Линклар

Шошилинч хабар
20 сентябр 2019, Тошкент вақти: 13:22

Tadbirkorning do‘konini buzgani uchun yoqib yuborilgan hokim muovini ishi sudga oshirildi


Yakkabog‘ tuman hokimining sobiq o‘rinbosari Mansur Tuymayev

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan B.Isamovga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari tamomlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.

Bundan tashqari, tergov davomida Yakkabog‘ tumani xokimining o‘rinbosari M.Tuymayevning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan JKning 192[1]-moddasi 3-qismi “a” bandi va 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilingan hamda munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi “tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

"Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga, 2019 yil, 20 iyulida B.Isamov Yakkabog‘ tumanidagi “Eski Yakkabog‘” qo‘rg‘oni ko‘chalarida obodonlashtirish va qurilish ishlari jarayonida tuman hokimining o‘rinbosari M.Tuymayevning yuz qismiga benzin sepib, uni yoqib yuborib, o‘ldirishga suiqasd qilganligi holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar asos bo‘lgan" deyiladi xabarda.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, B.Isamov JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “g,l” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, sudning ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan.

Mamlakat prokuraturasining xabar qilishicha, Tergov davomida o‘tkazilgan sud psixologiya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayblanuvchi B.Isamov mazkur jinoyatni sodir qilgan vaqtida kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo‘lgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, ayblanuvchi B.Isamovga nisbatan e’lon qilingan ayblov JKning 25, 98-moddasiga qayta malakalanib, qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasi, “garov” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, tergov davomida Yakkabog‘ tumani xokimining o‘rinbosari M.Tuymayevning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, unga nisbatan JKning 192[1]-moddasi 3-qismi “a” bandi va 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilingan hamda munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi “tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, jinoyat ishi 30 avgustda ayblov xulosasi bilan JIB Yakkabog‘ tumani sudiga yuborilgan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG