Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 07:13

Termizda ishsiz qolgan "damaschilar" hokimlik oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi (VIDEO)


Намойишчи: "Дамасларни тақиқлади. Бола-чақамиз оч қолмоқда!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:07 0:00

Termiz shaharida "Damas" avtomashinalari bilan yo‘lovchi tashish taqiqlanishi ortidan ishsiz qolgan yuzlab haydovchi 2 iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimligi oldida to‘plandi.

Termiz shaharida "Damas" avtomashinalari bilan yo‘lovchi tashish taqiqlanishi ortidan ishsiz qolgan yuzlab haydovchi 2 iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimligi oldida norozilikka to‘plandi.

Bir kun oldin shahar hokimining qarori kuchga kirgach yagona daromad manbaidan ajralib qolgan besh yuzdan ziyod "damaschi" viloyat hokimidan ish bilan taminlashni talab qildi.

Surxondaryo viloyati hokimligining Ozodlik gaplashgan rasmiylari "Damas" avtomashinalari bilan yo‘lovchi tashish taqiqlanishini shaharda yo‘l harakatini tartibga solish zarurati bilan izohladi.

Hokimlik mulozimi Termiz shahrida “Damas” lar o‘rniga Samarqandda ishlab chiqarilgan "Isuzu" avtobuslari liniyaga chiqarilishi, "Damas" haydovchilariga esa shahardan tashqarida yo‘lovchi tashish taklif qilinganini aytdi.

Surxondaryoning Termiz shahrida 1 iyuldan "Damas" avtomashinalari bilan yo‘lovchi tashishni taqiqlash va noqonuniy kirakashlarni murosasiz javobgarlikka tortish haqida"gi shahar hokimining qarori kuchga kirdi.

Ayni qarorga muvofiq “Damas” lar o‘rniga Samarqandda ishlab chiqarilgan "Isuzu" avtobuslari liniyaga chiqarildi.

Shu paytga qadar shaharda yo‘lovchilarni tashish¸ Ozodlik gaplashgan haydovchilarga ko‘ra¸ asosan¸ xususiy "Damas" mikroavtobuslarida amalga oshirib kelingan.

Termizlik 28 yoshli "Damas" haydovchisi Sharofiddin Mirzaev Ozodlik bilan suhbatda shahar hokimining qarori o‘zi kabi yuzlab haydovchini yagona daromad manbaidan mahrum qilganini aytadi.

- "Damas"larni yo‘qotayapti, bizga endi ish topib bersin. Shuncha odamni bola-chaqasi och qolayapti. Kuniga 50 ming so‘m "Damas" kirasiga, 60 ming so‘m uyushmaga to‘lab keldik. Yonimizga zo‘rg‘a 25-30 ming so‘m qolar edi. Hozir shu puldan ham mahrum bo‘ldik. Mingdan ziyod haydovchi ishsiz qolayapti, - deydi Mirzaev.

Termiz hokimligi xususiy "Damas" haydovchilariga shahardan tashqarida yo‘lovchi tashishni taklif qilgan.

Ammo haydovchilar hokimning bu taklifiga ko‘nmagan.

- Hokimlikdan chiqib "keldilaringmi maymunlar" deyapti. Shahar atrofiga chiqasizlar, bo‘lmasa toshlaringni teringlar, deyapti. Mingdan ziyod "damaschi"ni shahardan siqib chiqarishyapti, lekin shahar tashqarisida yo‘lovchi yo‘q. Kuniga 120 ming so‘m topshirishimiz kerak, bu pulni shahar tashqarisida topib bo‘lmaydi, - deydi Ahmad Qo‘ziev ismli 32 yoshli termizlik haydovchi.

"Damas"lar liniyadan olinganiga ayrim termizlik yo‘lovchilar ham norozi.

Ularning aytishicha, "Damas"larning yo‘llardan siqib chiqarilishi bilan shaharda yo‘lovchi tashish sohasida raqobat yo‘qolgan.

- Avtobuslar tiqilinch, vaqtida kelmayapti. "Damas"lar ketma-ket yurardi. Hozir bekatlarda avtobus kutish bilan vaqtimiz o‘tayapti, - deydi termizliklardan biri.

Ozodlik suhbatlashgan termizlik o‘qituvchiga ko‘ra, shahardagi "Damas"larda yo‘lkira arzonligi bilan ajralib turgan.

- Ishga "Damas"da qatnardim. Ham arzon, ham qulay. Yo‘lkirasi 1000 so‘m xolos. Shofyor istagan joyingizda to‘xtaydi, - deydi Termiz oliygohi o‘qituvchisi.

Shahar hokimligi rasmiylari esa shaharda "Damas"larda yo‘lovchi tashish taqiqlanganini yo‘l harakatini tartibga solish zarurati bilan izohlamoqda.

Ozodlik suhbatlashgan Termiz hokimligi rasmiysi "Damas"lar o‘rniga avtobuslarning yo‘nalishlarga chiqarilishi bilan yo‘llarda tartib o‘rnatilishi va xavfsizlikning yaxshilanishini aytadi.

- Avariyalar ko‘p bo‘lgan. Haydovchilarni ko‘pchiligi malakasiz, ayrim xollarda yosh bolalar yo‘lovchi tashishga o‘tib ketgan. Bundan tashqari ko‘pchiligini litsenziyasi yo‘q. Bugundan 50dan ziyod yangi "Isuzu" avtobuslari liniyaga chiqarilayapti, yo‘l haqi 500 so‘m, yil oxiriga borib ¸ular soni yana ko‘payadi, - dedi hokimlik rasmiysi.

Termiz shahar hokimligi rasmiy saytida keltirilishicha, "Damas” yo‘nalishli taksilarning tartibsiz qatnovi natijasida o‘tgan yili 32 ta, shu yilning 4 oyi davomida esa 11 ta transport hodisasi bo‘lgan, 17 nafar odam turli darajadagi tan jarohati olgan.

Bundan tashqari, rasmiylarga ko‘ra¸ mazkur yo‘nalishda faoliyat yurituvchi taksilarning 30 foizi litsenziyasiz faoliyat qilgani aniqlangan.

O‘zbekistonda ishsizlik va maoshlarning kamligi bois mashinasi borlarning kirakashlik bilan qo‘shimcha daromad topishi aytiladi.

Mashinasi yo‘qlar esa tirikchilik qilish uchun uni ijaraga olib odam tashiydi.

XS
SM
MD
LG