Линклар

Шошилинч хабар
17 ноябр 2019, Тошкент вақти: 07:12

Akademiyada o‘qish uchun ham Toshkent propiskasi so‘rashyapti


Navoiy viloyatidan yuborilgan "OzodMaktub"da ichki ishlar xodimlaridan biri, IIV Akademiyasida o‘qish uchun adolatsizlik bo‘layotgani haqida yozgan. Maktub tahrirsiz chop etilmoqda.

"Ma’lumotim oliy. Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasida tashkil etilgan, kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirmoqchi edim.

Bu fakultetga 30 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, sog‘lom hamda sudlanmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. O‘zimning yashash joyim hisoblangan Navoiy viloyatidan o‘qishga kirish uchun hujjat topshirmoqchi edim, ammo Navoiy viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasidagi kadr xodimlari bu yil bizning viloyatdan o‘qishga kiruvchilarga kam o‘rin ajratilgani sababli hujjat qila olmasligimni aytishdi.

O‘zbekiston IIV Akademiyasi
O‘zbekiston IIV Akademiyasi

Shundan keyin men o‘qishga kirish uchun Toshkent shahar IIBB kadrlar bo‘limiga murojat qildim. Bu yerdagi kadrlar bo‘limi xodimlari menga rad javobini berishdi. Ularning aytishiga qaraganda, Toshkent shahri hisobidan o‘qishga topshirish uchun nomzod Toshkent shahrida doimiy yashash uchun ro‘yxatga qo‘yilgan bo‘lishi kerak ekan. Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turmagan fuqarolar esa ishga va o‘qishga kira olishmas ekan.

2018 yilda mening ikki nafar kursdosh do‘stim Toshkent shahri hisobidan o‘qishga kirgan edi, nega men bu yil o‘qishga topshira olmayman deb so‘rasam, ular oldingi yilda boshqa viloyatliklarga xam ruxsat berilgan edi, ammo bu yil ruxsat yo‘q ekanligini aytishdi. Ichki Ishlar Vazirligining qandaydir buyrug‘iga to‘g‘ri kelmas emish.

Endi meni o‘ylantirgan bir savolga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev uzining ko‘plab ma’ruzalarida Toshkent shahrida davlat organlariga ishga qabul qilishda fuqarolarning doimiy ro‘yxatda turishi shart emasligini ta’kidlab o‘tmoqda. Shundan keyin, darhaqiqat, ko‘plab davlat idoralariga ishga qabul qilishda Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turishi talab etilmay qo‘ydi.

Akademiyaga o‘qishga yuboriluvchilar ro‘yxati
Akademiyaga o‘qishga yuboriluvchilar ro‘yxati

Ko‘pgina boshqa viloyatlik shaxslar ham bemalol poytaxtda ishga joylashishmoqda. Ammo Ichki Ishlar Vazirligi tizimiga kiruvchi Toshkent shahar IIBBda o‘qishga va ishga kirishda doimiy ro‘yxat so‘ralmoqda. Bunday tartib hatto DXX, Bojxona, Prokuratura, Mudofaa Vazirlik tizimida yo‘q. Bu tizimlarga doimiy yashash joyidan qat’iy nazar ishga va o‘qishga qabul qilinib kelinmoqda.

Rasmiylar “Ichki Ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 29.11.2017 yildagi PK 3413 sonli Prezident qarorining 7 – bandiga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiskada bo‘lmagan shaxslar o‘qishga va ishga topshira olmaydilar,- deb aytishmokda

2018 yil 22 yanvar kuni Prezidentimiz Toshkent shaxrida doimiy propiskada bo‘lmagan shaxslar ham Toshkent shahrida ishlash va uy-joy sotib olishi mumkinligi to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Farmonga muvofiq propiskasiz fuqaroni ishga olgan ish beruvchini ma’muriy javobgarlikka tortish ma’suliyati bekor qilindi.

O‘z-o‘zidan, keyin chiqqan yuridik hujjat o‘zidan oldingi yuridik hujjatni inkor qilib turibdi. Ammo ichki ishlar kadrlar bo‘limi xodimlari bunga e’tibor xam berishmayapti.

Balki, bunga ularning aqli yetmayotgan bo‘lishi ham mumkin".

Ichki ishlar xodimi.

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasidir. Ozodlik bu mulohazalar uchun mas’ul emas.

XS
SM
MD
LG