Линклар

Шошилинч хабар
07 май 2021, Тошкент вақти: 11:22

"Shahrisabzda shahar markazidan majburan ko‘chirtirilgan 1600 xonadon o‘z holiga tashlab qo‘yildi"


Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri markazidan bundan besh yil muqaddam majburan qishloq hududiga ko‘chirilgan 1600 xonadonning o‘z holiga tashlab qo‘yilgani, hokimlik bergan va’dasini bajarmayotgani haqida, shahrisabzlik Ahmad Abdullaev OzodMikrofonga arz qildi.

“Qishloqqa suv, gaz tortib beramiz, ko‘chalaringni asfalt qilamiz, maktab qurib beramiz deb va’da bergan hokimlik o‘z va’dasining bir qismini ham bajarmadi. Bolalarimiz har kuni taksida shahar maktablariga qatnashga majbur bo‘lmoqda, suv yo‘q, kachalkalar suvi iste’molga yaramaydi, bolalarning yuzlarida oq dog‘lar paydo bo‘lmoqda, ko‘chalar o‘ydim-chuqur, loy. Axir biz shahar markazidagi yaxshi uylarimizni tashlab chiqqanmiz. Aniqrog‘i majburan ko‘chirtirilganmiz. Hokimiyat ham kaptarxona bo‘lib qoldi, bir hokim ketadi, boshqasi keladi”, deydi Ahmad Abdullaev.

"Шаҳрисабзда шаҳар марказидан мажбуран кўчиртирилган 1600 хонадон ўз ҳолига ташлаб қўйилди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:27 0:00
Бевосита линк

********************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG