Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:47

Rasmiy tashrif bilan Minskka borgan Mirziyoyev Lukashenko bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi (VIDEO)


Ш.Мирзиёев А.Лукашенко билан норасмий учрашув ўтказди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:31 0:00
Бевосита линк

Video Belarus prezidentining matbuot xizmati tomonidan hozirlangan.

Belarus prezidentining taklifiga binoan 31 iyul kuni Minskka yetib borgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan “Zaslavl” davlat qarorgohida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

BELTA nashrining xabar qilishicha, ikki davlat rahbarlari qarorgoh hududida sayr qilishgan, keyin esa o‘zaro hadyalashishgan. Lukashenko Mirziyoyevga “Belarus” pannosi va vishivanka (milliy ko‘ylak), O‘zbekiston prezidenti esa belaruslik hamkasbiga xokkeychi haykalini sovg‘a qilgan.

So‘ngra ikki davlat rahbari yog‘och o‘ymakorligining namunasi bo‘lgan ayvoncha ostida o‘tirib, suhbatlashishgan. Bu ayvoncha Lukashenkoga o‘tgan yili O‘zbekistonga safar qilgan paytda Mirziyoyev tomonidan tuhfa o‘laroq berilgandi.

O‘zbekiston va Belarus prezidentlarining rasmiy muzokaralari 1 avgust kuni Minskdagi Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Muzokaralar chog‘ida mashinasozlik, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, transport va IT sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama etilishi rejalangan.

Mintaqalararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish hamda o‘zaro tovar ayirboshlash uchun qulay sharoit yaratishni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratilishi aytilmoqda.

Tashrif doirasida ikki prezident shu kunlarda Minskda o‘tayotgan O‘zbekiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasiga ham borishi rejalaganlar. Shuningdek, Sh.Mirziyoyev Yuqori texnologiyalar parkiga ham tashrif buyurishi kutilayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston bilan Belarus o‘rtasidagi mol aylanmasi 113 million AQSh dollaridan oshgan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga ko‘pdir.

Mazkur mablag‘ning qariyb $88,8 millioni Belarus, $24,3 millioni esa O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.

XS
SM
MD
LG