Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:29

«Avtotest» yuridik shaxslar haydovchilarini o‘qitish faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi


"Avtotest Report" MChJ yuridik shaxslar haydovchilarini tayyorlash faoliyatini to‘xtatdi.

Bu haqda "Avtotest" jamoasi 1 avgust kuni e’lon qildi.

"Avtotest" jamoasi o‘z xabarida, ularning asosiy maqsadi pul ishlash emasligini aytar ekan, shu paytgacha foyda ko‘rmay ishlab kelganini ta’kidlaydi.

"Hamma topilgan daromad faqat va faqat rivojlanishga, yangi zamonaviy maktablar barpo etish, dasturlar, yangi texnologiyalar yaratishga yo‘naltirildi. Bor kuch va mehnat asosiy bosh g‘oya — odamlar o‘limini kamaytirish, yo‘llarda tartib bo‘lishini ta’minlash va ushbu sohaning rivojlanishi uchun sarf etildi.

«Avtotest» bizning farzandimiz. Biz unga bor yuragimiz va mehrimizni berdik.

O‘tgan davr mobaynida bizni har ko‘yga solishdi. Yo‘llarda mashinalarimizni to‘sib kulgi qilishdi. Endi bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Andishaning otini qo‘rqoq qo‘ymang.

Bizda qadriyatlar boshqa. Bizda tahsil olganlarning birontasi ta’lim sifatiga, metodiga, yaratilgan sharoitga e’tiroz bildira olmadi, hech bir o‘quvchi shikoyat qilmadi, qilolmaydi ham. Chunki biz xalq xizmati uchun jonimizni berib harakat qildik. Shu orqali biror bir inson hayotini saqlashga hissa qo‘shgan bo‘lsak, yo‘llarda bizning bitiruvchilarimiz ozgina bo‘lsa-da tartibli harakatlanayotgan bo‘lsa, shuning o‘zi bizga katta baxt. Bizning yutug‘imiz mana shu.

Hurmatli yurtdoshlar! Biz, "Avtotest" jamoasi barchangizga minnatdorchilik bildirgan holda, shuni ma’lum qilmoqchimiz: "Avtotest" kompaniyasi yuridik shaxslar haydovchilarini o‘qitish faoliyatini to‘xtatadi. Ro‘yxatga olish jarayoni va barcha mavjud shartnomaviy majburiyatlarni amalga oshirish uchun bir oz vaqt kerak bo‘ladi. Biz tahqirlardan charchadik".

"Avtotest" keyingi faoliyatini faqat haydovchilarni tayyorlash, metodika va qo‘llanmalar yaratish bilan davom ettirishini aytadi.

Bu bayonotga qadar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati Telegram kanalida yuridik shaxslarning avtomototransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya talablariga faqatgina «Avtotest Report» MChJ va uning hududlardagi filiallari javob berishi aniqlanganini xabar qilgan edi.

Qo‘mita o‘z bayonotida «Avtotest Report» MChJ va unga tegishli bo‘lgan tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqaradigan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirish faoliyatini yuritish bo‘yicha alohida huquqi bekor qilinganini eslatgan.

Qo‘mitaga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqaradigan shaxslar (haydovchilar) O‘zbekiston Respublikasida tegishli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan ta’lim muassasasida malakasini oshirish huquqiga ega. Biroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga ko‘ra, “litsenziya talablariga faqatgina «Avtotest Report» MChJ va uning hududlardagi filiallari javob berishi aniqlangan”.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mita «Avtotest Report» MChJ avtomototransport vositalari haydovchilarini malakasi oshirish faoliyatini ko‘rsatish bozorida 1 yildan ortiq muddat faoliyat olib borayotganligini inobatga olgan holda Qo‘mita tomonidan «Avtotest Report» MChJni monopolist korxonalar reestriga kiritish bo‘yicha o‘rganish va tahlillar o‘tkazilayotganini bildirgan edi.

Ozodlik radiosi “Avtotest” bilan bog‘liq mavzuga oid bir necha maqola e’lon qilgan. Quyida ulardan ba’zilarining sarlavhalari:

Internetdagi qator nashrlar¸ xususan kommersant.uzning yozishicha¸ "Avtotest-Report" MChJning muassisi Davlat soliq qo‘mitasining, keyinchalik shaxsan prezidentning endilikda sobiq matbuot kotibi, ayni paytda esa prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari maqomida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini boshqarayotgan Komil Allamjonovdir.

XS
SM
MD
LG