Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:26

Andijonda bemorning vrachlar xonasiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘g‘li ustidan jinoyat ishi ochildi


Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi.
Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi.

Andijon ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 21 avgust kuni sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha fuqaro F.A. ustidan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish),173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

21 avgust kuni 64 yoshli bemor A.I.ning o‘g‘li Andijon viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ​ortopediya va jarohatlar oqibatlari bo‘limi xodimlariga tajovuz qilgani to‘g‘risida Ozodlik xabar qilgan edi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi voqea tafsilotlarini keltirar ekan, jinoyat sodir qilganlikda gumon qilinayotgan shaxsning uy adreslarigacha xabar qilgan.

IIV ga ko‘ra, 2019 yil 21 avgust kuni soat 10.00 larda 1982 yilda tug‘ilgan F.A. sog‘lig‘i yomonlashgan 2-guruh nogironi onasini Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Jarohat oqibatlari va ortopediya bo‘limiga olib kelib, onasini shu bo‘lim mudirining qabuliga olib kirmoqchi bo‘lgan va bo‘lim mudiri bilan o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan. Shundan so‘ng, F.A.ning bundan jahli chiqib, bo‘lim mudiri qo‘llarini bog‘lab, o‘zi bilan yelim idishda olib kelgan benzin yoqilg‘isini xonaga sepib, o‘ldirish bilan qo‘rqitayotgan vaqtida shu bo‘limda ishlovchi xodimlar F.A.ni ushlab qolishgan.

  • Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, shifokorlarga qasd qilishda gumonlanayotgan shaxsning onasi "pastki paraparez asorati" tashxisi bilan Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2017 yilda operatsiya qilingan.
  • Bemorning qarindoshlari uni Toshkent shahridagi xususiy klinikalardan biriga konsultatsiyaga olib borganida shifokorlar operatsiya noto‘g‘ri qilingani, xozirda qayta operatsiya qilish lozimligini aytishgan.

Andijonda yuz bergan voqeani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muharram Dadaxo‘jayeva ham tilga olgani ma’lum bo‘ldi.

Deputatning fikricha, "Amaldagi jinoyat qonunchiligida xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuz qilish, ularga bu jarayonda tan jarohati yetkazish uchun javobgarlik choralari nisbatan yengil. Oqibatda aybdor shaxslar ayrim hollarda qilmishiga yarasha jazolanmasdan qolib ketmoqda".

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muharram Dadaxo‘jayeva mana bu gapni ham aytgan:

"Hech kim o‘zicha birovni jazolashga, birovga nisbatan o‘zicha “hukm” chiqarishga haqli emas. Agar biror-bir holatda shifokorning aybi bo‘lsa, unga nisbatan faqatgina qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi lozim.​ Shifokorni noto‘g‘ri davolaganlikda yoki biror-bir bemorning o‘limida ayblashdan avval uning amalga oshirgan muolajalari, albatta, mutaxassislar tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganilgandan so‘ng bir to‘xtamga kelinishi kerak".

XS
SM
MD
LG