Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:10

O‘qituvchi o‘quvchini urdi. Ozodlik surishtiruvi davomida ishdan ketish to‘g‘risida ariza yozdi (VIDEO)


Ўқитувчи ўқувчини урди. Озодлик суриштируви давомида ишдан кетиш тўғрисида ариза ёзди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:27 0:00

Ozodlikka kelgan videoda o‘qituvchi ayol dars payti o‘quvchi bolani urayotgani aks etgan.

Ozodlik ushbu videodagi voqea 11 aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 141-maktabning 9-sinfida sodir bo‘lganini aniqladi.

O‘quvchini urganini tan olgan o‘qituvchi Bibidona Mirzaeva uni haqorat qilgani uchun o‘quvchisini urishga majbur bo‘lganini aytdi.

Maktab direktori Anvar Akmalov o‘qituvchi va o‘quvchiga bilan tushuntirish ishlari olib borilganini bildirdi.

Maqola tayyor bo‘lishi arafasida ma’lum bo‘lishicha, Ozodlik surishtiruvlari boshlangach, 15 aprel kuni kechga yaqin Bibidona Mirzaeva o‘z xohishiga ko‘ra, ishdan ketish to‘g‘risida ariza yozgan.

Ўқитувчи ўқувчини урди. Озодлик суриштируви давомида ишдан кетиш тўғрисида ариза ёзди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:08 0:00
Бевосита линк

15 soniyalik video

Ozodlikka 12 aprel kuni yo‘llangan 15 soniyalik videoda sinf xonasida o‘quvchilar o‘tirgani, bir ayol orqa partada o‘tirgan o‘quvchi bolalardan birini urayotgani aks etgan.

Video boshida ayol “Sen nima deding? Gapir, nima deding”, deya o‘quvchining yuziga shapaloq tushiradi. Bola ayolning qo‘llarini qayirishga harakat qiladi va “Qo‘lingizni oling” deya qichqiradi. Ayol kuch bilan bolani siltab tashlaydi va partaga yotqizadi. Partaga nimaningdir qattiq urilgani eshitiladi, bolaning yonida o‘tirgan o‘quvchi o‘rnidan turib ketadi, ayol qo‘liga nimadir oladi. Video shu joyida tugaydi.

Aftidan, sinfdagi o‘quvchilardan biri tomonidan yashirincha olingan videoda voqeaning boshi va oxiri tasvirga tushmagan.

Voqea 141-maktabda sodir bo‘lgan

Ozodlik 15 aprel kuni o‘tkazgan surishtiruvlari natijasida videodagi voqea Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 141-maktabda 11 aprel kuni sodir bo‘lganini aniqladi.

Voqea geometriya darsi payti sodir bo‘lgan.

Videodagi kaltak yegan o‘quvchi shu maktabning 9- sinfida o‘qiydigan bola bo‘lib, uni urgan ayol - algebra va geometriya fani o‘qituvchisi Bibidona Mirzaeva ekani aniqlandi.

O‘qituvchi tan oldi

22 yildan buyon o‘qituvchilik qilayotgan Bibidona Mirzaeva Ozodlik bilan suhbatda videodagi ayol o‘zi ekanligini tan oldi.

Mirzaeva o‘quvchisi darsda to‘polon qilib, uni haqorat qilgani uchun kuch qo‘llashga majbur bo‘lganini aytdi.

- Men uncha-munchaga bolalar bilan hech qachon "sen-men"ga borgan odam emasman, necha yillardan beri maktabda ishlayotgan bo‘lsam. Birinchi soat algebrada nazorat ishi yozdirdim. Ikkinchi soatiga geometriya bo‘lgan. 27 ta o‘quvchi bo‘lsa, boshqa o‘quvchilar o‘tirib, nazorat ishi yozayapti. Bu bolaga gap tushuntira olmadim. “Nazorat yozmayman” dedi. Qo‘li gipsda edi u bolaning. Yozsa bo‘ladigan qo‘li. Lekin o‘sha gipsli qo‘li bilan bolalarga halaqit berib, orqasidan mushtlab, o‘tirdi. Na “jim bo‘l” degan gapga tushunadi. “Nima vazifa berganman”, deb so‘rasam, “Nima ishingiz bor” deb gap qaytarib asabimga tegib o‘tirdi. “Ota-onang senga bergan shuncha tarbiyasi hayf senga” dedim. Shunaqa desam, menga “poshyol....” deb, haqoratli gap gapirdi. O‘g‘il bolalarning so‘kishidan qilib, so‘kdi. U bolani silkilab, tortib, anaqa qildim, qilgan ishim shu, - dedi Bibidona Mirzaeva.

Mirzaevaning aytishicha, o‘sha kuni darsdan so‘ng o‘quvchi bilan bo‘lgan voqea haqida maktab rahbariyatiga xabar bergan.

- Srazu men direktorning oldiga chiqdim. “Bu bolaning ota-onasini chaqirtiraylik deb”. Kuratori bilan ham gaplashdik,- dedi Bibidona Mirzaeva.

"Tushuntirish o‘tkazdik"

Maktabga ikki oydan beri rahbarlik qilayotgan Anvar Akmalovning aytishicha, o‘quvchi va o‘qituvchi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

- Ikki o‘rtada tushunmovchilik bo‘lgan. Bola o‘qiituvchining gapini boshqacha tushunib, hamma o‘quvchilarning oldida o‘qituvchini so‘kib yuborgan. Ya’ni o‘quvchi o‘qituvchining shaxsiyatiga tegadigan gap qilgan, so‘kkan. Tushuntirish ishlarini olib bordim. Bu bolaga tushuntirdim. Keyin adasiga telefon qildim. Lekin adasi shu paytgacha kelmadi. O‘qituvchi bilan ham gaplashdim. Yig‘ilish qilib yana tushuntirish ishlarini olib boraman. Agarda kim nohaq bo‘ladigan bo‘lsa, biri-biridan kechirim so‘raydi, bunaqa narsa boshqa takrorlanmaydi, Xudo xohlasa, - dedi Anvar Akmalov.

Ishdan bo‘shash arizasi

Maqola tayyor bo‘lishi arafasida ma’lum bo‘lishicha, Ozodlik surishtiruvlari boshlangach, 15 aprel kuni kechqurun Bibidona Mirzaeva o‘z xohishiga ko‘ra, ishdan ketish to‘g‘risida ariza yozgan. Hozircha bu arizaning keyingi taqdiri Ozodlikka ma’lum emas.

Odatda bu kabi holatlarda o‘qituvchiga xayfsan berilgani yoki ishdan bo‘shatishgacha borilgan holatlari kuzatilgan. Ammo, bunday chora ko‘rilishidan oldin Xalq ta’limi boshqarmasi maxsus komissiyasi vaziyatni o‘rganishi va xulosa berishi lozim.

Agar o‘qituvchiga nisbatan ish ochilsa, unda qonunchilik doirasida yanada og‘ir chora - o‘qituvchilikdan ma’lum yoki doimiy muddatga chetlatish chorasi qo‘llanishi hamda JKda ko‘zda tutilgan tartibda jazo berilishi mumkin.

Maktablarda zo‘ravonlikka qarshi chora

Bir oy muqaddam Xalq ta’limi vazirligi maktablarda zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan loyihani amalga sinala boshlaganini bildirgandi.

Vazirlik rasmiy saytida aytilishicha, “Maktablarda zo‘ravonlikni oldini olish va ijobiy psixologiyani o‘qitish metodikasi”, deb nomlangan loyiha shu yilning fevralida boshlangan va iyulga qadar davom etadi.

Unda asosiy e’tibor o‘quv dargohida ijobiy psixologik muhitni shakllantirish, xususan, o‘quvchilar o‘rtasida bullingning oldini olishga qaratilishi, shu bilan birga, loyihaning "o‘qituvchilarga ham stress va ishdan “sovish” holatlarining oldini olishda yordam berishi" aytilgan.

Aytilishicha, bu loyiha 2019-2020 yillarda amalga oshiriladi va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan o‘quv materiallari O‘zbekiston sharoiti va qonunchiligiga moslashtiriladi. Loyihada yevropalik mutaxassislar ham ishtirok etishi aytilgan.​

XS
SM
MD
LG