Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:25

O‘n kundan beri yuzlab yuk mashinasi Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tkazilmayapti (VIDEO)


Joriy oyi boshidan beri o‘zbek-qozoq chegarasining Qozog‘iston tomonida yuk ortilgan yuzlab fura O‘zbekiston hududiga o‘tish uchun navbat kutmoqda.

Ozodlik gaplashgan yuk tashuvchi haydovchilarga ko‘ra¸ Rossiyadan oziq-ovqat yuklangan furalar o‘tkazilib¸ nooziq-ovqat mahsulotlari ortilgan yuk mashinalari qariyb o‘n kundan beri O‘zbekistonga kiritilmayapti.

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi¸ yuk mashinalarining O‘zbekistonga kirishi bilan muammo yo‘qligini bildirdi. Qozog‘iston tomoni esa¸ chegaradan o‘tib-qaytishning to‘xtamagani¸ ammo kompyuter tizimida yuz bergan muammo sabab sustlashgani¸ 11 martga kelib vaziyatning normal izga qayta boshlaganini bildirdi.

Qariyb o‘n kundan beri furachilar mashinada yashamoqda

Ozodlikka murojaat qilgan o‘zbekistonliklar¸ o‘zlarini "xususiy shirkatlarning Qozog‘istondan sotib olgan qurilish materillarini tashuvchi haydovchilar", deb tanishtirdi.

11 mart kuni Ozodlik bilan gaplashgan haydovchilar¸ ayni shu kuni o‘zbek-qozoq chegarasidagi “Qazigurt”(Mayskiy) bojxona postida qariyb 300 ta yuk mashinasi O‘zbekistonga o‘tish uchun navbat kutayotganini bildirdi.

Shaxsan men¸ 5 mart kuni chegaraga kelgan bo‘lsam¸ hali ham navbatim kelmadi. Olti kechadan beri mashinada ovqat qilib¸ mashinada uxlab yuribmiz. Bitta tualet bor edi¸ uniyam pullik qilib qo‘ydi. Odamlar it yotish bilan navbat kutayapti. Nimaga o‘tkazmayotgani haqida na ochiq ma’lumot¸ na bir rasmiy bildiruv bor. Nima bo‘layapti¸ qachon ochadi¸ bilmaymiz”¸ deydi Ozodlik gaplashgan o‘zbekistonlik haydovchilardan biri.

O‘zbekistonlik haydovchilar¸ chegarada paydo bo‘lgan yuk mashinalari tiqinini videotasvirga olib¸ Ozodlikka taqdim etdi. Bu tasvirlarda yuzlab yuk mashinasining yo‘l chekkasida turib qolgani ko‘riladi.

Ўзбек-қозоқ чегарасида юзлаб юк машинаси Ўзбекистонга ўта олмай навбат кутмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:34 0:00

Ozodlik suhbatdoshlari¸ navbatda turgan yuk mashinalarining kamida 70 foizining davlat raqami O‘zbekistonniki ekani va Rossiyadan kelayotgan yuk mashinalariga imtiyoz borligini qo‘shimcha qildilar.

Rossiyadan kelayotgan xolodilnik-mashinalar “eksport olib kelayapti”¸ deb o‘tkazilayapti. Lekin orasida taxta ortgan mashinalar ham o‘tayapti. Aynan Qozog‘istondan yuk olib kelayotganlar turipti navbat kutib. Ikki yildan beri shu ishni qilamiz¸ bunaqasi birinchi marta bo‘layapti. Shu yil yanvarda ikki sutka navbat kutganmiz¸ bu shu paytgacha eng uzoq navbatda turish bo‘lgan edi”¸ dedi Ozodlikka ismini ochiqlamasdan gapirishni ma’qul topgan yuk mashinasi haydovchilaridan biri.

"Muammo Qozog‘iston tomonda"

Ozodlik o‘zbek-qozoq chegarasining nafaqat “Qazigurt” chegara-o‘tkazish posti¸ balki boshqa punktlarida ham keyingi kunlarda paydo bo‘lgan uzun navbatlar haqida izoh so‘rab O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi¸ shuningdek Qozog‘iston Chegara xizmatiga murojaat qildi.

O‘zbekiston tomoni¸ mamlakatga Qozog‘iston chegarasidan yuk mashinalarining kirishi bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘qligi¸ xususan¸ keyingi kunlarda chegaradan o‘tib-qaytishga oid qonun-qoidalarda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini bildirdi.

Qozog‘iston Chegara xizmatining Ozodlik gaplashgan rasmiylari O‘zbekiston bilan chegara postlarida o‘tib-qaytish bilan muammo borligidan "bexabarlik"larini bildirdi.

Qozog‘istonning “Qazigurt” bojxona postining o‘zini tanishtirmagan rasmiysi¸ navbatlarning paydo bo‘lishiga¸ “kompyuter tizimida yuz bergan sboy (uzilish) sabab bo‘lganini bildirdi¸ ammo bu uzilish mohiyatiga oid tafsilotlarni ma’lum qilmadi.

Unga ko‘ra¸ 10 martdan boshlab vaziyat normallashishga o‘tgan va hozirda O‘zbekistonga yuk mashinalarining o‘tishi davom etmoqda.

Janubiy Qozog‘iston Bojxona qo‘mitasi 2017 yilning birinchi choragi bo‘yicha bergan hisobotida¸ O‘zbekiston bilan o‘tib-qaytishning 2017 yildan keskin ko‘paygani va shu bois¸ chegara punktlarining o‘tkazish imkonlari ham kengaytirilganini bildirgan edi.

2017 yilning birinchi uch oy ichida o‘zbek-qozoq chegarasidan 2 million odamning kesib o‘tganini bildirgan boshqarma rahbari¸ chegarada besh yo‘lkali o‘tkazish ishga tushirilishini e’lon qilgan edi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra¸ Janubiy Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan sarhadida oltita bojxona posti bor va ular beshtasidan yengil va yuk mashinalarini o‘tkazish qariyb to‘xtovsiz amalga oshiriladi.

XS
SM
MD
LG