Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:22

Yolg‘iz ona: Parkinson kasaliga chalingan bolam bilan uysiz-himoyasiz qoldim (VIDEO)


Dilbar To‘laganova
Dilbar To‘laganova

OzodMikrofonga murojaat qilgan 46 yashar Dilbar To‘laganova 14 yashar xasta bolasini yolg‘iz tarbiya qilishini bildirarkan, Toshkent shahar, Bektemir tumani, Suvsoz dahasidagi 29-sonli yotoqxonadan asossiz ravishda chiqarib yuborilayotgani to‘g‘risida arz qildi.

Dilbar To‘laganovaning aytishicha, u "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli "Quyuv-mexanika zavodi"da 11 yil ishlagan va doimiy boshpanasi bo‘lmagani uchun, shu zavodga qarashli yotoqxonada yashab kelgan.

To‘laganovaning da’vo qilishicha, bu yotoqxona shu kunda Toshkent shahar hokimiyati balansiga o‘tkazilishi ortidan yuzaga chiqqan chalkashlik natijasida xasta o‘g‘li bilan yagona boshpanasidan ayrilmoqda.

- Menga bu yotoqxonada yashash uchun order berilgan. Menga berilgan turar-joy - 11 va 12 metr kvadratlik ikki xonadan iborat uy - 1 xonali kvartiraga teng. Bu uyda zavodga umuman aloqasi bo‘lmagan oila 4 yosh bolasi bilan yashayapti. Ularga ham rahbariyat xatosi bilan order berilgan va bu order asossiz ekanini sud tasdiqlagan. Lekin men hozirgacha bu uyga ko‘chib kirolganim yo‘q, boshqa kishiga tegishli uyda noqonuniy yashab turibman. Ammo ular ham mendan bu xonani tezroq bo‘shatishimni so‘rashayapti. Bu chalkashlik oqibatida bu uydan chiqib ketsam, shaharda turish uchun doimiy ro‘yxatdan ham chiqarilaman, chunki boshqa boshpanam yo‘q. Natijada zavoddagi ishdan ham ayrilaman. Axir men 14 yashar bolaning yolg‘iz onasiman. O‘g‘lim Parkinson kasalligiga chalingan, bu bolani 14 yoshgacha boqolganimga mingdan ming shukr aytaman. Hozir shu xasta bolam bilan ko‘chada qolishimni o‘ylasam, nima deyishni ham bilolmayapman, - deydi Dilbar To‘laganova.

Quyida bu ayol bilan audiosuhbatni tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:32 0:00
Бевосита линк

Bu ayol prezident Shavkat Mirziyoevga videomurojaatini ham Ozodlikka yo‘lladi.

Videoda To‘laganova undan olinayotgan turar-joyda yashashga haqli ekani, bevaligi, yolg‘iz o‘g‘lining og‘ir xastaligi va "Quyuv-mexanika zavodi" ishchisi ekaniga tasdiq o‘laroq qator hujjatlarni namoyish qilgan.

Quyida bu videomurojaatdan bir parcha va ayrim hujjat nusxalari ilova qilinadi:

Ёлғиз она: Паркинсонга чалинган болам билан уйимдан қувишмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:48 0:00

* * * * * * * * * * * * * * * * *
OzodMikrofon​ rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG