Линклар

Шошилинч хабар
20 сентябр 2019, Тошкент вақти: 17:15

G‘uzorda qaynona 26 yashar kelini va 2 yashar nevarasini chavaqlab tashlaganlikda gumon qilinmoqda


Illyustrativ surat

Qashqadaryo viloyat, G‘uzor tuman, Yangikent qishlog‘ida yoshi 50 oshgan qaynona 26 yashar kelini va 2 ga to‘lmagan nevarasini chavaqlab o‘ldirganlikda gumon qilinib, hodisa yuz bergan kun - 28 avgustda hibsga olindi.

Ikki g‘uzorlikning bir-biridan mustaqil ravishda Ozodlikka bildirishicha, "tumanning Yangikent qishlog‘ida yashovchi A.A. kelini R. E. va uning hali ikkiga to‘lmagan o‘g‘li A.ni o‘ldirib, jasadlarni kelini xonasidagi ko‘rpa ichiga o‘rab qo‘ygan".

(Ozodlikka maqtullar va qotillikda gumonlanayotgan ayol ismi-sharifi ma’lum - tahr.)

Tergovni olib borayotgan prokuratura guruhiga yaqin manbaning aytishicha, voqea 28 avgust tongida Yangikent qishlog‘ida, qotillikda gumon qilinayotgan ayolning xonadonida yuz bergan.

Qurbonlarning Ozodlik suhbatlashgan yaqinlariga ko‘ra, qotillikka o‘gay qaynona va kelin o‘rtasidagi "oilaviy janjal" sabab bo‘lishi mumkin.

Dastlab bu haqda Ozodlikka Telegram orqali xabar yo‘llagan qurbonlar yaqinlaridan birining (erkak kishi) ma’lum qilishicha, yoshi 50 dan o‘tgan qaynona va ikki yil muqaddam bu xonadonga kelin bo‘lib tushgan 26 yashar kelin o‘rtasida tez-tez janjal bo‘lib turgan.

Voqea tafsilotlarini obdon o‘rganganganini aytgan yigitga ko‘ra, u qaynona tungi 2-3 larda kelini va so‘ngra uning hali ikkiga to‘lmagan o‘g‘lini chavaqlab tashlaganiga ishonch hosil qilgan:

Oilada bir nechta o‘g‘il bor edi. R. opaning eri Moskvaga ishlagani ketgandi. R. ning qaynonasi unga o‘gay qaynona, ya’ni eri qaynonasiga o‘gay o‘g‘il edi. Kelinini uyga sig‘dirmas edi. Orada janjal chiqib, kechasi 2-3 lar orasida qaynona R. opani va o‘g‘li A.ni chavaqlab tashlapti. R. opaning tanasida pichoq yemagan joyi qolmagan. Keyin bolachasini ham o‘ldirib, ularning ustini ko‘rpacha bilan yopib qo‘ygan”.

Qurbonlarning qotillik tafsilotidan voqif bo‘lgan yaqinlaridan yana birining ma’lum qilishicha, qaynona ayni kunning o‘zida mahalla raisi yoniga borib, kelini va nevarasini xonalarida o‘lik holda topganini aytgan:

"Ayol mahalla raisining yoniga borib, "kelinim va nevaram tushlikkacha xonasidan chiqmadi, kirib qarasam, ikkalasiyam o‘lib yotipti" degan. O‘sha kuni ularning uyini milisa va prokuratura bosdi".

Prokuraturadagi tergov guruhiga yaqin manbaning aytishicha, so‘roq-javoblar natijasida ayni kunning o‘zida qaynona va qaynota qo‘lga olinadi va tergov paytida qaynona qotilikka iqror bo‘ladi.

Qonli hodisani tasdiqlagan G‘uzor tuman prokuraturasi navbatchisi amaliyot tafsilotini oshkor etolmasligini bildirdi.

Tergovni olib borayotgan guruhga yaqin manbaning aytishicha, qotillikka iqror bo‘lgan A.A. G‘uzor tumanidagi IIB izolyatoriga olib ketilgan.

Tergov jarayonining bir necha oy davom etishi mumkinligi kutilmoqda.

Bu Qashqadaryo viloyatida so‘nggi paytlarda qaydga olinayotgan ilk qotillik emas: 20 aprelda Qamashi tumanining Balandchayla qishlog‘ida 16 yashar bolani o‘ldirishda ayblanib, uning sinfdoshi hisbga olingandi.

XS
SM
MD
LG