Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2019, Тошкент вақти: 03:31

Qurultoy: "Nursulton Nazarboev prezidentlikdan hokimiyatda qolish uchun ketdi”


Nursulton Nazarboev

"Nursulton Nazarboev prezidentlikdan hokimiyatda qolish uchun ketdi”, degan gapni Ozodlikning Qurultoy eshittirishida siyosatshunos Rafael Sattorov aytdi. Uning fikricha¸ Milliy xavfsizlik kengashi raisi va "Nur-Otan" partiyasi rahbari lavozimlari va “Elboshi” rutbasini saqlab qolgan Nazarboev Qozog‘istonning asosiy rahbari bo‘lib qolishda davom etmoqda.

Eshittirishda qatnashgan yana bir siyosatshunos Baxodir Fayz “Nazarboevning ketishini ijobiy va tarixiy voqea” deb baholadi.

«Нурсултон Назарбоев ҳокимиятда қолиш учун президентликдан кетди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:50:51 0:00

Qozog‘iston vatandoshi va siësiy faol Kamoliddin Yo‘ldoshning fikricha¸ ”Nazarboevning ketishi iqtidor uchun ham¸ muxolifat va xalq uchun ham yaxshi qadam” bo‘ldi.

Eshittirishda qatnashgan Ozodlik radiosi qozoq xizmati boshlig‘i To‘raqul Do‘o‘rovga ko‘ra, Nursulton Nazarboev O‘zbekistonning 2016 yil olamdan o‘tgan rahbari Islom Karimov o‘limidan saboq chiqargan:

- 2016 yil sentabrida Samarqandda Islom Karimovning qabri ustida Qur’on tilovat qilgan Nazarboev safardan qaytgach, hukumatda jiddiy o‘zgarishlarni boshladi. Bosh vazir va xavfsizlik xizmati rahbarlarini o‘zgartirdi, qizi Darig‘a Nazarboevani Senatga tayinladi.

Qozog‘istonni 30 yil mobaynida boshqargan 79 yashar Nazarboev 19 mart kuni xalqqa qilgan jonli telemurojaatida iste’foga chiqqanini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG