Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2019, Тошкент вақти: 15:21

Zangiota koloniyasida podpolkovnik o‘z xonasida osilgan holda topildi


Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining Toshkent viloyati manzil koloniyasi Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili podpolkovnik Asomxo‘ja Abrorov 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi o‘z kabinetida arqon bilan osilgan holatda topildi.

Bu haqda Ozodlikka Zangiota tumanidagi manzil koloniyasining tezkor xodimi ma’lum qildi.

Bu xabarni tasdiqlagan Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligining Ozodlik suhbatlashgan vakillariga ko‘ra¸ podpolkovnik Asomxo‘ja Abrorov “suitsidal ruhiy tushkunlik simptomi bois o‘z joniga qasd qilgan”

Qamoqxona xodimi Asomxo‘ja Abrorovning suitsidga moyil bo‘lgani haqidagi tibbiy xulosa Ozodlikda yo‘q.

Marhum yaqinlarining Ozodlikka aytishicha, podpolkovnik Asomxo‘ja Abrorovning jasadi patolo-anatomik tekshiruv ortidan 28 aprel kuni oilasiga berilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga ko‘ra, hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

"Tushkunlik" va "Ruhiy bosim"

Asomxo‘ja Abrorov yaqinlaridan birining Ozodlikka aytishicha¸ jasadni bergan jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi xodimlari uning "tushkunlik bois" o‘zini osganini aytganlar.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ marhum podpolkovnik bundan bir oy oldin Toshkent viloyati Ohangaron shahri IIB boshlig‘ining 1- o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinib, Zangiotadagi qamoqxonaga ishga o‘tkazilganidan norozi bo‘lgan.

Ozodlik bilan suhbatlashgan manzil koloniyasining tezkor xodimi esa “ish jarayonidagi ortiqcha zo‘riqish va ruhiy bosim oqibatida” Asomxo‘ja Abrorov ruhiy depressiyaga tushganiga ishonadi:

- Nagruzka katta. Zeklar bilan ishlash odamni toliqtiradi. Qonunga ko‘ra¸ O‘zbekistonda ish kuni - 8 soat. Shanba-bozor dam olish kerak. Ammo biz kuniga 18 soatdan dam olishsiz ishlayapmiz¸ - deydi suhbatdosh.

O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi xodimlar bo‘limi vakili ham Ozodlik bilan suhbatda "shaxsiy tarkib zobitlarining zo‘riqish bilan ishlayotganligini" tan oldi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi “mazkur hodisa yuzasidan tekshiruv” borayotganligini Ozodlikka ma’lum qildi.

Xudkushlik vasvasasi

O‘zbekistonda huquq-tartibot organlari xodimlarining o‘z joniga qasd qilgani haqida Ozodlik qator maqolalar e’lon qilgan.

2015 yilning dekabr oyida Andijon viloyati Baliqchi tumanining Chinobod shaharchasida militsiya xodimi o‘zini osgan edi.

O‘sha yilning o‘zida Samarqand viloyati Nurobod tumani IIB huquqbuzarlikning oldini olish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 30 yashar Ulug‘bek Mamarahimov o‘z joniga qasd qilgandi.

Bundan oldin Toshkentning Chilonzor tumani ichki ishlar bo‘limining 29 yoshli kapitani Sarvar Hamidov ish joyida to‘pponchasidan o‘zini otgani haqda Ozodlik xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG