Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2025, Тошкент вақти: 17:17

Tashqi migratsiya agentligining sobiq rahbarlari ustidan sud boshlandi


Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining boshlig‘i Ravshan Ibragimov
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining boshlig‘i Ravshan Ibragimov

Oliy sudning 15 aprelda ma’lum qilishicha, agentlikning sobiq boshlig‘i Ravshan Ibragimov, uning sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Nazarov va agentlikning moslashtirish va o‘qitish markazining sobiq direktori O. Mahmudovga nisbatan jarayon jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida o‘tkazilmoqda.

Ozodlik radiosi 2018 yilning noyabr oyida agentlik rahbarlari katta miqdorda pora olganlikda ayblanib qo‘lga olinganini xabar bergan edi.

Ozodlik manbalari 14-20 noyabr kunlari Migratsiya agentligining 20 ga yaqin rasmiysi Koreyaga ishga ketayotganlardan 20 million dollar pora olganlikda gumonlanayotganini aytgan edilar.

Mazkur xabarni oradan bir necha kun o‘tgach, Bosh prokuratura tasdiqlagan.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, agentlikning sobiq rahbarlari pora olish, pora berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, kompyuter axborotlaridan qonunga xilof ravishda ruxsatsiz foydalanishda ayblanmoqda.

Ozodlik bu mavzu bo‘yicha 2018 yilning 28 noyabrida quyidagi maqolani e’lon qilgan edi:

Migratsiya agentligida qamoqqa olishlar davom etmoqda. Koreyaga ketishni kutayotgan 3000 kishi kuyib qolishi mumkin

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Ozodlikka shaxsi sir qolishni so‘rab ma’lumot bergan mulozimlariga ko‘ra¸ 27 noyabr kuni vazirlik qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida qamoqqa olishlar davom etgan.

Ozodlik suhbatdoshlarining aytishicha¸ agentlik rahbarlarining Koreyaga ishga ketish uchun ariza topshirgan minglab odamdan 20 million AQSh dollaridan ko‘proq pora olganlikda gumonlanib hibsga olinishi ortidan¸ agentlik faoliyati falaj bo‘lib qolgan.

Oqibatda¸ Koreyaga ishga ketish uchun uch bosqichdagi sinovlardan o‘tib¸ rasmiy ro‘yxatga kiritilgan 3000 dan ko‘proq o‘zbekistonlikning yil oxiriga qadar ketish-ketmasligi savol ostida qolgan.

Bandlik vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiylari bilan 27-28 noyabr kungi bog‘lanish urinishlari natijasiz qolgani bois¸ bu ma’lumotga rasmiy munosabat olishning imkoni bo‘lmadi.

Ayni paytda¸ 28 noyabr kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Tashqi migratsiya agentligi rahbar va mulozimlarining hibsga olingani haqida Ozodlik 26 noyabr kuni tarqatgan xabarni tasdiqladi¸ ammo tergov siri yuzasidan¸ ularning aynan qaysi jinoyatlarda gumonlanayotganini ochiqlamadi.

Qama-qama davom etmoqda...

Ozodlik bilan bir-biridan mustaqil tarzda gaplashgan Bandlik vazirligining shaxsi ochiqlanishini istamagan ikki mulozimi¸ 27 noyabr kuni yangi hibsga olishlar bo‘lganini xabar qildi.

Bugun soat 12 da Migratsiyadagi beshta bo‘lim boshlig‘ini olib ketishdi¸ ular ishxonasida prokuratura tintuv o‘tkazdi”¸ deb xabar qildi 27 noyabr kuni vazirlik rasmiylaridan biri.

Bugun o‘quv markazidan yana bittasini – D. S.ni olib ketishganini aniq bilaman. Bu ishni prokuratura DXX bilan birga qilayapti. Ushlanganlar Gvardeyskiy ko‘chasida so‘roq qilinayapti. Hozircha qo‘yib yuborilganlari kam¸ chunki hali olingan pora miqdori¸ yetkazilgan zarar aniq hisoblab chiqilmagan”¸ dedi voqea tafsilotlariga yaqin yana bir Toshkent mulozimi.

Ozodlik muxbiri gaplashgan hukumatga yaqin uchinchi manba¸ qo‘lga olinganlardan katta miqdordagi porani davlatga qaytarish talab etilaëtgani¸ ba’zi ushlanganlar aytilgan mablag‘ni to‘lash uchun o‘z hovli-joyini sotaëtganini bildirdi.

“TEST CENTER BAHO” va agentlik juftligi

Ozodlik gaplashgan Bandlik vazirligining joriy va sobiq mulozimlari¸ ayni kunlarda tergov qilinaëtgan “Koreya ishi” doirasida "Kompleks test markazi" va uning ta’sischisi bo‘lgan “TEST CENTER BAHO” MChJsi faoliyati ham ko‘rib chiqilayotganini iddao qildi.

Janubiy vokzal yonida katta test o‘tkazadigan joylari bor. Uchreditel firmaning nomi “Baho test”. Bu firma "Kompleks test markazi"ning ta’sischisi. Koreyaga ketuvchilar birinchi bosqich testdan o‘tish uchun aynan shu yerga boradi. Bu monopolist shirkat - bu yerda juda katta pul aylangan. Koreyaga boraman degan hamma birinchi shularning testidan o‘tishi kerak¸ bo‘lmasa¸ agentlik databazasiga kiritilmaydi. Testdan o‘tsa-o‘tmasa 87 ming to‘lovni qilish shart. Bu pullarning aniq uchyoti hech qaerda yo‘q”¸ dedi Koreyaga ishga yuborish jarayoni tafsilotlaridan yaxshi xabardor sobiq mulozim.

Testga kirish uchun har bir odamdan olingan 87 ming so‘mning qaysidir qismi qayd etilmasligi barobarida¸ Ozodlik gaplashgan jarayonga aloqador mulozimlar iddaosicha¸ Koreya mehnat agentligi vakillari tomonidan o‘tkaziladigan ikkinchi bosqich testga kirish imkonini beradigan jeton olish uchun ham alohida pora joriy etilgan.

Bular (agentlikdagilar - tahr.) jeton olishniyam maxsus sxema bilan korrupsiyaga aylantirgan. Bitta jeton narxi 1000$ gacha yetgan. Bu - jeton olishga navbatga kirish uchun to‘lanadigan pora. Butun respublika bo‘yicha 250 ming odam bularga pul to‘lagan. To‘lovlar rasmiy emas¸ hech qaerda ko‘rsatilmaydi. Testdan o‘tkazish qiyin. Shuning uchun ham tinchgina bexavotir jetondan pul qilishgan. Ovoza bo‘lish riski ham kam. Bular oldindan juda ko‘pchilikdan olib qo‘ygan jeton uchun”¸ deydi Ozodlik suhbatdoshlaridan biri.

28-29 noyabr kunlari ochiq manbalardan “TEST CENTER BAHO” degan shirkat borligini topishning imkoni bo‘lmadi. Mahalliy matbuot xabarlarida¸ 2017 yil noyabridan Koreyaga ketuvchilardan test sinovlarini yangi tashkil etilgan “Kompleks test markazi” qabul qilishi aytilgan.

“Kompleks test markazi” saytida uning ta’sischilari va boshqaruvchilari kimligiga oid ma’lumot yo‘qligi bois¸ Ozodlik bu iddaoni tekshirish imkoniga ega bo‘lmadi. Saytda berilgan telefon raqamlariga 28 noyabr kuni bu ma’lumotni tekshirish maqsadida qilingan surunkali qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermadi.

(Ozodlik bu test markazi vakillarining mazkur iddaolarga oid javobini e’lon qilishga tayyor.)

Migratsiya agentligidagi korrupsiya mojarosi Koreyaga ketuvchilarni yo‘ldan qoldirishi mumkin

Ozodlik Tashqi migratsiya agentligi rahbarlarining hibsga olingani haqida xabar tarqatgani ortidan bu voqeaning Koreyaga ketish uchun so‘nggi ruxsatnomalarni kutib turgan minglab odamga ta’siri qanday bo‘lishiga oid savollar kelmoqda.

Bandlik vazirligining Ozodlik bilan shaxsi sir qolish sharti bilan gaplashgan mulozimlariga ko‘ra¸ O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq¸ uch bosqichlik sinovlardan o‘tgan jami 5000 nafar o‘zbekistonlik 2018 yil oxirigacha ishga jo‘nab ketishi kerak bo‘lgan.

2018 yil davomida hozirgacha 2000 ga yaqin o‘zbekistonlik Janubiy Koreyaga ish vizasi bilan jo‘nab ketgan. Qolganini har-xil bahonalar bilan yil oxirigacha cho‘zib kelishgan. Vazirlikda vujudga kelgan egasizlik¸ parokandalik oqibatida. Pul yig‘ish maqsadini ko‘zlab. Vaqtida fuqarolarni jo‘natish choralari ko‘rilmagan. Yil tugashiga bir oy qolganda¸ agentlik rahbarlari qamalayapti va qolgan 3000 odamning ketish-ketmasligi savol ostida qolayapti”¸ dedi vazirlik mulozimi 28 noyabr kuni.

Koreyaga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazi boshlig‘i turmada ”pulga o‘tkazdim ishchilarni” deb ko‘rsatma beribdi. Endi bular testdan o‘tkazgan¸ tayyorlagan bolalarni qayta imtihonga qo‘yadi¸ deyishayapti. Ya’ni¸ pora berib¸ testdan o‘tganlarning test natijasi bekor bo‘lib¸ boshqadan test o‘tkazishlari mumkin. Hamma yoq ostin-ustun¸ aniq gapni birov bilmaydi. Lekin 2018 yil kvotasidan 3000 o‘rinning kuyish ehtimoli juda katta”¸ dedi bu mulozim.

28 noyabr kuni Ozodlik gaplashgan Tashqi migratsiya agentligining hududiy boshqarmalari rasmiylari ham barcha tegishli sinov va imtihonlardan o‘tib¸ Koreyaga ketishni kutib turgan minglab odamning ketish-ketmasligiga oid savolga javob bera olmasliklarini bildirdilar.

"Bu jarayonga bizning aloqamiz yo‘q - buni Toshkent hal qiladi"¸ dedi bir qator viloyat migratsiya boshqarmalari xodimlari 28 noyabr kuni.

XS
SM
MD
LG