Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2019, Тошкент вақти: 01:55

Atambaev eks-prezident maqomidan ajratildi, endi u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin


Almazbek Atambaev.

Qirg‘iziston parlamenti 27 iyun kuni o‘tgan sessiyada Almazbek Atambaevni eks-prezident maqomidan ajratdi. Mazkur qaror uchun deputatlarning 103 nafari ovoz berdi, olti deputat qarshi chiqdi.

Атамбаев экс-президент мақомидан ажратилди, энди у жиноий жавобгарликка тортилиши мумкин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:58 0:00

Parlament qarori Almazbek Atambaevni jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi.

Qaror qabul qilinishi oldidan parlamentda chiqish qilgan Bosh prokuror O‘tkurbek Jamshitov Atambaev prezidentlik davrida o‘z vakolatlaridan oshgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

-Noqonuniy yo‘l bilan topilgan mulklarni legallashtirish maqsadida Atambaev soxta shartnomalar asosida ularni boshqa odamlarga sotgan. Lekin, aslida, bu mulklar uning ixtiyorida qolgan. Buni isbotlovchi hujjatlar tergovda mavjud, - degan Bosh prokuror O‘tkurbek Jamshitov Atambaevni boshqa korrupsiyaviy jarayonlarga aralashganini ham alohida ta’kidladi.

Qirg‘iziston parlamenti maxsus komissiyasi 18 iyun kuni sobiq prezident Almazbek Atambaevni 6 ayblov bo‘yicha aybdor deb topgan va 20 iyunda parlament bu ayblovlar naqadar asosli ekanini o‘rganib chiqishni Bosh prokuraturaga topshirgan edi.

Parlament Atambaevni o‘z siyosatiga qarshi chiqqan faollar va jurnalistlarga bosim ko‘rsatganlikda va qator korrupsiyaviy harakatlarda gumonlamoqda.

25 iyun kuni Bosh prokuratura sobiq prezident Almazbek Atambaevga qo‘yilgan oltita ayblovdan beshtasini asosli deb topganini bildirgan.

Prokuraturaning mazkur qarori ortidan 26 iyun kuni Atambaev tarafdorlari uning Qo‘ytosh qishlog‘idagi uyiga yig‘ila boshladilar. 27 iyunda o‘tgan mitingda Atambaev tarafdorlari parlament qaroridan norozi ekanliklarni aytdilar:

-Ey, deputatlar, ko‘zingizni oching. Sizlar bugun tarix sahifasiga qora xarflar bilan yozildingiz,-dedi Atambaev tarafdorlaridan biri.

Bir necha oy oldin o‘zining muxolifatga o‘tganini e’lon qilgan Almazbek Atambaev o‘ziga bildirilgan ayblovlarni "absurd", deb atamoqda.

“Men avval bu spektaklda ishtirok etmayman, deb aytgan edim. Mas’uliyatdan qo‘rqmayman. Lekin tarix oldida Jeenbekov (amaldagi prezident-muharrir) amalga oshirayotgan qonunsizlikni qonuniylashtirib berishga haqim yo‘q. Hech qachon jinoyat ishlari mish-mishlar va iflos fantaziyalar asosida qurilishini o‘ylamagan ekanman. Bosh prokuror bu alahsirashni hozirjavoblik bilan bir kunda qonuniylashtirib beradi, deb o‘ylamagan ekanman”, deb bildirdi Atambaev 26 iyun kuni e’lon qilgan yozma bayonotida.

2018 yildan beri to shu kunga qadar Atambaev davrida hokimiyat tepasida bo‘lgan qator odamlar korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi. Ular orasida sobiq Bosh vazirlar Sapar Isakov va Janto‘ro‘ Satvaldiev, Bishkek shahrinig sobiq merlari, vazirlar hamda Atambaevga yaqin bo‘lgan boshqa shaxslar bor.

Almazbek Atambaevning eng ishonchli va yaqin odamlari korrupsiyada ayblanib qamoqqa olingani ortidan, jamiyatda sobiq prezidentni ham javobgarlikka tortish talabi yangray boshlagan.

XS
SM
MD
LG