Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2021, Тошкент вақти: 04:11

Orenburgda odam skeleti va uning yonidan o‘zbek vatandoshining pasporti topildi


Orenburg oblastining Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga yaqin Akbulak qishlog‘idan topilgan odam skeleti.

Orenburg oblastidagi (Rossiya Federatsiyasi) Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga yaqin Akbulak qishlog‘ida odam skeleti topildi.

Kimniki ekanligi noma’lum skelet yonidan bir juft rezina etik, qo‘lqop va 22 yoshli Sardor Norboev nomiga berilgan o‘zbek fuqarosining pasporti va qo‘l telefoni ham topilgan.

Bu holat o‘zbek fuqarosi bu yil qishda Qozog‘istondan Rossiyaga noqonuniy o‘tayotib muzlab qolgan, degan taxminlarni o‘rtaga chiqardi.

Lekin antropologiya sohasi mutaxassisining Ozodlikka aytishicha, jasad qoldiqlari holati fotosuratidan uni uch oy oldin o‘lgan odamniki deb bo‘lmaydi.

Orenburg viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mulozimi Akbulak qishlog‘ida topilgan odam qoldiqlari DNK analizi asosida o‘rganilayotganini Ozodlikka bildirdi.

Orenburg viloyatining Akbulak qishlog‘i Qozog‘istonning shimoliy-g‘arbidagi Jaysen chegara maskanidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan.

O‘tgan hafta shu qishloq aholisi vakillari odam skeletini topishdi va suratlarini ijtimoiy tarmoqda e’lon qilishdi.

Kimniki ekanligi noma’lum skelet yonidan bir juft rezina etik, qo‘lqop va 22 yoshli Sardor Norboev nomiga berilgan o‘zbek fuqarosining pasporti va qo‘l telefoni ham topilgan.
Kimniki ekanligi noma’lum skelet yonidan bir juft rezina etik, qo‘lqop va 22 yoshli Sardor Norboev nomiga berilgan o‘zbek fuqarosining pasporti va qo‘l telefoni ham topilgan.

Jasad qoldiqlari holatidan odam o‘limidan oldin rezina etik va qishki kiyimda bo‘lganini anglash mumkin.

Skelet yonidan 22 yoshli o‘zbek vatandoshi Sardor Norboevning pasporti va qo‘l telefoni ham topilgan.

Orenburgda topilgan skeletning aynan Sardor Norboevga tegishli ekani hozircha ma’lum emas.
Orenburgda topilgan skeletning aynan Sardor Norboevga tegishli ekani hozircha ma’lum emas.

Pasportga qaralsa uning egasi Norboev Qozog‘istonga 23 yanvar kuni "yer usti yo‘li orqali kirgani" va shu kuni Qozog‘istondan chiqqanini tasdiqlovchi Qozog‘iston chegara xizmati muhrlarini ko‘rish mumkin.

Skelet yonidan topilgan pasportga qaralsa uning egasi Sardor Norboev Qozog‘istonga 23 yanvar kuni yer usti yo‘li orqali kirgan va shu kuni Qozog‘istondan chiqqan.
Skelet yonidan topilgan pasportga qaralsa uning egasi Sardor Norboev Qozog‘istonga 23 yanvar kuni yer usti yo‘li orqali kirgan va shu kuni Qozog‘istondan chiqqan.

O‘zbekistonning Navoiy viloyatidan bo‘lgan 22 yoshli Sardor Norboevning shu yil yanvar oyida Qozog‘iston va Rossiya orasidagi chegara hududida bedarak yo‘qolganini uning tanishlaridan biri tasdiqladi.

- Sardor yanvar oyi oxirlarida aynan shu hududda yo‘qolgan edi. Oxirgi marta u bizga 23 yanvar kuni aloqaga chiqib, yaqin fursatda Jeysanda bo‘laman, deb aytgandi. O‘shandan beri u bilan bog‘lana olmaganmiz. Hozir Orenburgda topilgan skelet shuniki bo‘lsa kerak, deb taxmin qilyapmiz, - dedi marhumning do‘sti - ismi ochiqlanmasligini so‘ragan yigit.

Yanvar oyi oxirlarida tanishlari ijtimoiy tarmoqlar orqali 1996 yilda tug‘ilgan Norboev Sardor Muzaffarovich yo‘qolganini e’lon qilishgandi.

Sardorni uning yaqinlari yanvar oyidan beri qidirishayotgandi.
Sardorni uning yaqinlari yanvar oyidan beri qidirishayotgandi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Rossiyaga ishlash uchun 18 yanvarda yo‘lga chiqqan Sardor Norboev bedarak yo‘qolgani haqida uning onasidan ma’lumot tushganini 19 aprel kuni Ozodlikka bildirdi.

"O‘zbekistonning Navoiy viloyatidan bo‘lgan Norboev 2019 yil 18 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketib, bedarak yo‘qolgani haqida uning onasi Salomova Raima Azamovna shu yilning 26 fevral kuni Navoiy shahar prokuraturasiga ma’lum qilgan. Norboev ohirgi marta joriy yilning 23 yanvar kuni telefon orqali Qozog‘iston hududida ekanligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng, oila a’zolariga umuman qo‘ng‘iroq qilmagan", - deyiladi Bosh prokuratura bildiruvida.

Ayni paytda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bedarak ketgan o‘zbek vatandoshi haqida o‘z liniyasi bo‘yicha mazkur voqeaga aloqador mamlakatlarga rasmiy so‘rov yuborgan.

- Javob bo‘lishi bilan xabar beramiz, - deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati bildiruvida.

22 yoshli Sardor Norboev shu yil yanvar oyida Qozog‘iston-Rossiya chegarasidagi hududda bedarak yo‘qolgan edi.
22 yoshli Sardor Norboev shu yil yanvar oyida Qozog‘iston-Rossiya chegarasidagi hududda bedarak yo‘qolgan edi.

Joriy yil yanvarь va fevralь oylarida Qozog‘iston shimoli va Rossiyaning Qozog‘istonga tutash ayrim mitaqalarida anomal sovuq qayd etildi.

Mazkur hududda havo harorati tunda - 40 darajagacha tushgani ma’lum.

Lekin, antropologiya sohasi mutaxassisining Ozodlikka aytishicha, jasad qoldiqlari holatidan uning uch oy oldin o‘lgan odamniki deb bo‘lmaydi.

​Ayni paytda Orenburg viloyatining Akbulak qishlog‘ida topilgan odam qoldiqlarini viloyat Ichki ishlar boshqarmasi DNK analizi asosida o‘rganmoqda.

- Hozir tekshiryapmiz, natijalari ma’lum emas, - dedi Orenburg IIBsi matbuot xizmati vakili 19 aprel kuni Ozodlik muxbiriga.

Qozog‘iston va Rossiyaga ish izlagani avtobus yoki mashinalarda yo‘lga chiqqan o‘zbek muhojirlari yo‘lda muzlab qolishi har yili qishda bo‘ladigan hodisalardan sanaladi.

Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar esa yo‘lda sovuq qotib qolishdan qo‘rqmay Rossiya chegarasini aylanma yo‘llar orqali piyoda kesib o‘tishadi.

XS
SM
MD
LG