Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:43

Toshkent IIBBsi soqol va do‘ppining yuzni o‘qiydigan aqlli kameralar ishiga xalal berayotganini bildirdi


Mirziyoyev borgan Yunusoboddagi videokuzatuv markazi.
Mirziyoyev borgan Yunusoboddagi videokuzatuv markazi.

27 avgust kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 23-24-avgust kunlari Shayxontoxur tumanidagi “Malika” deb savdo majmuasidagi 100 ga yaqin erkak soqolining majburan olingani bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

“Soqolni majburan hech kim qirmagan va qirmaydi ham” deb nomlangan bayonotida IIBB axborot multimedia markazi¸ ayni kunlarda poytaxtda “Xavfsiz hudud” tadbiri o‘tkazilayotgani va “tadbirlar davomida jamoat joylariga, masalan Sayilgoh ko‘chasi, bog‘lar va hiyobonlar, ko‘ngilochar-savdo markazlari, bozorlar va hokazolarga alohida e’tibor qaratilishi"ni bildirdi.

Ba’zi ob’ektlarda vaziyatni kuzatish uchun tashqi kuzatuv intellektual kameralaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar bazasiga qidiruvda bo‘lgan shaxslarning biometrik pasportlaridagi ma’lumotlar, ya’ni tartib bo‘yicha ko‘zoynaksiz, bosh kiyimisiz va soqolsiz tushirilgan rasmlari kiritilgan”¸ deyiladi rasmiy bayonotda.

Bayonot davomida “Malika” savdo kompleksida bu yerda ishlaydigan ba’zi shaxslar bo‘yicha o‘g‘irlik, o‘g‘irlangan qo‘l telefonlarini sotib olish va sotish faktlari asosida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tezkor tadbirlar o‘tkazilgani¸ gumonlanuvchilar aksariyatining soqolli ekani aytiladi.

Bayonot mazmunidan jamoat joylariga o‘rnatilgan tashqi kuzatuv intellektual kameralari (yuz o‘quvchi kameralar – facial recognition) qidiruvda bo‘lgan shaxslar soqol qo‘ygani bois¸ ularni aniqlashda murakkablikka duch kelayotgani tushuniladi.

Shu bois¸ IIBB bayonotida yozilishicha¸ “Malika” bozoridagi “alohida fuqarolarga tashqi ko‘rinishlarini biometrik pasportdalaridagi rasmlariga muvofiqlashtirish tavsiya etilgan.

O‘z bayonotida Toshkent militsiyasi¸ bu holatga diniy mazmunning hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlab¸ “bu vaziyatda dindorlarning hissiyotlari bilan o‘ynashish, mazkur mavzuni bo‘rttirish noo‘rin”ligini aytadi.

«Hurmatli hamshaharlar va poytaxt mehmonlari! Jamoat tartibini saqlash va sizning xavfsizligingizni ta’minlash oson ish emas, aksincha, ba’zida ko‘p qirrali, xatarli bo‘lishi mumkin. Ko‘plab holatlar nozik bo‘lib, inson huquqlari va erkinligi, uning shaxsiy hayoti masalalariga borib taqalishi mumkin. Shu sababli ichki ishlar xodimlari oldilariga qonun (O‘zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Jinoyat-protsessual kodeks) doirasida ish tutish vazifalari qo‘yiladi. Fuqarolarda ham huquqlardan tashqari Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, o‘zgalar huquqi, erkinligi, sha’nini hurmat qilish (O‘zbekiston Konstitutsiyasi 48-modda), ichki ishlar organi xodimi tomonidan vakolatidan kelib chiqqan holda qo‘yilgan qonuniy talablarini bajarish (“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi) majburiyati mavjud»¸ deyiladi IIBB bayonotida nihoyasida.

2017 yil iyulida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi ichki ishlar boshqarmasi videokuzatuv markazi ishi bilan tanishgan Shavkat Mirziyoev "Toshkent - xavfsiz shahar" konsepsiyasi doirasida aholini tunu kun kuzatadigan "pekincha tajriba" boshlanganini bildirgan edi.

Yuzdagi biometrik belgilar orqali shaxsni aniqlashga qaratilgan texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga tatbiq etish bobida Xitoy dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

Xususan¸ jamoat joylariga yuzni o‘qiydigan kuzatuv kameralarini qo‘yish tajribasi dunyoda birinchilardan bo‘lib Xitoyda joriy qilingan.

G‘arb nashrlari bu texnologiyaning¸ asosan¸ Xitoy hukumati tanqidchilari¸ xususan¸ uyg‘urlarni ta’qib etishga ishlatilayotganini aytib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG