Линклар

Шошилинч хабар
21 сентябр 2019, Тошкент вақти: 09:54

“Dorian” dovuli Bahama orollariga katta talafot yetkazib, AQSh sohillariga yaqinlashdi


Soatiga 300 kilometrdan balandroq tezlikda esayotgan “Dorian” dovuli Bahama orollariga yopirilgan tarixdagi eng kuchli dovul bo‘ldi.

Soatiga 300 kilometrdan balandroq tezlikda esayotgan “Dorian” dovuli Bahama orollariga yopirilgan tarixdagi eng kuchli dovul bo‘ldi. Tabiiy ofat AQShning janubi-sharqiy sohilida kuchli bo‘ron esishiga, suv toshqini va boshqa talafotlarga sabab bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

“Dorian” Atlantika okeanida qayd etilgan ikkinchi eng kuchli dovuldir. Atlantika tarixida kuchi maksimal darajaga ko‘tarilgan davomli dovul 1980 yil sodir bo‘lgan “Allen” dovulidir.

Tropik iqlimlar bo‘yicha mutaxassis Brayan MakNoldi tropik Atlantikada 1960- yillardan beri ilk marotaba to‘rt yil ketma-ket 5-kategoriyali dovullar kuzatilganini aytdi.

Bu orada AQShning Florida shtatida rasmiylar aholini dovul shtat sohillariga yaqinlashayotgani haqida ogohlantirdi. Dovul xavfidan ogohlantiruv dushanba oqshomidan chorshanba tongigacha o‘z kuchida qoladi.

Dovulning "epimarkazi" - "ko‘zi" suv ichida qolishi mumkin, ammo u o‘ta kuchli bo‘lgani uchun AQSh sohillariga yaqin yashovchilar ofat haqida ogohlantirildi.

Bahamada esa bo‘ron katta talafot keltirdi. Xabarlarga ko‘ra, shiddatli shamol uylarning tomlarini va daraxtlarni qo‘porib tashlagan, yo‘llar va uylarni suv bosgan.

Dovul asta-sekin Florida va AQShning janubi-sharqi tomon ko‘chmoqda, ammo uning trayektoriyasi aynan qanday bo‘lishi hozircha noma’lum.

Florida katta talafot ko‘rmasligi mumkin, ammo aholiga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya qilindi. Jorjiya va Karolina shtatlari ham xavf ostida.

Kompyuter modellari “Dorian”ning ko‘zi Floridani chetlab o‘tishini ko‘rsatdi. Ammo Milliy dovul markazi “Dorian” AQSh hududiga kirib borishi mumkinligini aytib, aholini ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Bu orada “Dorian” kuchayib borayotgani aytilmoqda. Milliy dovul markazi “Dorian”ni 5-kategoriyadagi, ya’ni eng kuchli dovul deb belgiladi.

Dovul trayektoriyasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, AQSh sohillari bo‘ylab suv toshqinlarini kutish mumkin.

XS
SM
MD
LG