Линклар

Шошилинч хабар
18 январ 2020, Тошкент вақти: 22:23

Manbalar: Musulmonlar idorasi raisi muovini iqtisodiy jinoyat figurantiga aylandi


Toshkentdagi Minor masjidi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Dilshod Hoshimov iqtisodiy jinoyat figurantiga aylangani ortidan 18 mart kuni vazifasidan ozod qilingani aytildi.

Dilshod Quddusovich Hoshimov MXXning (hozir DXX - davlat xavfsizlik xizmati) sobiq xodimidir.

Ozodlikda nusxasi bo‘lgan qarorda MXX zobiti Hoshimov 2015 yilda prezident Islom Karimov uni "Jasorat" medali bilan mukofotlagani yozilgan.

MXX zobiti Dilshod Hoshimov taqdirlangani haqidagi qaror
MXX zobiti Dilshod Hoshimov taqdirlangani haqidagi qaror

​O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatida ishlab kelgan Dilshod Hoshimov O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisining vaqf ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga 2018 yilning avgustida tayinlangan edi.

Ozodlikning O‘zbekiston Musulmonlari idorasida hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada ishlaydigan bir-biridan mustaqil ikki manbasiga ko‘ra¸ Dilshod Hoshimov "Vaqf" xayriya jamoat fondi mablag‘lari va ko‘chmas mulklari bilan bog‘liq jinoyat ishi figuranti sifatida qo‘lga olingan.

Manbalar Dilshod Hoshimovning talon-toroj va mansabni suiiste’mol qilganlikda ayblanib sudgacha hibsga olinganini aytmoqda.

Ayni paytda bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yoki inkori Ozodlikda yo‘q.

O‘zbekiston musulmonlar idorasining o‘zini "matbuot xizmati vakili", deb tanishtirgan xodimiga ko‘ra¸ “bunday ma’lumot xozircha yo‘q”.

Ayni idoraning ismini aytmagan mulozimi esa, Ozodlik muxbiri bilan muloqot chog‘ida “bu haqda dushanba kuni rasman e’lon qilishga kelishilgani haqida” bildirdi.

“Vaqf”ga o‘tgan tarixiy binolar qarovsiz qolgan

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi joriy oy boshida Xiva shahriga uyushtirgan press-turda "Vaqf" xayriya jamoat fondiga o‘tkazilgan obidalar talon-toroj qilingani va haroba holda ekanligiga” e’tibor qaratilgan edi.

Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ “Musulmonlar idorasi, xususan, "Vaqf" xayriya jamoat fondiga o‘tkazib berilgan ko‘chmas mulklar va ta’mir uchun ajratilgan katta mablag‘ bilan bog‘liq korruptsion sxemalar tekshirilmoqda”.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil, 16 apreldagi "Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Tashkilotga masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish uchun davlatdan katta mablag‘ ajratilgan.

“Vaqf” tashkilotining rahbari Iskandar Halilovdir. Ayni paytda tashkilot ustidan nazorat O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisining vaqf ishlari bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga yuklatilgan.

Nazoratning qaytishi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, “shu kunlarda yana bo‘shab qolgan” rais o‘rinbosari lavozimi 2018 yilning fevralidan to 2018 yil avgustigacha bo‘sh turgan.

Bu lavozimga 1999 yili tayinlangan Aydarbek Tulepov 2018 yil fevralda ishdan olinganida bu holat “diniy idora ustidan MXX nazorati tugaganiga isbot” sifatida talqin qilingan edi.

2018 yilning iyulida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga esa, oldin IIV tizimizda ishlagan (podpolkovnik - tahr.) Nuriymon Abulhasan muovin bo‘lib kelganidan keyin dindorlar ustidan oldingidek nazorat qaytarilgani kuzatildi.

XS
SM
MD
LG