Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:55

Shvetsiyadagi taniqli imom Obidxon Nazarov yana shifoxonaga tushdi


Shvetsiyadagi shifoxona, 31 mart, 2019 yil
Shvetsiyadagi shifoxona, 31 mart, 2019 yil

Shvetsiya bergan siyosiy boshpanada yashayotgan taniqli imom Obid qori Nazarov og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.

Oilasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, imomning o‘pkasiga infeksiya tushgan va shu kunda jonlantirish bo‘limida saqlanmoqda.

61 yashar Obid qori Nazarov 3 kun muqaddam og‘ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

"O‘pkasining bir tomoniga infeksiya tushibdi. Hozir reanimatsiyada yotibdi. Komaga tushgan emas, ammo reanimatsiya. To‘liq uxlatilgan holda bexush. Ammo bugun uyg‘otamiz, deyishyapti", dedi Ozodlik bilan muloqotda imomning o‘g‘li - Dovudxon Nazarov.

Asli o‘zbekistonlik imom Obidxon Nazarov 2012 yilda Shvetsiyadagi uyi yo‘lagida suiqasdga uchrab, 5 yil komada yotgan edi. 2017 yilning fevraliga kelib, imom komadan chiqqan va doimiy politsiya qo‘riqlovi ostida yashayotgan edi.

Obidxon Nazarov marhum prezident Islom Karimovning ashaddiy tanqidchisi bo‘lgan, ayni paytda, O‘zbekistonda taqiqlangan "Vahobbiylik" diniy oqimining yetakchisi sifatida ayblangan.

Shvetsiya tergovchilarining sudga taqdim qilgan ayblov xulosasiga ko‘ra, imomga nisbatan suiqasdni O‘zbekiston va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan Yuriy Jukovskiy amalga oshirgan.

2015 yilda Jukovskiy 18 yillik qamoq jazosiga hukm etildi. Ammo Obid qori oilasining shikoyati ortidan, 2016 yilda bo‘lib o‘tgan apellyatsiya sudida, bu jazo bir umrlik qamoq jazosiga o‘zgartirildi.

Hozir 61 yoshga kirgan asli namanganlik Obidxon qori Sobitxon o‘g‘li 1985-1990-yillari Toshkentdagi “Tillashayx” jome masjidida imom noibi, 1990-1996-yillarda esa “To‘xtaboy” jome masjidida imom-xatib sifatida faoliyat yuritgan.

Tarafdorlarining fikricha, u imomlik paytida haq so‘zni aytishdan tiyilmagan va o‘sha kezlardayoq rejimni ochiq, keskin tanqid qilgani uchun O‘zbekistonda tanilgan.

Rasmiy Toshkent esa imomni O‘zbekistonda "vahobiylik" oqiminining yetakchisi sifatida ayblab keladi. Nazarov 1990-yillarning o‘rtalaridan boshlab O‘zbekiston maxsus xizmatlari ta’qibi ostiga olingan. 1998 yilning bahorida esa O‘zbekistonni tark etgan.

2006 yil bahoriga qadar qochuvda yashagan imom 2006 yilning martida BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissarligi tomonidan qochqin, deb tan olingan va Shvetsiyadan siyosiy boshpana olgan edi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG