Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:31

"Poytaxtbank" o‘nlab xodimi bilan mehnat shartnomasini bekor qilmoqda


O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan 2018 yil oktabr oyida Toshkentda tashkil etilgan “Poytaxtbank” qurilish sohasini rivojlantirish yo‘nalishida ishlaydi. 
O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan 2018 yil oktabr oyida Toshkentda tashkil etilgan “Poytaxtbank” qurilish sohasini rivojlantirish yo‘nalishida ishlaydi. 

Toshkentdagi “Poytaxtbank” tashkil topganiga olti oy to‘lmasdan o‘nlab xodimini ishdan bo‘shatmoqda. Bankning o‘ttizga yaqin xodimi mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida rasmiy ogohlantirish xatlari olgan.

Ogohlantirish xatida, "bank tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish" rejasiga muvofiq, xodimlar bilan imzolangan mehnat shartnomasi bank kuzatuv kengashining 4 iyun kungi qarori bilan ikki oydan keyin bekor qilinishi aytilgan.

Bankning o‘ttizga yaqin xodimi mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida rasmiy ogohlantirish xatlari olgan.
Bankning o‘ttizga yaqin xodimi mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida rasmiy ogohlantirish xatlari olgan.

Ishsiz qolayotgan bank xodimlari esa bank ma’muriyatini mehnat qonunchiligini buzishda ayblamoqdalar.

- Bizning huquqlarimizni poymol qilishayapti. Qo‘qqisdan o‘ttizga yaqin ishchini ko‘chaga haydayapti. Shuncha odam oilasini qanday boqadi endi?Kimdir oilasining yagona boquvchisi, yana kimdir bankdan kredit olib uy xarid qilgan. Men ham kredit olganman. Qaerdan pul topaman?, - deydi “Poytaxtbank” xodimlaridan biri.

Bankning Ozodlik bilan suhbatlashgan yana bir xodimi o‘zlariga biror boshqa ish taklif qilinmaganini aytadi.

- Bankni ochilganiga iyul oyida 6 oy bo‘ladi. Ishda biror xato qilganimiz yo‘q. Bo‘shatsin, lekin boshqa joy taklif qilamiz, deyishi kerak-ku. Mehnat birjasiga xat chiqarishi kerak edi, ishchalarimizni qisqartiryapmiz, deb. Bular tomdan tarasha tushgandek, 11 iyunda ish o‘rinlari qisqarishi haqida ogohlantirish xati berilyapti, - deydi bank xodimi.

Bank rahbari yordamchilaridan biri esa Ozodlikka bank tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish to‘g‘risidagi kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq ishchilar soni qisqartirilayotganini ma’lum qildi.

- Hech qanaqa qonun buzilishi bo‘layotgani yo‘q. Ikki oy oldin ogohlantirilyapti. Ishdan bo‘shash nafaqalari ham beriladi. Bundan tashqari boshqa ish topishiga sharoit berish uchun haftada bir kun otgul ham berilyapti, - dedi ismi ochiqlanmasligini istagan “Poytaxtbank” rahbari yordamchisi.

Ammo, suhbatdosh bankda qancha ishchi o‘rni qisqartirilishini ochiqlamadi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, yuzdan ziyod xodimiga ega "Poytaxtbank"da hozirga qadar o‘ttizdan ziyod ishchi ikki oydan keyin bo‘shashi haqida ogohlantirish xati olgan.

O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan 2018 yil oktabr oyida Toshkentda tashkil etilgan "Poytaxtbank" qurilish sohasini rivojlantirish yo‘nalishida ishlaydi.

Bank ipoteka, tashkilotlarga ko‘p qavatli uylarni qurish, Toshkentdagi uylar va binolarni ta’mirlash uchun qarz berish bilan shug‘ullanadi.

Toshkent shahar hokimiyati bank ta’sischisi hisoblanadi.

"Poytaxtbank"ning ustav kapitali 10 million yevro miqdorida belgilangan.

Bundan oldin O‘zbekistondagi “Mikrokreditbank” va "Kapitalbank" kabi yirik banklarda o‘nlab xodim ishdan bo‘shatilgan edi.

XS
SM
MD
LG