Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:31

Ruxsat berilmaganiga qaramay, Toshkentda "O‘lmas polk" tadbiri o‘tkazildi (VIDEO)


Rossiyada tashkillashtirilgan va keyingi yillarda boshqa mamlakatlarda ham ommalashib borayotgan "O‘lmas polk" xotira tadbiri 9 may kuni Toshkentda ham o‘tkazildi.
Rossiyada tashkillashtirilgan va keyingi yillarda boshqa mamlakatlarda ham ommalashib borayotgan "O‘lmas polk" xotira tadbiri 9 may kuni Toshkentda ham o‘tkazildi.

Rossiyada tashkillashtirilgan va keyingi yillarda boshqa mamlakatlarda ham ommalashib borayotgan "O‘lmas polk" xotira tadbiri 9 may kuni Toshkentda ham o‘tkazildi. Shahar hokimiyati bu aksiyaning o‘tkazilishiga ruxsat bermagan esa-da¸ yuzlab odam ko‘ksida "Georgiy lentalari", ayrimlar urush davri harbiy kiyimlarini kiyib Toshkentdagi “Birodarlik qabristoni”da to‘plandi.

Ayni paytda bir guruh o‘zbek ziyolilari Rossiya elchixonasi va “Rossotrudnichesto” o‘tkazgan “O‘lmas polk” aksiyasiga muqobil tarzda sovet tuzumi qatag‘oni qurbonlari suratlarini ko‘tarib “Birodarlik qabristonida”aksiya uyushtirdi.

Toshkentdagi "Birodarlik qabristoni"da o‘tkazilgan "O‘lmas polk" tadbirida qancha odam ishtirok etgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Ammo tadbir tashkilotchilari rejalagan ko‘cha yurishi bo‘lmagan.

"O‘lmas polk" aksiyasi tashkilotchilari 9 may kuni Toshkentdagi "Birodarlik qabristoni"dan Mustaqillik maydonidagi Mangu olov monumentigacha yurishni amalga oshirishni rejalashtirishgan edi.

Yuzlab odam ko‘ksida "Georgiy lentalari", ayrimlar urush davri harbiy kiyimlarini kiyib Toshkentdagi “Birodarlik qabristoni”da to‘planishgan.
Yuzlab odam ko‘ksida "Georgiy lentalari", ayrimlar urush davri harbiy kiyimlarini kiyib Toshkentdagi “Birodarlik qabristoni”da to‘planishgan.

Tadbir tashkilotchisi hisoblangan “Rossotrudnichestvo” vakilining Ozodlikka aytishicha, “jamoatchilik tartibini buzmaslik va shaharda noqulayliklar vujudga keltirmaslik” uchun bunday yurishdan voz kechilgan.

Тошкентдаги Биродарлик қабристонидаги "Ўлмас полк" тадбири
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:00 0:00

9 may arafasida Toshkent shahar hokimligi “O‘lmas polk” aksiyasiga ruxsat bermaganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Adliya vazirligi esa ruxsatsiz yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud o‘tkazish tartibini buzish o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olinishiga sabab bo‘lishi mumkinligini eslatdi.

9 may O‘zbekistonda "Xotira va qadrlash" kuni sifatida nishonlanadi
9 may O‘zbekistonda "Xotira va qadrlash" kuni sifatida nishonlanadi

Samarqandda ham yuzlab odam ko‘ksida "Georgiy lentalari", ayrimlar urush davri harbiy kiyimlarini kiyib, Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilgan tadbirda qatnashdi.

Самарқандда Катюша куйланди, ҳайкал пойига гул қўйилди, ҳарбий техникалар намойиш қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:53 0:00

"Veteran" tashkiloti: Bizda "O‘lmas polk" yo‘q!

Toshkentdagi "Veteran" tashkiloti vakili O‘zbekistonda “O‘lmas polk” aksiyasi rasman o‘tkazilgan hisoblanmasligini aytdi.

- Bizda “O‘lmas polk” yo‘q. Rossiya elchixonasidan “O‘lmas polk” deb yozib chiqishibdi. “Birodarlik qabiristoni” ichida bo‘ldi bu. Gulchambar qo‘yildi. Buni o‘zbekistonliklar emas¸ Rossiya elchixonasi va “Rossotrudnichestvo” tashkiloti tashkillashtirgan. Yurish bo‘lgani yo‘q. Biz hozir "Motamsaro ona" haykali oldida xotira tadbirlarini o‘tkazayapmiz, urush faxriylariga sovg‘alar ulashayapmiz, - dedi "Veteran" tashkiloti vakili.

Ayni paytda bir guruh o‘zbek ziyolilari Rossiya elchixonasi va “Rossotrudnichesto” o‘tkazgan “O‘lmas polk” aksiyasiga muqobil tarzda sovet tuzumi qatag‘oni qurbonlari suratlarini ko‘tarib “Birodarlik qabristonida” aksiya uyushtirdi.

- Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon, Maryam Sultonmurodova, Usmon Nosir, Fayzulla Xo‘jaevlarni suratlarini ko‘tarib turdik. Bu kun biz uchun g‘alaba emas, xotira kuni ekanini eslatish uchun bu aksiyani o‘tkazdik, - deydi tadbir tashkilotchisi Jonuzoq Xalil.

"Birodarlik qabristoni"da sovet qatag‘oni qurbonlari ham eslandi.
"Birodarlik qabristoni"da sovet qatag‘oni qurbonlari ham eslandi.

SSSR zamonida G‘alaba kuni sifatida bayram qilingan 9 may O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Islom Karimov taklifi bilan Xotira va Qadrlash kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 9 may kuni Toshkentdagi "Motamsaro ona" haykali poyiga gul qo‘ydi.

​Bir necha yil avval O‘zbekistonda qora-zarg‘aldoq rangidagi Georgiy lentasi o‘rniga O‘zbekiston bayrog‘idagi moviy-oq-yashil rangdagi lenta taqish boshlandi.

O‘zbekistonlik ziyolilar Georgiy tasmasining Ikkinchi Jahon urushida nemis fashistlari ustidan qozonilgan g‘alaba emas, XIX asrda Markaziy Osiyoni bosib olgan Chor Rossiyasi bosqinchilari ramzi ekaniga e’tibor qaratdilar.

O‘zbekistonlik siyosatshunos Anvar Nazir fikricha, Georgiy lentasi bugungi kunda okkupatsiya timsoliga aylangan:

- Rossiya hukumati ataylab bu lentani sobiq sovet o‘lkalarida targ‘ib qilyapti. "O‘lmas polk" aksiyalari ham Rossiya siyosatini tiqishtirish maqsadida o‘tkazilayapti. Shuning uchun biz bugun "Birodarlik qabristoni"da Sovet qatag‘oni qurbonlarini eslab, o‘zimizni aksiyamizni o‘tkazdik, - deydi Anvar Nazir.

O‘zbekistondagi “Nuroniy” jamg‘armasining bildirishicha, bugungi kunda bu urushda ishtirok etgan o‘zbekistonliklardan 3 ming nafari yashamoqda.

Ikkinchi jahon urushi jangohlarida 1 million 400 ming o‘zbekistonlik jang qilgan. Ulardan 400 mingdan ko‘prog‘i halok bo‘lgan, 130 minggi bedarak yo‘qolgan.

XS
SM
MD
LG