Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2019, Тошкент вақти: 02:51

Umradagi “gapi” uchun Abdulla Qurbonov litsenziyadan mahrum qilindi


O‘zbekistonlik qo‘shiqchi Abdulla Qurbonovning litsenziyasi "O‘zbekkonsert" davlat muassasasining 31 may kungi qarori asosida tugatildi.

Bu haqda Ozodlikka bildirgan Madaniyat vazirligi mulozimiga ko‘ra, xonanda “san’atkor odobiga rioya qilmagani va litsenziya shartlarida ko‘zda tutilgan talablarni bajarmaganligi bois” jazolangan.

Madaniyat vazirligi mulozimi “Abdulla Qurbonov mahalliychilikni targ‘ib qiluvchi va san’atkor odobiga to‘g‘ri kelmaydigan noo‘rin videorolikni ijtimoiy tarmoqlarda ketma-ket chiqargani uning litsenziyasini bekor qilishga asos bo‘lgan"ini aytarkan, yana bunday dedi:

- Qurbonov Abdulla Akbarovich nomiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 5706-son litsenziyaning amal qilishi 2019 yil 31 may kunidan tugatildi.

Madaniyat vazirligi mulozimining aytishicha, "Abdulla Qurbonov bilan Internetda bahsga kirishgan xonanda Jahongir Otajonovning litsenziya muddati tugagan va boshqa uzaytirmaslikka qaror berilgan".

Tarmoqdagi jang

Xonanda Abdulla Qurbonovning Umra safari paytida xonanda Jahongir Otajonovga murojaati aks etgan audio 27 may kuni tarmoqda tarqalgan edi.

“Toshkent yoqmayotgan bo‘lsa, borib Xorazmingda yasha, Xorazmda yasha, o‘sha Xorazmda. Ha, Toshkentni puli sani qutirtirivoribdi-ku, Jahon! To‘yga birinchidan kastim-shimda boriladi. Bu chyortga o‘xshab, ..., to‘g‘risini aytaman, ko‘ngliga kelmasin hech kimni-yu, buni to‘yxonaga kiyib borgan kiyimini boru, itimga kiygizmayman, itimga!” deydi tarmoqda tarqagan videoda Abdulla Qurbonov

Qurbonovning gaplari ostiga qoldirilgan izohlardan ma’lum bo‘lishicha, uning g‘azabga minishiga qo‘shiqchi Jahongir Otajonovning televizorda namoyish etilgan jonli ijro tanlovini ko‘rib, gapirgan fikrlari sabab bo‘lgan.

“Iltimos, jivoy ashula aytmanglar! Aytganman-ku sizlarga men eplolmaysizlar deb. O‘qish kerak buning uchun oldin. Xafa bo‘lmanglar, endi mayli”, deya kulgan edi “Xurshidnikida iftorda” o‘tirganini bildirgan Jahongir Otajonov.

So‘kong‘ich qo‘shiqchi

O‘tgan yilning iyunida “O‘zbekkonsert” rahbari Odiljon Abduqahhorov xonanda Abdulla Qurbonovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Million” jamoasini haqorat qiluvchi intervyusi uchun unga ogohlantirish berilganini aytgan edi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda Qurbonov tomoshalarida unga taqlid qiladigan “Million” jamoasini “Million basharalar” deb atagan edi.

Abdulla Qurbonov 2013 yilda o‘zbek militsionerlarining “onasi bilan prezidentning kabinetida jinsiy aloqa qilaman ”, deya so‘kkani aks etgan videotasvir Internet va qo‘l telefonlarida tarqatilgani ortidan ikki yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Kuyovto‘ra Abdulla

Abdullla Qurbonov 43 yoshda. Bir qiz, uch o‘g‘ilning otasi. 1987 yilda "Anori donayu dona” qo‘shig‘ini aytib, taniqli qo‘shiqchi Farrux Zokirovning nazariga tushgan.

Ana shundan keyin 1990 yilda Farrux Zokirov unga atab, “Kuyovto‘ra Abdulla” nomli qo‘shiqni ijro qilganidan keyin Abdulla Qurbonovning piligi ko‘tarilib, san’at olamida tanilgan edi.

Ozodlik bilan suhbatda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasida ishlayotgan qo‘shiqchi bor yo‘g‘i uch sinfni bitirgani¸ boshqa o‘qimaganini aytgan.

- Olloh yuqtirgan ashulachiman. O‘z vaqtida o‘qimagan bo‘lsam ham, ustozlardan o‘rganganman. Muhriddin Holiqov, Farrux Zokirovlarni ustoz, deb bilaman. Ulardan ko‘p narsani o‘rganganman¸- degan edi xonanda.

XS
SM
MD
LG