Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:18

SpaceX shirkatining Crew Dragon kosmik kemasi sinovi davomida nosozlik kuzatildi


Crew Dragon
Crew Dragon

O‘tgan hafta Florida shtatidagi Kanaveral burnida amerikalik astronavtlarni joriy yil fazoga olib chiqishi kutilayotgan Crew Dragon kapsulasida nosozlik kuzatildi. Bu haqda AQSh fazo agentligi -NASA bildirdi.

Ushbu holat yuzasidan SpaceX shirkati matbuot kotibi e’lon qilgan bildiruvda:

- Bugun ertaroq SpaceX Florida shtatidagi Kanaveral burnida joylashgan 1-sonli qo‘nish zonasida Crew Dragon kemasida qator dvigatel sinovini o‘tkazdi. Dastlabki sinovlar muvaffaqiyatli o‘tdi, ammo yakuniy sinov test anomaliya bilan tugadi, deyiladi.

Florida Today saytida e’lon qilingan suratda sinov o‘tkazilgan joydan tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin. Sinov davomida portlash sodir bo‘lgani haqida mish-mish tarqar ekan, na SpaceX, na NASA hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

NASA direktori Braydenstayn Twitterda hodisani “anomaliya” deya ta’riflash bilan cheklandi.

“Aynan shu sabab sinov o‘tkazamiz. O‘rganamiz, kerakli o‘zgarishlarini kiritamiz, xavfsizlikni kuchaytirib¸ davom etamiz”, deya qo‘shimcha qildi direktor.

Crew Dragon kemasi mart oyida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan edi. Kosmik kema avtopilot bilan uchib, Xalqaro fazo stansiyasiga (XFS) besh kunga ulanib, so‘ngra muvaffaqiyatli ravishda Yerga qaytdi. NASA ushbu parvozni katta yutuq o‘laroq baholadi. Sinov ortidan yil yakunigacha Crew Dragon bortida fazoga astronavt chiqarish umidi paydo bo‘ldi.

Kapsulaga sakkizta raketa dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, ular kemada muammo chiqadigan bo‘lsa, astronavtlarni eson-omon Yerga qaytarishga qodir.

NASA SpaceX shirkatining Crew Dragon hamda Boeing shirkatining Starliner kapsulalari yordamida XFSga astronavt yuborishga umid bog‘lagan. 2011 yildan beri fazogirlar XFSga faqat Rossiyaning “Soyuz” raketalari bortida chiqarib kelinadi. NASA o‘zining Space Shuttle dasturini 2011 yilda to‘xtatib qo‘ygan.

SpaceX shirkatiga 2002 yilda tadbirkor Ilon Mask asos solgan.

XS
SM
MD
LG