Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2019, Тошкент вақти: 09:08

Davlat xizmatlari agentligi Ozodlikda chiqqan xabarga yashin tezligida munosabat bildirdi


“Ozodlik radiosi” veb-nashri hamda uning ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi sahifalarida “Adliya vazirligidagi korrupsiya haqida xabar berganlar mukofotlanadi” nomli maqola e’lon qilingan edi. Unda Adliya vazirligi tomonidan korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan ishlar tahlili keltirilgan.

8 aprel kuni Davlat xizmatlari agentligi ushbu holat bo‘yicha o‘z munosabatini bildirib, quyidagi izohni Ozodlikka yubordi.

Quyida Agentlik izohi matnini to‘laligicha keltiramiz:

Maqolada gazeta.uz saytiga tayangan holda “Ammo, o‘tgan davrga oid hisobotda aytilishicha, vazirlik o‘tkazgan “sirli mijoz” reydlari davomida eng katta korrupsiya Davlat xizmatlari Agentligi va uning hududiy boshqarmalarida aniqlangan”, deya noto‘g‘ri talqin qilingan.

Avvalambor “korrupsiya” tushunchasiga aniqlik kiritsak.

O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga binoan, korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

Maqolada “eng katta korrupsiya Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalarida” deya baralla aytilmoqda. Ammo, maqolaga asos qilib olinayotgan o‘rganishlarning Agentlik va hududiy boshqarmalarida kuzatilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarga umuman daxli yo‘q. Sababi – asos bu Davlat xizmatlari markazlarida o‘tkazilgan “sirli mijoz” tadbirlari. Ya’ni Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari emas, Davlat xizmatlari markazlari xodimlari xatti-harakati o‘rganilgan.

Endi, “sirli mijoz” tadbirlari mohiyatiga to‘xtalib o‘tsak.

Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilganidan buyon o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari – fuqarolar va jamoatchilik oldida ochiq va shaffof siyosatni olib borish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, markazlar faoliyatini monitoring qilish, xodimlar malakasini baholashdan iborat.

Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun Agentlik tasarrufidagi Markazlarning o‘zida, shuningdek, elektron makonda muntazam ravishda so‘rovlar o‘tkazilib, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi kamchiliklarni aniqlashda “sirli mijoz” usulidagi jamoatchilik monitoringi ham olib borilmoqda. Ularning natijalari esa keng jamoatchilikka oshkor etilmoqda. Bu esa tashkilotimiz o‘z ustida tinmay ishlayotganligidan, kadrlar salohiyatiga katta e’tibor qaratayotganidan dalolat.

Bundan tashqari, “sirli mijoz” tadbirlarida nafaqat korrupsiya holatlarini oldini olish, balki yanvar oyida tasdiqlangan Davlat xizmatlari markazlari xodimlari fuqarolar bilan ishlash jarayonida belgilangan tamoyillarga, ichki tartib-intizomga amal qilishi, muomala madaniyati, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga professionallik bilan javob bera olishi ham o‘rganiladi.

Yuqorida aytib o‘tilganlarni inobatga olgan holda, “eng katta korrupsiya Davlat xizmatlari Agentligi va uning hududiy boshqarmalarida aniqlangan” deya talqin qilish qanchalik to‘g‘ri? Bizning aybimiz xodimlarimizni doimo nazorat qilib, xalqimizga ochiq bo‘lganimizdami? Yoki shaffoflikni ta’minlash maqsadida natijalarni jamoatchilikka taqdim etganimizdami?

“Fikr muallifi o‘z gaplarini “uchta og‘izdan o‘tgan ma’lumot” zaylida eshitsa quloqlariga ishonolmaydi”

Ya’ni, Agentlikdan vazirlikka, vazirlikdan gazeta.uzga, gazeta.uzdan “Ozodlik”ka yetib borgan ma’lumot asliga to‘g‘ri kelmasligi hayron bo‘lar holat emas, lekin buni to‘g‘rilash va xalqqa haqiqatni ayon qilish Siz-u bizning vazifamiz. Bizdan: ob’ektiv, tezkor va haqiqatga mos ma’lumot berish. Qolgani esa Sizdan.

Ozodlikdan: “Adliya vazirligidagi korrupsiya haqida xabar berganlar mukofotlanadi” sarlavhasi ostidagi batafsil xabarimiz Adliya vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan mana bu material asosida yozilgan.

XS
SM
MD
LG