Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2019, Тошкент вақти: 08:26

Bosh prokuror 4 boshqarmaga yangi rahbarlarni tayinladi. Eskilari qaerga ketgani aytilmadi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Tilga olingan idora matbuot xizmatining xabar qilishicha, Bosh prokurori buyrug‘iga asosan Boytemirov Nodirbek Nu’manovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

N.Boytemirov 1973 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995 yilda Farg‘ona shahar prokuraturasining ish o‘rganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasi boshlig‘i, Xorazm viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni bo‘lim mudiri lavozimida ishlagan.

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan Nazarov Sodiqjon Raximovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Nazarov 1961 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1985 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1992 yilda Sirdaryo tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi sifatida boshlab, Sh.Rashidov, Xovos, Sardoba, Sayxunobod tumanlari prokurori, Bosh prokuratura va Sirdaryo viloyat prokuraturasining turli lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati prokuraturasi fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi prokurori lavozimida ishlagan.

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan Raximov Shavkatjon Jo‘raevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sh.Raximov 1968 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1996 yilda Norin tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan To‘raqo‘rg‘on tumani prokurori, Namangan viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i, Bosh prokuraturada boshqarma katta prokurori sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan Berdialiev Sodikjon Alijonovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Berdialiev 1976 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2000 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012 yili Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2000 yilda Andijon shahar prokuraturasi ish o‘rganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Andijon shahar prokurori, Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari, Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati o‘z xabarida yangi tayinlanganlar egallagan lavozimlarda shu paytgacha ishlab kelganlar haqida ma’lumot bermadi.

Ozodlik radiosi 2 iyul kuni Otabek Murodov 20 iyun kuni prezident farmoni bilan O‘zbekiston Bosh prokurori lavozimidan olingani ortidan tizimdagi o‘nlab yuqori lavozimli mulozim ishdan olingani,bu mulozimlarning ko‘pchiligi¸ guvoh yoki jinoyat ishi figuranti sifatida so‘roq qilinayotgani to‘g‘risida o‘z manbalariga tayanib xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG