bo‘lgan voqeani shunday tasvirladi:

- O‘qituvchi tashqariga chiqib ketgan edi. Men orqaroqda o‘tirgan edim. Bir payt sinfga kirib keldi-da, oldinda o‘tirgan o‘quvchilarni o‘tirgan joyida tayoq bilan birma-bir urib ketdi. Men yozib o‘tirgan edim, zarb bilan tirsagimga urdi. Ko‘zimdan o‘t chiqib ketdi. Sinf rahbarimdan javob olganimdan keyin ko‘chaga chiqib, taksi to‘xtatayotganimda orqamdan yetib kelib, ota-onangga aytmagin, maktabni bitirguningcha geografiyadan senga besh qo‘yib beraman, deb meni maktabga sudradi. Men arang qo‘lidan qochib qutilib, onamning oldiga ketdim.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:28 0:00
Бевосита линк

5-sinf o‘quvchisi A.I. singan qo‘li haqida doktor xulosasi
5-sinf o‘quvchisi A.I. singan qo‘li haqida doktor xulosasi

​Maqsuda Niyozovaning aytishicha, o‘sha kuni kechasi bilan o‘g‘lining qo‘li og‘rib chiqqan va ertalab shifokorga murojaat qilishgan:

- Bolani travmotologga olib borib, rentgen qildirdik. Tirsagining suyagi yorilib, ham sinib, bitta suyakchasi uchib ketgan. Qo‘lini gips qilib qo‘yishdi. Keyin do‘xtir militsiyaga xabar berdi. Qarang, voqea 18 kuni bo‘lgan, uchastka inspektori meni 21 fevral kuni chaqiryapti. Men yo‘llanma bermasam, ekspertiza qilmaydi, deyapti. Bering axir o‘sha yo‘llanmani dedim. Keyin berdi, ekspertiza qildi, natijasi ertaga chiqarkan.

Maktab direktori Ruqiya Hakimova Ozodlik bilan suhbatda, bu o‘qituvchi ustidan ota-onalar avval ham shikoyat qilganini, o‘qituvchi 19 fevral kuni o‘z arizasiga binoan ishdan bo‘shab ketganini aytdi:

- O‘qituvchiga chora ko‘rildi, haqiqatan ham u noto‘g‘ri harakat qilgan, oldin ogohlantirgan va vigovor ham bergan edim. Men uning bu harakatini oqlamayman, o‘qituvchi hozir ishlamayapti, jazosini oldi.

Denov tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Erkin Ahrorov o‘qituvchining bundan keyin ta’lim tizimida ishlash-ishlamasligi tergov surishtiruvlaridan keyin ma’lum bo‘lishini Ozodlikka aytdi:

- O‘sha kundan boshlab o‘qituvchi darslardan chetlatilgan. Bolaning qo‘li ekspertiza qilingan. Tergovoldi harakatlari prokuratura tomonidan olib borilyapti. O‘shaning natijasiga qarab unga qonuniy chora ko‘riladi. Albatta, o‘qituvchi bolani nafaqat urishi, balki haqorat qilishi ham mumkin emas. Men buni qoralayman.

Mazkur holat bo‘yicha tergovoldi harakatlari olib borayotgan Denov tumani prokuraturasi mulozimi Inomjon Fozilov Ozodlik savolini eshitishi bilanoq aloqani uzib qo‘ydi.

O‘quvchining onasi 20 fevral kuni o‘qituvchiga qonuniy chora ko‘rish haqida tuman prokuraturasiga ariza yozgan.

O‘qituvchi A. E.ning telefoni o‘chirilgani bois, u bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.

XS
SM
MD
LG