Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:39

Shavkat Mirziyoev: Sobiq rahbarlarning hammasi, u Abdullaev bo‘ladimi, boshqasimi, katta muddat bilan ketadi!


Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev

O‘zbekiston Senatining 20-yalpi majlisida chiqish qilgan prezident Shavkat Mirziyoev mamlakat sobiq bosh prokurori Otabek Murodovga nisbatan jinoyat ish ochilganini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoev sobiq bosh prokurorni poraxo‘rlikda aybladi.

Prezidentning 20 iyunь kungi farmoni bilan Otabek Murodov lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga yana bir farmon bilan Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror etib tayinlandi.

21 iyun kuni Yo‘ldoshev nomzodini Senat tasdig‘iga taqdim etgan Mirziyoev¸ mahalliy matbuotning yozishicha¸ butun prokuratura tizimini poraxo‘rlikda ayblagan.

Prezident, agar ayni tarzda ishlashda davom etsa, prokuratura tizimi vakolatlarini qisqartirishini bildirdi.

Shavkat Mirziyoev yangi bosh prokurorga prokuratura tizimini isloh qilish uchun olti oy muhlat berganini aytdi:

Bunaqa ketishda bo‘lsa, prokuratura tizimini mutlaqo qisqartirib yuboraman, ko‘proq vakolatni Adliya tizimiga beraman. Nig‘matilla Yo‘ldoshev olti oydan keyin kelib, nimani o‘zgartirganini aytishini, tizimni tozalashini, yaxshi takliflar berishini kutaman”, deb aytdi prezident Shavkat Mirziyoev.

"Murodovga ishonch bildirgandim"

Otabek Murodov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida gapirar ekan¸ Shavkat Mirziyoev sobiq bosh prokuror uning ishonchini oqlamaganini aytdi.

"Bu nima degan gap? Mansab bersa, darrov o‘zgarib qoladi. Viloyat prokurorlaridan 100 ming, 50 ming dollarlab olinadi. Prokuratura va soliq tizimidagilarning hammasi poraxo‘r. Men buni yaxshi bilaman. Men Murodovga ishonch bildirgandim," dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezident ustidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan rahbarlarning barchasi jazolanishini aytdi.

"Prokuraturada korruptsiya bo‘laveradigan bo‘lsa, men qanday qilib investorlarni jalb qilaman? Investor deputat yoki hukumat odamidan emas, tadbirkordan so‘raydi davlatdagi holat haqida. Tadbirkor nima deydi? Prokuror ham, vazir ham pul oladi deydi-da! Sobiq rahbarlarning hammasi, u Abdullaev bo‘ladimi boshqasimi, katta muddat bilan ketadi", dedi Shavkat Mirziyoev.

So‘nggi to‘rt yilda O‘zbekistonda to‘rtinchi marta O‘zbekiston bosh prokurori o‘zgardi.

2000 yil fevralidan O‘zbekiston bosh prokurori bo‘lgan Rashid Qodirov 2015 yilning aprelida lavozimini tark etdi va uning o‘rnini Ixtiyor Abdullaev egalladi.

Abdullaev 2017 yil yanvarida Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimini egallagach, uning o‘rnida Otabek Murodov ish boshladi.

Vazifasidan chetlatilgan barcha bosh prokurorlar ustidan jinoyat ishlari ochilgan.

XS
SM
MD
LG