Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:48

Qurilishga o‘zbek ishchilarini olib ketayotgan avtobus yonib ketdi (VIDEO)


Hodisa joyida olingan fotosurat
Hodisa joyida olingan fotosurat

Sankt-Peterburgning Primorskiy tumanida o‘zbek muhojirlarini ishga olib ketayotgan avtobus yonib, kul bo‘ldi. Shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi baxtli tasodif tufayli hech kim jarohat olmaganini xabar qildi.

O‘zbek ishchilari “Laxta Sentr” qurilishiga ularni olib borib kelayotgan “Renaissance Construction” shirkati avtobuslari texnik talablarga mutlaqo javob bermasligidan shikoyat qilmoqda.

Sankt-Peterburgning Primorskiy tumanida qurilayotgan hashamatli “Laxta Sentr” ko‘ptarmoqli kompleksiga ishchilarni tashiyotgan avtobus shanba, 25 may kuni yo‘lning o‘rtasida yonib ketdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Peterburg shahri boshqarmasi, Ozodlik so‘roviga javoban, avtobus ertalabki soat 7:00larda yonishni boshlagani, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmaganini bildirdi.

O‘t o‘chiruvchilarga ko‘ra, yong‘in avtobusning motoridan chiqib, avtobusning saloniga o‘tib ketgan.

Ishchilarni tashib ketayotgan avtobusda bo‘lgan o‘zbekistonlik muhojirlardan biri Ozodlikka hodisa tafsilotlari haqida bularni so‘zlab berdi:

- 25 may kuni tong saharda ishchilarni olib kelayotgan avtobus yondi. Yo‘lda odam-podami bilan yondi bu avtobus! Xudoga shukur, ulgurib qoldik hammamiz chiqib olishga. 50 tacha odam bor edi ichkarida. Hech kim zarar ko‘rmadi. Odamlar qo‘rqib, qotib qolishgan, bir-birimizni turtib tushdik.

Ammo avtobuslar eski, talablarga javob bermaydi. Yotoqxonadan shunaqa avtobuslarda olib keladi. Nachalniklarimizga yangi marshrutkalar, rabochiy o‘zbeklarga esa eski avtobuslar berilgan. GAI xodimlari ushlaganda texosmotrdan o‘tmagan mashinalar ekani aniqlandi. Bu birinchi marotaba emas – ikki-uch marta bo‘lgan oldin. Bunaqa avtobuslardan ko‘p, 30-40ta bo‘lsa kerak, deydi “Laxta Sentr” qurilishida ishlashini bildirgan Nodirbek.

Suhbatdosh Peterburgning Laxta-1 va Laxta-2 komplekslari qurilishiga asosan o‘zbek ishchilari jalb etilganini aytar ekan, qurib bitkazilgan Laxta-1da 15 mingtacha o‘zbekistonlik quruvchi ishlaganini aytadi:

- Hozir Laxta-2 kompleksida 4-5 ming odam ishlayapti. Qurilish egasi turklarning “Renessans” firmasi olib boryapti. Moskvada Moskva-Sitini qurgan bo‘lsa, Peterburgda “Laxta Sentr”ni quryapti. Ular bizni odam o‘rnida ko‘rmayapti. Bizlar ham odamku! Bizlarni dam olishsiz ishlatadi. 15 kunda bir bozor dam beradi. Ish bo‘lsa, o‘sha kuni ham ishga chiqaradi. Tinimsiz 8 dan kechki 7 gacha ishlatadi. Bizlar bilan ruslar ham ishlaydi, lekin ular 5 kun ishlashadi, 2 kun dam oladi.

Quruvchi yigit ishchilar tashilayotgan transport vositalari Sovet davridan qolgan ekanini ham qo‘shimcha qildi.

Ozodlik Radiosi “Laxta Sentr” markazida o‘zbek ishchilarini yollab ishlatayotgan “Renaissance”xalqaro qurilish kompaniyasiga yonib ketgan avtobus masalasida murojaat qildi.

Korxona matbuot xizmatining o‘zini Oksana deb tanishtirgan rahbari yonib ketgan avtobus “Renaissance Construction”ga tegishli emasligi, vaziyat ustidan tekshiruv ketayotganini ma’lum qildi.

- Men bu avtobus haqida bilaman. “Laxta Sentr” matbuot xizmatidan bizga qo‘ng‘iroq qilishgandi. Ammo bu avtobus “Renaissance Construction”ga tegishli ekani to‘g‘risida menda ma’lumot yo‘q. Biz so‘rov yubordik, tekshirilayapti ma’lumot. U yerda hech kim jarohat olmadi – muhimi shu.

Ayni damda, shaharning markazida yonib ketgan bu avtobus shaharliklar e’tiborini ham o‘ziga tortdi. “VKontakte” tarmog‘ida kuzatuvchilardan biri “Men o‘tgan kuni bu avtobusni ko‘rgan edim. U yurib ketayotgan paytda suv qaynab, otilib chiqayotgandi. Sovutish tizimi ishdan chiqqan, ko‘rinadi”, deb izoh qoldirdi.

“Renaissance Construction” xalqaro qurilish kompaniyasiga 1993 yilda Sankt-Peterburgda turk injeneri Erman Ilinjak tomonidan asos solingan. Dunyoning 100 ta eng yirik qurilish-pudrat tashkiloti qatoriga kiruvchi bu shirkat Turkiyaning ham eng yirik shirkatlaridandir. Asosan Rossiyada va dunyoning 10 dan ziyod boshqa mamlakatlarida kompaniya tarkibida 35 mingdan ziyod ishchi ishlab keladi. Rossiyadagi qurilishlarga asosiy qismi arzon ishchi kuchi sanalgan markaziy osiyolik, xususan, o‘zbekistonlik migrantlar jalb qilinishi ma’lum.

Ozodlik “Renaissance Construction” shirkati bilan bog‘liq boshqa muammoli vaziyatlar borasida oldin ham xabar bergan.

XS
SM
MD
LG